20. “Qissa” atamasi zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligida qachondan muqimlashdi?
A) mustaqillikdan so‘ng; B) XVII asrda; S) XX asrning 20-yillarida; D) XX asrning 50-yillarida.
21. Qissa janriga xos yetakchi xususiyat shuki…
A) u qahramonning sarguzashtlariga asoslanadi, qahramon hayotining muayyan davrlari tasvirlanadi; B) qahramon umri boshdan-oxir yoritiladi; S) bir nechta qahramon umri asos qilib olinadi; D) qissada qahramonning bo‘lishi shart emas.
22. An’anaviy qissalarda nimalar romantik ideal miqyosida aks ettiriladi?
A) ko‘proq sevgi sarguzashtlari, ishqiy mojarolar va mamlakat mudofaasi kabi mavzular; B) do‘stlik va birodarlik tuyg’ulari; S) yaqin-qarindoshlik munosabatlari; D) romantik ideal bo‘lishi shart emas.
23. O‘zbek nasrida realistik qissalar qachon vujudga keldi?
A) XX asrning birinchi choragidan boshlab; B) XX asrning ikkinchi choragidan boshlab; S) XX asrning uchinchi choragidan boshlab; D) XXI asr boshlarida.
24. O‘zbek realistik qissalariga modernistik tasvir yo‘llarini, yangi ifoda usullarini kiritgan adiblar qatorini ko‘rsating.
A) X.Do‘stmuhammad, N.Eshonqul va qisman Sh.Bo‘tayev; B) M.M.Do‘st, X.Sulton, T.Murod; S) E.A’zam, O‘.Hoshimov, P.Qodirov; D) U.Hamdam, V.Fayzulloh, S.Vafo.
25. “Oydinda yurgan odamlar”, “Ot kishnagan oqshom”, “Momo Yer qo‘shig’i” qissalari muallifi kim?
A) T.Murod; B) X.Sulton; S) E.A’zam; D) U.Hamdam.
26. “Shamol o‘yini”, “Eski arava”, “Sho‘rodan qolgan odamlar” qissalari muallifi kim?
A) Sh.Bo‘tayev; B) T.Murod; S) O‘.Hoshimov; D) S.Vafo.
27. “So‘roq”, “Hay-y, Gulshod, Gulish!... yoxud quyiqishloqcha qotillik”, “Oromkursi” qissalari muallifi?
A) X.Do‘stmuhammad; B) M.M.Do‘st; S) P.Qodirov; D) B.Qobul.
NAZORAT SAVOLLARI
“Qissalar poetikasi” fanining predmeti va mazmuni (fan obyekti, qissa janri, o‘zbek qissachiligi).
Qadimgi qissalar (Xalq kitoblari. Nosiruddin Burhonuddin o‘g’li Rabg’uziyning “Qissai Rabg’uziy” asari).
Epik janrlar (Qissaning boshqa janrlardan farqi. Qissalarda boshqa janrlarga xos mushtarak jihatlar).
Realistik qissalar syujetining mumtoz qissalar sayyor syujetlaridan farqi.
“Ot kishnagan oqshom” qissasining qisqacha tahlili.
Qissachilikning tarixiy ildizlari (Xalq kitoblari. Folklor an’analarining yozma adabiyotga ta’siri).
O‘zbek adabiyotida povest janri (Jahon va rus adabiyoti vakillarining o‘zbek adiblari ijodiga ta’siri, ilk o‘zbek povestlari).
O‘zbek qissachiligida psixologik tasvir (ruhiy tasvir, ruhiy tahlil, qissa tabiati).
Qissada bosh qahramon talqini (muallif va personaj nutqi, qissa janridagi subyektivlik.
O‘tkir Hoshimovning “Cho‘l havosi” qissasi talqini.
Qissachilikda an’ana va yangilanish (Sharq adabiyotida an’anaviylikning o‘ziga xos xususiyatlari, xalq kitoblarining ahamiyati, qissaxonlik).
Ilk o‘zbek realistik qissalari (Realistik qissalarning shakllanish jarayoni va taraqqiyotini o‘rganishning ahamiyati. A.Qodiriy, G’.G’ulom, A.Qahhor qissalari).
Janr tabiati va genezisi (qissa janrining boshqa janrlardan farqi, “povest” va “qissa” atamalarining farqi, qissaning tadrijiy taraqqiyoti).
Adabiy tanqidiy qarashlar va o‘zbek qissasi (adabiyotshunoslikda qissa atamasi atrofidagi bahslar).
Qissachilikka oid ilmiy izlanishlar (o‘zbek qissachiligi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar haqida).
Hozirgi o‘zbek qissachiligi (bugungi qissanavislar ijodi haqida, zamonaviy qissalar paradigmasi).
Qissa janrida syujet va kompozisiya (qissa syujetining o‘ziga xosligi haqida, kompozisiya hodisasi).
O‘zbek qissalarida konflikt turlari (ijtimoiy, psixologik, xarakterlar o‘rtasidagi).
Kompozisiya va fabula tushunchalari (qissa strukturasida kompozisiyaning o‘rni, fabula).
Psixologik konflikt tabiati (konflikt turlari, kolliziya, ziddiyat, “ichki” odam).
Badiiy psixologizm va o‘zbek qissachiligi (psixologizm prinsiplari, ruhiy tahlil, ruhiy tasvir, portret, peyzaj).
Qissada psixologik tasvir (ichki monolog, nutqiy xarakteristika, psixologik portret, tush va h.k.).
M.M.Do‘st qissalarining o‘zbek adabiyoti rivojidagi o‘rni (“Galatepaga qaytish”, “Mustafo”, “Iste’fo” qissalari haqida).
Tarixiy qissalar spesifikasi (M. Osim, N.Boqiy qissalari, tarixiy mavzudagi qissalar haqida).
80-yillar o‘zbek qissachiligi (Tog’ay Murod, Erkin A’zam, Xayriddin Sultonov qissalari. Bu davr qissachiligining o‘ziga xos xususiyatlari).
O‘zbek qissachiligida umuminsoniy qadriyatlar talqini (Qissalarda milliy ruh, milliy ozodlik, erk tushunchalarining o‘ziga xos talqini).
O‘zbek qissalarida qahramon ruhiyati va ma’naviy-axloqiy muammolar talqini (Ajdodlar sha’ni, mardlik va tantilik, or-nomus tuyg’usi, halollik va haqiqatga shaydolik tuyg’ulari tarannumi).
Qadimgi qissalar (Xalq kitoblari. Nosiruddin Burhonuddin o‘g’li Rabg’uziyning “Qissai Rabg’uziy” asari).
Xalq kitoblari tarixi (“Qissai Ibrohim Adham”, “Qissai Sayid Nasimiy”, “Qissai Mashrab” asarlari).
30-40 yillar o‘zbek qissachiligi (G’.G’ulomning «Netay» (1930) , «Yodgor» (1936), «Shum bola» (1936-1938), G’ayratiyning “Oqim hukmi” (1932), A.Qahhorning «Qishloq hukm ostida» (1932), “Sinchalak” qissalari haqida).
30-40 yillar qissachiligi (A.Qodiriyning «Obid ketmon» (1934), S.Ayniyning «Eski maktab» (1935), «Sudxo‘rning o‘limi» (1937), H.Shamsning «Marmar lavha» (1938) qissalari).
O‘zbek realistik qissalarining ilk namunalari (M.Shermuhammedovning “Befarzand Ochildiboy”, Cho‘lponning “Do‘xtir Muhammadyor”, S.Ayniyning “Odina” asarlari).
An’anaviy qissachilikdan yangi realistik qissachilikka o‘tishning obyektiv va subyektiv sabablari (M.Shermuhammedovning “Befarzand Ochildiboy”, Cho‘lponning “Do‘xtir Muhammadyor”, S.Ayniyning “Odina” asarlari).
X.Do‘stmuhammadning o‘zbek qissachiligi rivojiga qo‘shgan hissasi (“So‘roq”, “Hay-y, Gulshod, Gulish!... yoxud quyiqishloqcha qotillik”, “Oromkursi” qissalari tahlili).
P.Qodirovning «Meros», “Qadrim”, “Erk” qissalari tahlili (muhabbat va insoniylik, el-yurtga, ona zaminga sadoqat tuyg’ulari tarannumi).
Modernizm va o‘zbek qissachiligi (N.Eshonqul, X.Do‘stmuhammad, X.Davron, Bahodir Murod Ali, G’.Hotamov qissalari tahlili. Uslubiy izlanishlardagi yangiliklar).
Sh.Bo‘tayevning “Shamol o‘yini”, “Eski arava”, “Sho‘rodan qolgan odamlar” qissalari tahlili.
Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” (1976), “Ot kishnagan oqshom” (1979) qissalari tahlili.
O‘tkir Hoshimovning “Cho‘l havosi”, “Odamlar nima derkin”, “Shamol esaveradi”, “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari”, “Qalbingga quloq sol” qissalariga qisqacha ekskurs.
Qissalarning ifoda uslubi va badiiy mahorat (T.Murodning “Oydinda yurgan odamlar” (1980), “Momo Yer qo‘shig’i” (1985) qissalari tahlili).
Qissanavis obrazi, tafakkur va mahorat (Hikoya qilishda roviylik san’ati. Muallif, personaj, roviy nutqi. Narrativ haqida tushuncha. Badiiy asar dunyosi).
N.Eshonqul qissalarida ramziylik (“Tun panjaralari”, “Qora kitob” qissalari).
Badiiy-biografik qissalarning (xalq kitoblari) yaratilish tarixi va janriy xususiyatlari (“Qissasi Ibrohim Adham”).
Qissaning boshqa janrlardan farqi (Qissalarda boshqa janrlarga xos mushtarak jihatlar).
Modernizm va o‘zbek qissachiligi (N.Eshonqul, B.Ali qissachiligi, postmodern adabiyot haqida tushuncha).
E.A’zam – mohir qissanavis (“Chapaklar va chalpaklar mamlakati” qissasi tahlili).
T.Malik va o‘zbek detektiv qissachiligi rivoji (“Shaytanat”).
O.Yoqubov qissalarida inson talqini (“Muqaddas”, “Tilla uzuk” qissalari to‘g’risida).
O‘.Umarbekovning “Sevgim sevgilim” qissasida tabiat tasviri (peyzaj va inson ichki olami, ruhiy tahlil vositalari).
Qissa janri va o‘zbek fantastikasining taraqqiyoti (H.Shayxov, T.Malik ijodi misolida).
Do'stlaringiz bilan baham: |