Asli alchin, so‘zlari chin, ko‘zlari totor erur Ming yashar har kim dudog’i sharbatin totor erur. Ishqining elchisina ko‘nglum munaqqash dor erur, Zulfuna tushgan ko‘ngullarning maqomi dor erur. Nechakim ishqi o‘ti bu jon ichinda bor erur, Qahrabo uzra ko‘zumdin dambadam durbor erur. Shahd so‘zi, orif o‘zi, voqifi asror erur, Vasl bo‘stonida xush oshiqlarin asror erur. Vasfina Sayfi Saroyining ishi ash’or erur, Andin o‘zga birla oshiqqa yemak osh or erur. QASIDA (ar. maqsad, niyat) – biror tarixiy shaxs yoki voqeaga bag‘ishlab yoziladigan katta hajmli she’r turi. Hajman 12 baytdan bir necha yuz baytgacha bo‘lishi mumkin. G‘azal singari a-a, b-a, d-a, e-a…, ayrim hollarda masnaviy singari (dostonlar tarkibida) qofiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |