yurish qildik, 13 marta jang qildik, elini oldik; aqtimiz (M K );
bastimiz (M K).
Eski o ‘zbek tilida esa ega va kesimning III shaxs birlikda
moslashishi -k affiksi orqali bo‘ladi.
Hozirgi zam on tilida bu shaxs -(i)miz shakli orqali m oslashish
Toshkent shevasida qo'llanadi.
Shart fe’li bilan ifodalangan kesim ham m a vaqt ham ega bilan
moslashavermagan. Qadimgi turk tilida shart fe’li affiksi -sar/ / -
sàr shaklida bo‘lib, shaxs qo‘shimchalarini olmaydi, binobarin,
ega bilan shaklan moslashmaydi. Fe’l-kesimning qaysi shaxsga
oidligini ko'rsatish zaru r bo‘lsa, i va ï ï shaxs olm oshlarini
qo‘llaganlar: kàlsâr màn, kàlsàr sàn. III shaxsda hech qanday
ko‘rsatkich bo‘lgan emas.
H atto XI asr yozm a yodgorliklari (QB, M K) tilida ham shart
fe’li m untazam ravishda shaxs qo'shimchalari bilan tuslanmagan
(bu vaqtda shart fe’li -sa //- s e shaklida qo‘llana boshlaydi). Shart
fe’Iining qaysi shaxsga oidligi gap mazmunidan anglashilgan yoki
I va II shaxs kishilik olm oshlari qo‘llangan. M asalan, eiüm barsa
ma yasi kàlgày kàzin — o‘zim borsam ham, keyin kulfat keladi
(QB). Naru barsa man — nari borsam (QB). Qachan barsa san —
qachon borsang (M K).
Shu bilan birga, shart fe’lining shaxs affikslari bilan tuslangan
shakllari ham qoMIanadi: Qah kàlsàq — agar kelsang (QB); qah
bulsam — agar topsam (QB).
Xuddi shunday hol “Tafsir”da ham uchraydi: dinimgà kirsà
sity musulman boisa màn.
0 ‘rta Osiyo turkiy tiliga oid boshqa yodnomalarda, eski o‘zbek
tilida shart fe’li m untazam ravishda shaxs qo‘shimchalarini oladi
va ega bilan shaklan moslashadi.
II. Kesimlar ism turkum idagi so‘zlar, sifatdoshlar orqali
ifodalanganda, shaxs qo‘shimchalari quyidagicha b o ‘ladi: I shaxs:
-man, -miz\ II shaxs: -san, -siz; III shaxs: tururva oî elementlari
vositasi bilan yoki belgisiz qo‘llanadi.
I va II shaxs kesim larining ega bilan moslashuvida tarixiy
taraqqiyot jarayonida m uhim bir o‘zgarish ro‘y bergan emas. Bu
taraqqiyot jarayonida kesimlarni shaxs qo'shimchasi bilan qo‘llash
tobora qat’iylasha boradi.
III shaxsdagi kesimlarning ega bilan moslashuv usulida m a’-
lum o‘zgarish ro‘y bergan. 0 ‘rta Osiyo turkiy tilida III shaxs ol
vositasi bilan egaga moslashadi. Bu element gap oxirida kesimdan
keyin ham , gap o'rtasida, egadan keyin ham q o ‘llanishi mumkin
bo‘lgan: Sez asqi ol — so‘zning foydasi udir (ki) (QB). Bu ajun
rabat ol — bu dunyo bir saroydir (QB). Bu yip ol eshilgan (MK).
Bu àrsügà bitilgàn ol — Bu erning ismi askarlar rolyxatiga yoziladi (M K). Aytqil, menitj teqrim kim ol (Rabg‘). Idris alayhissalâm
ol imi eküsh (Rabg‘).
O lrta Osiyo turkiy tilida (QB, M K) III shaxs belgisi bo‘]mish
ol har vaqt ham qo‘llanavermagan: ât ezlüq kishigà kâràgi bu ol / /
Do'stlaringiz bilan baham: |