Baytga asoslangan she’r shakllari: - G‘azal Fard
- Qasida Muammo
- Mustazod Lug’z
- Ruboiy Ta’rix
- Tuyuq
G’azal (ar.) – oshiqona so‘z, ishq izhor qilish, ayollarni madh etish ma’nolarini bildirib, Sharq mumtoz she’riyatida keng tarqalgan lirik janr hisoblanadi. G‘azal 3 baytdan 19 (21) baytgacha hajmda bo‘ladi va a-a, b-a, d-a, e-a… tarzida qofiyalanadi. Turkiy adabiyotda 5-10 baytli g‘azallar ko‘p uchraydi. Adabiyotshunoslikda g‘azal janri haqida ilk ma’lumot Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam” asarida (13-a.) keltirilgan. G’azal turlari: 1.Oddiy yoki odatiy g’azal (qofiyalanishi: a-a, b-a, d-a, e-a…) 2. G‘azali husni matla’ (qofiyalanishi: a-a, a-a, b-a, d-a…) 3. G‘azali qit’a (qofiyalanishi: b-a, d-a, e-a…) – Almaiy, Hamza, Sobir Abdulla 4. G’azali musajja’ (ikkinchi baytdan boshlab ichki qofiya qo‘llaniladigan) – Navoiy, Bobur
Do'stlaringiz bilan baham: |