KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. O`zbek adabiyotshunosligida lirik janrlarni o`rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki lirik janrlar nazariyasi adabiyot nazariyasining ajralmas uzviy qismisanaladi. Lirik janrlar poetikasini tarixiy va nazariy jihatidan o`rganish badiiy adabiyotning juda ko`p muammolarini hal etishga keng yo`l ochib beradi.
O`zbek mumtoz she`riyati janrlaridan g`azal, ruboiy, qasida, tuyuq va qit`a janrlari adabiyotshunoslikda keng o`rganilgan. Lekin kichik kirik janr sanalmish fard, ayrim lug`aviy izohlarni hisobga olmaganda, janr sifatida monografik tarzda tadqiqot manbai bo`lgan emas. Poetik jihatdan ixcham, ammo ulkan mazmuniy qamrov asosiga qurilganbu janr mumtoz she`riyatda ham, bugunbi kun she`riyatida hamo`z mavqeiga ega. Fardning she`riyatdagi yashovchanligi uning mustaqil janr sifatida o`rganilishini taqozo etadi. Qolaversa, mazkur janrning o`rganilishi bugungi kunda aforizm yoki maksima deb atalmish Gyote, Geyne, B. Brext, Lixtinberg, P. Kyuxelbeker kabi G`arb hamda rus ijodkorlari tomonidan yaratilgan asarlar bilan Sharq mumtoz she`riyatidagi ana shu janrlarning g`oyaviy-badiiy vazifasini ado etuvchi fard janrining o`ziga xosligini, funksiyadoshligini yoritishda dolzarblik kasb etadi. Zotan, O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimov ta`kidlaganidek, milliy qadriyat o`ta keng tushuncha bo`lib, u o`z ichiga o`zbek adabiyotining deyarli barcha janrlarini ham qamrab oladi. Shu nuqtai nazardan qaralsa, fard janrining tarixi va poetikasini tadqiq etish bevosita milliy qadriyatlarni tiklash, tashviq etish masalasi bilan bog`lanishi jihatidan ham dolzarblik kasb etishi shubhasizdir.
Bundan tashqari, o`zbek adabiyotshunosligida o`ziga xos bir ilmiy an`ana mavjud. U ham bo`lsa har bir janrning tarixi va poetikasini alohida tadqiq etish an`anasi. Masalan, O. Nosirov g`azal janrini, I. Haqqulov ruboiy janrini, A. Bag`irov turkiy xalqlar adabiyotida tuyuq janrini, L.Zohidov muammo janrini, M. Abduvohidova munozara janrini maxsus o`rganlar. Maxsus tadqiqot talab etuvchi ana shunday janrlar sirasiga qit`a, tarix, chiston va fard janrlari ham mansub. Binobarin, bizning tadqiqotlarimiz mavzui adabiyotshunoslikdagi ana shu an`anani davom ettirilishi jihatidan ham dolzarbdir.
Ishning maqsad va vazifasi. Fard janri o`zbek she`riyatida o`ziga xos o`ringa egadir. Shu bois ishning asosiy maqsadi fardjanrining tarixiy asoslari, izdivoji va tarixiy qismatini hamda poetic o`ziga xosligini yoritishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun tadqiqotimiz oldiga quyidagi vazifalarni qo`yishni lozim topdik:
Fardning lug`aviy va istilohiy ma`nolarini izohlash, yagona ta`riflar asosida janrga umumlashtiruvchi ta`rif berish;
Boshqa lirik janrlarga qiyoslash orqali fardning janr xususiyatlarini belgilash;
Fard janrining mavzu qamrovini belgilash;
Fardlarni g`oyaviy-badiiy jihatdan tasniflash;
Do'stlaringiz bilan baham: |