Kim, jong‘a qaro balo bo‘luptur. Majmu’i davoni dard qildi Dardingki, mango davo bo‘luptur. Ishq ichra aning fidosi yuz jon, Har jonki, sango fido bo‘luptur. Begona bo‘luptur oshnodin, Begonago oshno bo‘luptur. To qildi yuzung havosi jonim, Yuz sori ango havo bo‘luptur… G‘azali zulradifayn Yordin ayrilg’ali shaydo ko‘ngul, bexob ko‘z. Har zamon zohir qilur savdo ko‘ngul, xunob ko‘z. Ko‘z-u ko‘nglum bahr-u bar sayr ettilar yor istabon, Bu safarda toptilar yag’mo ko‘ngul, g’arqob ko‘z. Ko‘z-u ko‘nglumdin biri kuyub, birisin buzdi sel, Yo‘qsa nevchun bo‘ldi nopaydo ko‘ngul, noyob ko‘z? Deb emish hajrimda mendek ko‘z-u ko‘nglin asrasun; Voykim, yo‘q tur manga xoro ko‘ngul, qassob ko‘z. G‘azali zebqofiya Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur, Bo‘yina oshiq sanavbar, yuzina gul zor erur. Og‘zi fastuq, ko‘rki tansuq, o‘zi mushfiq yor erur, Husnining chovi Xitoy Chin ichinda bor erur.
Do'stlaringiz bilan baham: |