Xudoyberdi To‘xtaboev.Xudoyberdi To‘xtaboev bolalarning sevimli adibi sifatida. U hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotida sarguzasht va fantastika janrining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelayotgan talantli adib ekanligi. Adibning feletonchilik mahorati. Xudoyberdi To‘xtaboev ijodida qissalarning o‘rni. “Sariq devni minib” asaridagi obrazlar tahlili. Hoshimjonning hikoyasi orqali uning hayot yo‘li sarguzashtlari, o‘iga xos xarakteri va psixologiyasining atroflicha ko‘rsatilishi. Bolalar adibi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sir ochildi”, “Aka-uka Omonboy bilan Davronboyning qishloqqa gaz olib kelganlari haqida jajji qissa” yoki “Sehrgarlar jangi”, “Mungli ko‘zlar”, “Jannati odamlar” kabi asarlarining yuzaga kelishi o‘zbek bolalar adabiyotining yutug’i ekanligi.
5. ISTIQLOL DAVRI BOLALAR ADABIYOTI
Yangi davr bolalar adabiyotida shaxs erkining yangicha talqini. A.Obidjon, T.Adashboev, H. Imomberdiev, S. Ochil ijodi.
Obidjon. Shoirninig ijodiy faoliyati, she’rlarining mavzu qamrovi haqida ma’lumot. Shoirning “Ona yer”, “Bahromninig sarguzashti”, “Ey, yorug‘ dunyo”, “Olovjon va uning do‘stlari”, “Oltiariq hangomalari” singari kitoblaridan o‘rin olgan she’rlarining badiiy tahlili.
T. Adashboyev. Shoirning hayoti va ijodiy, tarjimonlik faoliyati, asarlarining ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati haqida ma’lumot. “Harflarning sarguzashti”, “Adolatli qozi”, “Oriyatli xuroz”, “Oltin yolli tulpor qissasi”, “Rostonxola – dostonxola” kabi ertak-dostonlarining badiiy tahlili.
6. JAHON BOLALAR ADABIYOTINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI
Adabiy ertakchilikning yuzaga kelishi. Sh.Perro, G.X. Anderson, aka-uka Grimmlar ertaklarida ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi azaliy ziddiyat ifodasi. Rus bolalalr adabiyoti taraqqiyotida A.S. Pushkin, V.V. Mayakovskiy, L.Tolstoy, S. Mixalkovlarning roli. J.Rodari ijodida erkinlik an’analarining davom ettirilishi.
6. 1. RUS BOLALAR ADABIYOTI
A.S.Pushkinning xalq og‘zaki ijodi asosida yaratgan “Shoh Saltan haqida ertak”, “Baliqchi va baliq haqida ertak”, “Oltin xo‘roz haqida ertak”, “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak” singari asarlarining asrlar osha o‘z qimmatini yo‘qotmaganligi va ularning bolalar adabiyotida muhim o‘rin tutishi.
N.A.Nekrasovning “Bolalar yig‘isi”, “Dehqon bolalar”, “Temir yo‘l” kabi she’rlarida bolalarning mehnatsevarligi, kelajakka intilishi, ona-tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatini to‘la tukis ochib berilishi.
L.N.Tolstoy, S.Ya.Marshak, K.I.Chukovskiylarning bolalar adabiyotida tutgan o‘rni. Ularning bolalar uchun jajji, ammo ma’no va mazmun jihatidan yetuk bo‘lgan asarlarining mohiyati. “Akula”, “Ikki o‘rtoq”, “Tegirmonchi bola va ho‘tik”, “Doktor Aybolit”, “Moydodir” kabi asarlarning badiiy qimmati xususida.
Do'stlaringiz bilan baham: |