In ihtariqa jismi min nori havoyih (arab) Kuymasligi xasning choqin etkanda ne imkon (turk) O‘lgum susabon hajr biyobonida, rahm et (turk) Konat shafahak-aynu hayot ano atshon (arab) G‘azali muvashshah Aqli hush uchti boshimdin, ey pari, devonaman, Bir iloj qil, el ichra bo‘lmayin afsona man. Dard-u so‘z-u ashk-u ohimni qiyos et sham’din, Shomdin to subhidam hajringda o‘rtab yonaman. Ul zamonekim, yiroq vaslingdin o‘ldim, to bu dam, Har kecha yodingda ming yo‘l uyqudin uyg‘onaman. Lahzai zahri g‘aming, yutmoqqa toqat qolmadi, No‘sh etib vasling mayidin ham qachon bir qonaman. Xoma mujgon, ko‘z qarosidin yozib rozi dilim, Arzai qildim, eshit ma’yusu mushtoqonaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |