O'zbek modern shoirlari ijodida fikrni ifodalashdan ko'ra ruh manzaralari tasviri ustuvorlik qiladi . Mazkur she'riyatga kutilmagan avangard izlanishlar yot emas lekin ularda milliy o'ziga xoslik sezilib turadi. Xususan bu holat Faxriyor she'riyatining asosini tashkil etadi. Shoirning she'rlarini takror va takror o'qib ham ko'nikilgan yaxlit fikr va xulosani ilg'ab olish qiyin . Shoirning shunday she'rlari sirasiga kiradigan "Tinish belgilari" she'ri ham juda tahlil talab she'rdir. Bu she'rni shoir tinish belgilarining yozilish shakliga qarab qiyosiy tarzda ramzlar asosida ifodalash orqali yaratgan. She'r tahliliga nazar tashlar ekanmiz she'rda boshdan oxir metafora usulida o'xshatish asosida tinish belgilari ta'riflanadi. Ular orqali ijtimoiy hayotdagi holatlar o'quvchi ko'z o'ngida gavdalantiriladi.
Nuqta tinish belgimas siz o'ylagancha , shoir aytganiday o'lim ham emas u arqondir bir uchidan ko'rknayotgan tarang tortilgan arqon.
Nuqta bu har doim biron narsaning nihoyasidek asosan umrning nihoyasidek tuyiladi. Aslida esa unday emas . Hayotda inson o'zidagi
yomon odatlarga , axloqsiz illatlarga ham nuqta qo'yishi mumkinku, arqondan dor qilinganda uning bir tomoni tugub bog'lanadi nuqta belgisi ham shu tugunning boshiga qiyoslanadi.
Undov esa dor ustida langarsiz tomosha ko'rsatayotgan dorboz o'ziga shu qadar ishonadiki muvozanat saqlamoq uchun qo'llarin yozmoqni ep ko'rmas hatto.
Undov belgisi tik qilib yozilishi barchamizga ma'lum. Yuqoridagi misrada nuqta tarang tortilgan arqon ya'ni dorga qiyoslangan edi. Undov esa o'sha dor ustida tomosha ko'rsatayotgan o'ziga ishongan dorbozga qiyoslanyapti. Negaki, ishini ustasi bo'lgan dorbozgina dor ustida langarsiz harakatlana oladi.
So'roq belgisi dordan pastga qarayotgan dorboz.
Bu misra ham yuqoridagilariga hamohang bo'lib , so'roq belgisi boshi egilgan holda yozilishidan kelib chiqib dorbozning tomosha ko'rsatayotib pastga qaragan holatiga qiyoslangan bu holat dorboz holatidan ikkilanish jur'atsizlik sezilishi mumkin.
Ko'p nuqta har kuni kiyimini almashtirib kiyadigan olifta shoirning xotini kirlarini quritmoq uchun yoygan uchta dor.
Shoir xalqi tabiatan o'zgacha olam bo'lishligi barchamizga ma'lum shu boisdan ham ular o'ziga bino qo'ygan oliftaroq kishilar bo'lib, ularning kiyim almashtirishlarining ham kir kiyimlarining ham adog'i yo'q .Shu boisdan uning kirlari xuddi ko'q nuqtaga o'xshash uchta dorga joy bo'ladi . Bu holat doimiy takrorlanib uzoq davom etadi. Xuddi ko'p nuqta kabi.
Tire- bu taxta bu taxtadan ko'ngil qushiga uya yasab berish mumkin.
Taxtaga qiyoslangan tire orqali yozuvchi yozuvchi ko'ngil qushiga
u taxtadan uya yasab bersa
Odatda vergul gap ichida qo'yiladi va gap davom etadi . Tuxumdan ochib chiqqan polapon ham hayot yo'lini davom ettiradi. Verguldan so'ng ham gap ham davom etadi. Bundan polapon uchun hayot hali oldinda uning hayot yo'li ravon ekanligini ham tuyushimiz mumkin.
Yangi chiqqan oy nihoyatda nozik va chiroyli ko'rinishga ega bo'ladi. Oyning yangiligidan biz yangi davr yangi imkoniyatlar kelganligini ham tuyushimiz mumkin. Negaki Olmon faylasufi Kant ta'kidlaganidek "... she'riyatdagi tashbehlar shakl yoki narsalarni aniqlashtirishga emas balki tasavvur tug'dirishga va uni harakatga keltirishga xizmat qilishi lozim".
Bunda nuqtali vergulning tinish belgilari ichida katta ahamiyat kasb etmasligini biz uning yo'qsilga mengzalganidan ham ko'rishimiz mumkin . Yo'qsil , bechora insonlarning mashaqqatli mehnati yumushlari ko'p-u lekin hayotda ularning o'rinlari unchalik katta emas.
Bulardan tashqari she'rda fonetik hodisalar ham ko'zga tashlanadi. Yana badiiy adabiyotda ko'p uchraydigan inversiya hodisalarini ham ko'rishimiz mumkin.