Ohkim, sensiz qaroru sabr-u oromim ketib, Bir ilon chaqqon kishidek har taraf to‘lg‘onaman. Navbati jomim to‘la quyg‘il, karamdin, soqiyo, Har qadamda to qilay yuz lag‘zishi mastonaman… G‘azali mushoira Fazliy: Yuz ofarin so‘zingga “lubbi lubob” ko‘rmay, Arzu jamol etarmu oyina, ob ko‘rmay. Mahzuna: Kimdin chiqar bu so‘zlar, bag‘rin kabob ko‘rmay. Ganj o‘lmag‘ay muyassar, holin xarob ko‘rmay. Fazliy: Masturai suxang‘a po‘shidalig‘ munosib. Ma’ni arusin, bas, men beshiqob ko‘rmay. Mahzuna: Yo‘q aybi so‘zlarimni, gar bo‘lmasa muaddab, Andoqki, o‘t ko‘karmas, hech oftob ko‘rmay. G‘azali zulqofiyatayn Ko‘zung ne balo qaro bo‘luptur
Do'stlaringiz bilan baham: |