Magistrlik dissertatsiyasining obyekti Ozbek mumtoz adabiyotidagi Yusuf alayhissalom obrazi hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti esa Yusuf alayhissalom obrazining o`rganilganlik darajasi.
Magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot Ozbek mumtoz adabiyotida Yusuf Alayhissalom obrazi asosida sayyor sujet tadrijiga xos qiyosiy-tipologik xususiyatlarni oydinlashtirish hamda umumlashtirish zamirida malum nazariy xulosalarga kelish imkoniyatini kengaytiradi. Shuningdek, undan ozbek mumtoz adabiyotining ilmiy tarixini yaratishda, badiiy adabiyot talimi mazmunini yanada teranlashtirishda, oliy va orta umumtalim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari uchun ozbek adabiyoti tarixi fani boyicha darsliklar, oquv qollanmalari yaratish, tavsiyanomalar ishlab chiqishda, maxsus kurslar oqitishda goyaviy-axloqiy, mafkuraviy tashviqot va targibot ishlarida foydalanish mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi. Asardagi paygambarlar va tarixiy shaxslar talqinini yoritib berish, asarning tarixiy, ilmiy, didaktik ahamiyati, badiiy qimmati va oziga xos uslubi, shuningdek, sheriy sanatlarning ornini tahlil va tadqiq etish; uni adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan organish ushbu tadqiqot ishning yangiligi hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va hajmi. Kirish, 3 bob, oltita paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar royxatidan tashkil topgan. Ishning umumiy hajmi 80 sahifani tashkil etadi.
I.bob Yusuf alayhissalom shaxsiyatining ilohiy manbalarda aks etishi 1.1. Qur`oni Karimda Yusuf alayhissalom qissasi Ozbek mumtoz adabiyotidada Yusuf alayhissalom obrazi sharq xalqlari asarlari orasida mashhur va keng tarqalgandir. Bu obrazning asl manbasi — ilohiy muqaddas kitoblar: Tavrot, Injil va Qurʼoni Karim. Yusuf alayhissalomning Tavrotdagi talqini folklorga yaqin va qadimiy Misr afsonalariga borib taqalishi taxmin qilinadi. Qurʼondagi talqini birmuncha ixcham va badiiy shakllangan. Ushbu qissa Qurʼonda “ahsan ul-qissas” (qissalarning eng goʻzali) deya taʼriflanadi. “Yusuf” surasi bitta qissani avvalidan oxirigacha, boshqa narsalarni aralashtirmay hikoya qilgan yagona qissadir. Ozbek mumtoz adabiyotida Yusuf alayhissalomning hayotlari haqida hikoya qiluvchi badiiy-tarixiy asarlar Qurondan tasirlangan holda yozilgan. Qurondagi “Yusuf” surasi voqealari asos qilib olingan va badiiy toqimalar, sujetlar, obrazlar qoshilgan. Ularning bir-biriga oxshash va farqli jihatlari juda kop. Shuni takidlashimiz kerakki, Quroni Karimda ushbu sura “Hud” surasidan song nozil bolgan. “Hud” surasi Islom va musulmonlar uchun sinovlar goyat ortgan paytda nozil bolgan shundan song paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uchun bundan-da ogir damlar boshlanadi. “Amakilari Abu Tolib va Xadicha onamiz vafot etib, musulmonlar uchun “mahzunlik yili”ga ayalangan bir paytda momin-musulmonlarga bundan-da qattiqroq musiybatlarga yoliqqan, sinovlarning har turlisiga uchragan bandaning-Paygambar Yusuf alayhissalomning qissalari keldi.2 Bu qissa Paygambar sollallohu alayhi vasallamga ham, musulmonlarga ham ulkan tasalli va dars olaroq nozil bolgan. Ammo Yusuf alayhissalom haqida yaratilgan keyingi asarlarda goya va maqsad tamoman ozgarib, ishq-muhabbat yirik planga chiqqan. Endi Quronda keltirilgan “Yusuf” surasining qisqa bayonini keltiramiz. Quroni Karimda ulug paygambarlar-Ibrohim, Ishoq va Yaqub alayhissalomlarning sulolasidan bolmish Yusuf alayhissalomning korgan tushlarini otalari Yaqub alayhissalomga sozlab berayotganlarini tasvirlash bilan qissa boshlanadi. Yusuf alayhissalom tushlarida on bir yulduz, oy va quyosh tazim qilayotganini koradi. Yaqub alayhissalom bu tushni eshitgach u haqida hech kimga aytmasliklarini soraydi. Quroni Karimda Yusuf alayhissalomning on bir oga-inilari borligi aytilgan. Otalari hammadan ham kora Yusufni sevganlari uchun oga-inilar Yaqub alayhissalomni ochiq adashuvda deb biladilar va otalarini qizganib, Yusufga nisbatan garaz paydo boladi. Shayton vasvasa qilgan oga-inilar Yusufni oldirib otalarining mehrini ozlariga qaratmoqchi bolishadi ammo ulardan birida zarracha bolsa ham vijdon bolib u inisini oldirmasdan quduqqa tashlashni taklif qiladi. Otalari yoniga borib “Ey otamiz, sen nega Yusufni bizga ishonmaysan? Holbuki, biz unga ixlos qiluvchilardanmiz”-3deya aytadilar. Otalari esa ular gofil qolishsa Yusufni bori yeb ketishidan qorqishlarini aytadilar. Akalari unamagach esa rozi bolishga majbur boladilar. Ogalar Yusufni quduqqa tashlashga qaror qilganlarida u kishiga Allohdan vahiy keladi “Sen albatta, ularga bu qilmishlarining xabarini berursan, oshanda ular seni sezmaslar ham”4. Akalari otalarining yoniga kelib, Yusufni Yaqub alayhissalom aytganidek bori yeb ketganini aytishadi va uning yolgondakam qonga boyalgan koylagini korsatishadi. Yaqub alayhissalom esa endi gozal sabr qilish eng songgi chora ekanligini aytadilar. Inson boshiga musibat kelgan paytda dod-faryod qilmasdan, Allohga malomat qilmasdan qilgan sabri uchun ajr oladi. Yaqub alayhissalom ham shunday musibat kelganda sabr qilmoqni afzal tutdilar. Buyoqda yolovchilar quduqdan suv olmoqchi bolib Yusufni korishadi va yashirib qoyib songra Misrda qul qilib sotishadi. Ha! Allohning paygambari qul qilib sotiladi. Misrda sotib olgan odam ( bu yerda ismi keltirilmaydi suraning oxirida bir marta Misr Azizi nomi keltirilgan) xotiniga Yusufni yaxshilab joylashtirishni, vaqti kelsa uni farzand qilib olishlari mumkinligini aytadi. Ammo ayol bu yigitning husnini korib uning nafsini xohlaydi, Yusuf esa buni rad etib eshikka intiladi. Shu orinda Yusuf alayhissalomning xarakteridagi holatlar ochila boradi: qanchalik hayoli ekanliklariga guvoh bolamiz. Eng avvalo, Allohdan hayo qilyaptilarki, u korib turibdi deya, undan song xojalaridan chunki u Yusufga yaxshi munosabatda bolib, unga ehtirom korsatdi, bunga javoban xiyonat bilan javob qilish insoniylikdan bolmas edi. Yusuf alayhissalom qiyin imtihondan otdilar: chiroyli, mansabdor va xojayin xotin zinoga chorlasa-da, kuchli imonlari sababli, gunohdan voz kechdilar, shariatda sobit turdilar. Alloh taolodan bu fitnani ketkazishni sorab duo qildilar. Ayol uning koylagining ortidan yirtib oladi. Shu payt xojasi kelib qoladi va ayol Yusufga tuhmat qiladi. Shunda ayolning ahlidan bir guvoh (Qurondan keyin yaratilgan badiiy-tarixiy manbalarda bu guvohlik bergan shaxs chaqaloq deyilgan, kimligi, ayol yoki erkakligi, yoshi haqida hech narsa deyilmagan, barchasi Allohning Oziga ayon va bunda qanday hikmat borligi ham Oziga malum) agar koylakning old tomoni yirtilgan bolsa, ayol rost gapirayotganini, agar orqa tomondan yirtilgan bolsa, tuhmat qilayotganligini aytadi. Koylakning orqa tomonidan yirtilganini korgan xojasi ayolining makrini anglab yetadi ammo buni hech kimga oshkor etmay Yusufdan ham unutishini soraydi. Qancha yashirishga urinmasin ayolning bu qilgan ishini shahar ayollari eshitadi va ular ayoldan yozgira boshlaydilar. “Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi. Unga juda ham muhabbat qoygan ekan-da! Biz uni ochiq-oydin adashuvda deb bilamiz”-deyishdi5. Misr Azizining ayoli (badiiy-tarixiy manbalarda Zulayho deb yuritiladi ammo Quronda biror marta ham ayolning ismi, u haqida malumot keltirilmagan) buni eshitgach osha ayollar uchun joy tayyorlaydi va qollariga pichoq beradi. Ularning oldiga Yusufni kiritadi. Yusufning gozalligini korgan ayollar qollaridagi pichoq bilan taomni emas oz qollarini kesa boshlaydilar. Shu orinda Yusuf alayhissalomning yana bir xususiyatlari —mashaqqatli bolsa ham togri yoldan yurish — ochib berilgan. Bu narsa Yusuf alayhissalomning zino qilishdan va saroydagi ayollarning chaqirigiga yurgandan kora mashaqqatli bolsada zindonni tanlaganlarida korinadi. Yusuf alayhissalom ayollarning makri bir kuni u kishini oziga moyil qilishidan qorqib zindonni afzal koradi. Misr Azizi ham barcha ayb ayolida ekanligini korsatuvchi dalillar bolsa-da, Yusufni vaqtincha zindonga tashlashga majbur boladi. Yusuf alayhissalom yana sinov ustida, yana qiyinchiliklarga sabr qilish talab etiladi. Zindonda Yusuf bilan yana ikki yigit ham bor edi , ular tush korishadi, biri tushida sharob tayyorlab yurganini biri esa, non kotarib yurib qush uni yeyotganini koradi. Yusuf alayhissalomga Alloh tomonidan tushlarni tabir qilish ilmi berilgan edi. U yigitlarga tushlarining tabirini birdaniga aytmasdan Allohning sifatlarini keltirib , uning yagona ekanligini uqtirib song tabir qiladi, tabirga kora biri podshoga soqiy , biri esa osilib boshini qushlar yeyishini aytadi. Yusuf soqiylik qiladigan yigitga xojasining huzurida uni esga olishini aytadi, lekin shayton buni unuttiradi va Yusuf yana bir necha yil zindonda qoladi. Bir kuni podshoh tush koradi, tushida yettita oriq sigir yettita semiz sigirni yeyayotgan emish va yettita yashil boshoq va xuddi shuncha quruq boshoq emish. Ayonlardan buning tabirini soraydi. Ular bunday chalkash tushni tabir qilolmasliklarini aytishadi. Shunda bir paytlar zindondan chiqqan soqiyning yodiga Yusuf tushadi va uning yoniga borib tushni bayon qiladi. Yusuf alayhissalom yeti semiz sigir yetti yil boshoqlar juda serhosil kelishini, shu paytda faqat kerakli donni olib qolganini boshoqda qoldirish kerakligini chunki keyingi yetti yil qahatchilik bolishi va ozgin sigirdan darak berishini aytadi. Shu orinda Yusuf alayhissalom tushda yoq yana bir yil bolishini va unda insonlar ustiga baraka yogilishini aytadilar. Misr podshosi Yusufni huzuriga keltirishlarini soraydi. Inson hayoti davomida uchragan tuhmatlardan ozini poklashi kerak boladi. Yusuf alayhissalom saroy ayollarining makri va bohton bilan zindonga tushib qoldilar. Zindondan chiqish paytida, U Zotni xalqning oldida zino tuhmatidan pok ekanini e'lon qilishlarini talab qildilar. Natijada haqiqat yuzaga chiqdi, Podshohning surishtiruvi sababli Yusuf alayhissalomni zinoga chorlagan Misr azizining xotini aybiga iqror boldi va Yusuf alayhissalom tuhmatlardan pok bolib zindondan chiqdilar. Xotirjamlik, kengchilik — sinov imtihonlardan keyindir. Yusuf alayhissalom kop alamli sinovlarni imon quvvati va sabr bilan yengib otdilar. Sinovlar izidan kenglik keldi. Misrda aziz insonga aylandilar, podshohning yaqin odamlaridan bolib, uning xazinasini boshqaruvchi boldilar. Qahatchilik yillari boshlangach Yusufning oga-inilari don sorab misrga kelishadi Yusuf ularni taniydi aka-ukalar esa uni tanishmaydi. Yusuf ogalariga ota bir iningizni ham olib kelsangiz unga ham don berishini , agar olib kelishmasa, boshqa don bermasligini aytadi. Ogalar otalari ruxsat bersa, inilarini olib kelishga vada berishadi. Yusuf ham ogalarining yukini ichiga donga almashtirish uchun olib kelgan sarmoyalarini qayta berib yuboradi. Ogalar otalari huzuriga borib inimizni bizga ber biz uning uchun ham ancha don olib kelamiz deyishadi. Yaqub alayhissalom esa ular Yusufning inisini ham Yusuf kabi yoqotishadi deb rozi bolmaydilar. Ular Alloh nomi bilan qasam ichishadi va otalarini kondirishadi. Oga-inilar yana Misrga borishadi va turli eshiklardan kirib Yusufning huzurida otirishadi, Yusuf inisigagina ozini tanitadi. Ular qaytayotgan paytda Yusuf inisining yuklari ichiga suv idishini solib qoyadi va bu idish kimning yukidan chiqsa u mamlakatda qolishini aytib jar soldiradi. Oga-inilar ogri ozlarining ichlaridan emasligiga ishonib bunga rozi bolishadi. Yuklar titilayotgan paytda suv idishi kichik ukaning narsalari orasidan chiqadi. Ogalar hayron qolishadi ammo ozlarini oqlash uchun buning ogasida ham ogrilik odati bor edi bunda ham bolishi mumkin ekanligini aytishadi. Ushbu fakt bundan keyingi yozilgan hech bir badiiy asarda uchramaydi. Hozir ogalar Yusufni ogriga yoyishyapti ammo bunda nimaga asoslanganlar bu nomalum. Ogri bolganligini aytishgan ammo nimani , qachon , qayerda bu mavhum. Balki, bu oga-inilarning navbatdagi boxtonidir. Yusuf bu gapni kongliga tugib qoyadi va oshkor qilmaydi. Keyin ogalar Yusufga yalinishga otishadi, inilarining qari otasi borligini uning orniga boshqa birlarini olib qolishni iltimos qiliashadi. Yusuf esa rozi bolmaydi. Suv idish kimdan topilgan bolsa, faqatgina u qolishini talab qiladilar. Shu orinda Yusuf alayhissalom inilariga aybdorni yoki gunohkorni deya murojaat qilmaydilar chunki suv idishni ozlari solganliklari malum. Ogalar noiloj vatanga qaytadilar va otalariga vaziyatni tushuntirishadi Yaqub alayhissalom ularga yana ishonmay sabr qilishni tanlaydilar. Natijada kozlariga oq tushib kormay qoladi. Ogalar buning uchun ham otalariga malomat qilishadi. Vaqt otib don olib kelish uchun ular yana Misrga borishadi ammo qollarida don olish uchun yetarli sarmoya yoq edi. Shuning uchun Yusufdan yordam sorashadi. Yusuf alayhissalom shu paytda ozlarini tanitib ozlariga va inilariga qilgan yomonliklarini eslatadi. Ular xatokorliklarini tan olib uzr sorashadi. Yusuf ogalariga oz koylagini berib yuboradi va otasining kozlariga yopishini soraydi. Ular shunday qilishadi va Yaqub alayhissalomning kozlari ochiladi. Va ahli oila barchalari Misrda jam bolishadi. Shundan song Yusuf alayhissalomning bolaliklarida korgan tushlari onggidan kelib on bir aka-uka Yusuf qarshisida bosh egishadi. Quronda kelgan Yusuf alayhissalom qissasining qisqacha mazmuni shundan iborat. Boshqa inson qoli bilan yozilgan asarlarda badiiy toqimalar, va yangidan yangi Quroni Karimda uchramaydigan obrazlar qoshilgan.