diydoringa shaydo. ham boshida savdo…
ruboiy
tuyuq
qit’a
fard
muammo
RUBOIY RUBOIY (ar.– to‘rtlik ) Sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan baytli she’r shakli hisoblanadi. Ruboiy ikki baytdan iborat bo‘lib, a-a-b-a yoki a-a-a-a tarzida qofiyalanadi. Ruboiy o‘ziga xos maxsus vaznda yoziladi: bu hazaj bahrining axrab va axram shajarasidir. Ruboiyning 2 xil turi farqlanadi: - ruboiyi xasiy yoki erkin ruboiy (qofiyalanishi: a-a-b-a)
- ruboiyi musarra’ yoki ruboiya (qofiyalanishi: a-a-a-a).
Ruboiyi xasiy yoki erkin ruboiy Sen borg‘ali ortmish ko‘ngul zorlig‘i, Oh o‘qlaridin har nafas afgorlig‘i. Yo ko‘prak erur bu qatla dushvorlig‘i. Ruboiyi musarra’ yoki ruboiya Ollimda tabibi chorasozim ham yo‘q, Yonimda rafiqi dilnavozim ham yo‘q. Tegramda anisi jongudozim ham yo‘q, Boshimda shahi bandanavozim ham yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |