Turkiy adabiyotda musarra’ ruboiyning ilk bor qo‘llanilishi Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liq. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida 133 ta ruboiyning 116 tasi musarra’ ruboiy hisoblanadi. Hofiz Xorazmiy ijodida ruboiyning ilk turkiy namunalarini uchratish mumkin bo‘lsa-da, uning devonidagi 12 ruboiy ruboiyi xasiy shaklida yozilgan.
Fors-tojik adabiyotida ruboiy janrida Umar Xayyom, Pahlavon Mahmud, Mirzo Abdulqodir Bedil shuhrat qozonganlar. O'zbek she'riyatida esa Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ruboiylari juda mashhur bo'ldi. Yangi davr o‘zbek adabiyotida ham ruboiy yozish an'anasi davom etdi. Masalan, M.Shayxzoda, A.Oripov, J.Kamollarning ajoyib ruboiylari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |