1.2 Hadislarda Yusuf alayhissalom talqinlari
Quroni Karimda qissalarning gozali deb atalgan Yusuf Qissasi juda qadimiy sujetlardan biridir.6 U dastlab Muso alayhissalomga nozil qilingan Tavrotning birinchi kitobiga, keyin Iso alayhissalom talimotini oz ichiga olgan Injilga kiritilgan. Rivoyatlarga kora Chahoryorlardan hazrati Umar bilan yetti Yahudiy ortasida bahs boladi. Yahudiylar Tavrotni Quroni Karimdan afzalroq deb hisoblaydilar va bunga Quroni Karimda Yusuf Qissasining yoqligini sabab qilib korsatadilar. Hazrati Umar jim qolib, keyin Muhammad alayhissalomga bolgan voqeani bayon qiladi. Muhammad alayhissalom hayol surib qolganda Jabroil kelib Yusuf qissasini aytib beradi. Bu qissa Quroni Karimga "Yusuf surasi" bolib kiradi. Agar Tavrotning tarixi uch ming yildan ziyodroq ekanligi hisobga olinsa, qissaning xalq ogzaki ijodi yoki tarixiy voqelik sifatida shakllangan vaqti undan ham qadimiyroq zamonlarga borib taqaladi. Har holda bu sujetning qadimgi yahudiylar va misrliklar orasida shakllanganligi aniq. Falastinda Yusufning onasi Rohil maqbarasi saqlanib qolganligi shundan guvohlik beradi. Har uchala ilohiy kitobda ham Zulayho obrazi uchramaydi, asosiy etibor Yusuf sarguzashtlari orqali insoniy axloq va odob masalalarini yoritishga qaratilgan. Tavrotda va Injilda Firavnning saroy soqchilari boshligi va misr hokimi Potifarning xotini, Quroni Karimda Yusufni sotib olgan kishining (ismi yoq) xotini Yusufni sevib qolishadi. Aftidan, xalq ogzaki ijodi asarlarida uning ismi Zulayho deb yuritilganligi uchun Tavrot, Injil va Quroni Karim sujetlari asosida shakllangan yozma adabiyot namumlarida hamda tafsirlarda uning nomi Zulayho bolib ketgan.
Tavrotda Firavn Yusufni On shahrining kohini Potifarning qizi Usnatga uylantirib qoyadi. Quroni Karimda esa Yusufning Misr hokimi bolishi va uylanishi haqida hech narsa deyilmagan. Shu bilan birga, Quroni Karimda Yusufning akalari, ukasi va singlisi nomlari, Misr podshohi, Misr hokimi, Yusufning onasi, quli, ogillari, Yusufni Misrga sotgan savdogar va uning qullari nomlari ham keltirilmagan Unda faqat Yusuf va uning otasi Yaqub ismi mavjud. Tavrotda Yusufning hamma akalari, ukasi va singlisi nomlari bor. Misr podshosi umumiy nom Firavn nomi bilan kelgan, Misr hokimining nomi Potifar, uning xotinining nomi esa keltirilmagan. Tavrotda Yusufning onasi Rohil vafot etgan boladi. Quroni Karimda u tirik, asar oxirida u ham boshqalar qatori Misrga boradi va u yerda Yusufning korgan tushi hayotda voqe boladi. Yusufning yoshligida korgan tushi, osmondan oy, kun va on bir yulduzning pastga inib, Yusufga tazim qilishi epizodi Tavrotda bor. U asarning boshida Yusufning ikkinchi tushi sifatida keltirilgan. Ammo oxirida uning hayotda amalga oshganligi aytilmaydi. Yusufning birinchi tushi - dalada akalari bilan boglam boglayotganini, uning boglami tik turib, akalarining boglami unga tazim qilganligi Quroni Karimda yoq. Ammo Tavrot va Injilda uchraydigan boshqa bir necha epizodlar singari u ham islomiy adabiyotda mavjud badiiy asarlarda hikoya qilingan. Tavrotda akalari Yusufni quduq boshida Ismoiliy savdogarlarga yigirma kumush tangaga, savdogarlar esa uni Misrga olib borib, shahar hokimi va Firavn saroyi soqchilari boshligi Potifarga sotadilar.
U Yusufni xonadonining boshqaruvchisi qilib qoyadi. Quroni Karimda Yusufni akalari sotib yuborishmaydi. Yusuf quduqqa tashlangan chelakka osilib chiqadi va savdogarlar uni sotiladigan narsalari qatori yashirib qoyadilar va Misr bozorida goyat arzon bahoda - bir necha tangaga sotib yuboradilar. Aytish kerakki, badiiy asarlar va tafsirlarda shu lavhalarni hikoya qilishda Quroni Karimdan chetga chiqilgan orinlar bor. Masalan, Yusuf haqidagi deyarli hamma badiiy asarlarda Yusufni akalari tomonidan goyat arzon bahoda sotib yuborilgani aytilgan va u chiroyli izohlangan. Yusuf bir vaqt oynaga qarab yoki quduqdagi suvda aksini korib oz jamoliga oshiqcha baho beradi. Bu xudoga maqul bolmaydi va shuning uchun u dastlab arzimas narxda sotiladi. Yusuf maqtanchoqligi esiga tushib xudodan magfirat soraydi. Keyin Misr bozorida Parvardigor oz siddiq bandasi va paygambarining haqiqiy narxini belgilaydi. Uni hech kim sotib ololmaydi, Misr hokimining ham xazinasi yetmaydi - Yusuf xaridorini xijolatdan chiqarib oz ixtiyori bilan qullikni boyniga oladi. Badiiy asarlarda, shuningdek, Rabguziy, "Qisas-ul anbiyo”sida Yusufning Misr bozoridagi holati shu darajada har tomonlama va ruhiy kechinmalarga boy tarzda tasvirlanganki, quduq boshidagi narxi uni tamoman ozga bir insonga aylantirganligi, unda sofiyona kayfiyat qaror topganligi aniq bilinadi.
Yusuf haqidagi badiiy asarlarda mavjud eng tasirchan va hayajonli lavhalardan biri Yusufning onasi qabri ustidagi holati tasviridir. Bunda ham Tavrotga asoslanilgan. Tavrotda Yusufning onasi qabri ustidagi faryodi berilmagan bolsa ham, onasining vafot etganligi aytilgan.
Paygambar Yaqubning keyingi farzandlarini koproq sevishi sabablaridan biri ham ularning onasiz ekanliklarida deb izohlangan. Ozbek va fors-tojik adabiyotida mavjud asarlarda va «Qisas-ul anbiyo»larda Tavrotdagidek Yusufning onasi vafot etgan deb korsatilgan va Yaqubning Yusuf va Ibn Yaminni koproq yaxshi korganligi onalarining yoqligi uchun deyilgan va bundan qabr ustidagi holatni tasvirlashda juda ustalik bilan foydalanilgan. Rabguziyning "Qisas-ul anbiyo" asarida ham, Durbek va Andalib asarlarida ham bu epizodlar juda hayajonli chiqqan. Ammo buning evaziga Misrda Yusuf tushining hayotda amalga oshishi epizodi oz-ozidan tushib qolgan yoki keltirilgani ham mantiqsiz chiqqan. Yani ayrim asarlarda Yusufning onasi qabri ustidagi nolalari ham, oxirida Misrda korgan tushining royobga chiqishi ham mavjud.
Fors-tojik va ozbek adabiyotida qissaning Tavrot nusxasi ham katta tasir korsatganligini aniq his etish uchun Quroni Karim va Tavrot nusxalarini qiyoslash kerak boladi.
Qissa sura sifatida Quroni Karimda mavjud bolgan paytlardan boshlab Chahoryorlar, Sahobalar, Muhaddislar, mufassirlar, mutasavvuflar va qissaxon roviylar “Tavrot, ”Injil va folklor namunalaridan foydalanib sujetni toldirish, mukammallashtirishga kirishganlar va bunda fantaziyaga ham keng orin berilgan. Undagi har bir voqea xilma-xil shakl va yonalishlarda izohlangan. Keyingi asarlarda arab, fors-tojik va turkiy adabiyotlarda yuzaga kelgan «Qissasul- anbiyo»larda ana shu izohlardan foydalanishgan. Bu jihatdan ayniqsa Rabguziyning asari qissadagi har bir sahnaning goyat xilma-xil tomondan izohlanganligi bilan ajralib turadi. Rabguziy shu qissani yozishda 20 dan ortiq manbaga murojaat qilgan.
“Rabguziy bu qissaning ahsan (gozal) deyilishi sababini quyidagicha izohlaydi:
Qurondagi boshqa hamma qissalardan foydasi koproq ekanligi;
Qissa boshdan oxir, bir qavlda qirq yil, boshqa birida sakson yil ichida bolib otgan voqealarni oz ichiga olganligi;
Quroni Karimda boshqa qissalar turli oyat va suralarda, Yusuf qissasi esa faqat bir oyat - Yusuf surasida kelganligi;
Boshqa qissalarda voqealar begona odamlar orasida yuz berganligi;
Qissada uch hol: rohatda va mashaqqatlarda Ollohga itoatda, xaloyiq orasida ezgu muomalada, yaxshi va yomon kayfiyatda bolganda bagri keng, ochiq bolmoq borligi;
Yusufning oz ogalari bilan ezgu muomala qilganligi. ularning jafosiga sabr-bardoshli bolganligi;
Qissaning avvali tush, ortasi tush va oxirida ham tush korish borligi;
Qissaning ishq bilan tamom bolganligi;7
Rasul alayhissalomning bu sura haqida aytgan quyidagi gaplari:
"Kimki on turli baloga yoliqsa on surani oqisin" vasvasaga tushsa "Alhamdu" surasini, ogrilardan qutulayin desa "Suratul baqara"ni, Qashshoqlikdan qutulayin desa "Oli Imron"ni, Qaygu kongildan ketsin desa "Suratul anom"ni kel, nifoq konglumdan chiqsin desa, «Suratul anfol»ni achchigim tarqalsin desa "Suratul asr"ni, qaygu manga xarom bolsin desa "Alam nashrah"ni, kufr va shirk mendan ketsin desa "Suratul-ixlos"ni, jodudan omonlik tilasa "Suratul-muavvizatayin"ni, bularning hammasidan qutilishni istasa "Yusuf" surasini oqisin.
Suraning "ahsanul qissas" (qissaning gozali) deyilish sababini yana boshqa fazilatlari bilan ham izohlaydilar”8.
Quroni Karimdan boshlab bu sujet islomiy adabiyotda dastlab arab, keyin fors-tojik va turkiy tilda yaratilgan sharhlar va qissalarda mukammallashtirila boshlandi. Bunda ayniqsa "Kabul-axbor" degan nom olgan Abu Ishoq Kab ibn Mote (VII asr)ning xizmati katta bolgan, chunki kop manbalarda, jumladan, "Qissasul anbiyo"yi Rabguziyda ham "Kabul-axbor" qissalar toplami kop tilga olingan. Bu kitob boshqa qissa va dostonlarga ham manba bolib xizmat qilgan.
Sharq badiiy adabiyotida bu mavzu dastlab Abulqosim Firdavsiy tomonidan ishlangan degan fikrlar bor. Bu fikrga etiroz bildirganlar ham yoq emas. Har holda bu sujetni IX-X asrlardan boshlab to XX asr boshlariga qadar arab, fors, turk, ozbek, tojik, turkman, ozarbayjon, tatar va boshqa tillarda yuzdan ortiq mualliflar qalamga olganlar.
Ozbek adabiyotida Quroni Karimdan boshlab Ali (XIII asr), Rabguziy (XIII-XV asrlar), Durbek (XIV-XV asrlar), Alisher Navoiy (XV asr), Andalib (XVIII asr), Sayqaliy (XVIII asr), Salohiy (XVII-XIX asrlar), Xolis (XVIII-XIX asrlar), Xiloliy (XVIII-X1X asrlar), Mirzo Olimbek (XIX asr) va boshqalar ijodlarida bu sujet murakkab jarayonni boshdan kechirdi. U davrdan davrga dunyoviylashib zamonaviylashib bordi.
Dastlab "Qissayi Yusuf" deb yuritilgan asarlardan keyin Yusuf yoniga Zulayho ismi paydo boldi. Muqaddas kitoblarda Potifar yoki Qutfiyrning xotini, Potifarning qizi Osnat deb nomlangan ayollar Zulayho nomida birlashdi. Bir qator mualliflar Zulayhoga koproq kinoya bilan qaradilar, uni oz tuygularini jilovlay olmagan ayol sifatida kordilar, boshqalar unga hamdardlik bildirdilar. Yaqub, Yusuf va Zulayho timsollari butun Sharq sheriyatida eng mashhur poetik obrazlarga aylandi. Ozbek adabiyotida ham bu obrazlardan foydalanmagan shoirlarni topish qiyin.
“Yusuf va Zulayho sarguzashtlarining goyat xalqchil, ommabop va hayotiy bolishida XVIII asrda yashab ijod etgan va ozbek hamda turkman xalqlari ortasida mashhur bolgan shoir Nurmuhammad Andalib katta hissa qoshdi. Uning nasru nazmda yozgan "Yusuf va Zulayho" Qissasi XX boshlarida Toshkent, Buxoro, Kogon, Samarqand shaharlarida olti marotaba qayta-qayta nashr qilingan. Toshkent, Ashxabod, Samarqand, Dushanbe, Sankt-Peterburg shaharlaridagi qolyozmalar maxazlarida va ayrim kutubxonalarda uning yuzlab qolyozma nusxalari mavjud”9.
Andalibning bu dostoni Ashxabodda bir necha bor nashr ettirildi. 1973 yili adabiyotshunos Geldi Nazarov uninng tanqidiy matnini tayyorladi.
Andalib bu mavzuda qalam tebratar ekan, ozining qayd qilishicha “oziga hamdardu hamnishin bolgan" kishilarning iltimoslarini hisobga olgan:
“Keldi qoshimga necha hamdardlar,
Qurbu shijoatda sheramardlar.
Barchalari manga edi hamnishin,
Yuzlari-nur, sozlari-dur, angubin.
Dedi alar: "Andalibi benavo",
Konglumiza tushdi ajab mojaro,
Bor "Qasas" ichra ajab doston.
Ne boladur kilsang ani boston.
Yusufi siddiqo Zulayhoni san,
Turki xaloyiqqa qilib bir chaman.
Eldin ela olib oni qilsa boy,
Bir necha zebolar ichra guftugoy.
Ishqi haqiqiyni saboq aylasun,
Boyla erur oshiqi pok aylasun"10.
Andalib Yusuf haqidagi kop asarlarni oqib chiqqan. Ammo asosiy manba unga "Qissasul anbiyo" bolgan. Shoir buni "Ammo noqiloni daftari motabar "Qissasul-anbiyodan" rivoyat qilib xabar beribdurlarkim" kabi sozlari bilan tasdiqdaydi. Asarning Turli sahifalarida "yana bir rivoyatda aytibdurlarkim"... deyilishi shoirning boshqa mabalardan ham xabardor ekanligini korsatadi.
“Yusuf va Zulayho” sujеti xalq orasida nihoyatda mashhurdir. Manbalarda Yusuf timsolining juda qadimiy ildizga ega ekanligi, u yahudiylarning qadimiy ilohlaridan biri bolsa kеrak dеgan qarashlar bayon etilgan. Yozma adabiyotda “Yusuf va Zulayho” sujеti ancha ilgari davrlardan boshlab yoritila boshlandi. Abul Muayyad Balxiy, Baxtiyoriy dеgan shoirlar bu sujеt asosida asar yozgan dеgan ma'lumotlar mavjud. Lеkin ularning asarlari bizgacha saqlanib qolmagan. Durbekdan keyin ham fors-tojik va turkiy adabiyotning bir qator mumtoz namoyandalari bu sujetga murojaat etishgan. Xususan, Abdurahmon Jomiy “Haft avrang” da Xusrav haqidagi doston ornida Yusuf va Zulayho sujetiga murojaat etiladi. Xorazmda yashagan mumtoz turkman shoiri Nurmuhammad Andalib ham nasr va nazm yoli bilan qissa yaratgan. Shu bilan birga, ozbek va turkman xalqlari orasida shu nomdagi xalq Qissasi ham mashhur bolgan Yuqorida takidlaganimizdek, Durbеkning “Yusuf va Zulayho” dostonini 1409-yilda Balx qamali davrida yozilgan. Muallif qamal davrida kop kitob mutolaa qilganligini, forsiy tildagi “Yusuf va Zulayho” asarlarini oqiganligini va turkiy tilda asar yozish niyati tugilganini ta'kidlaydi.
Yuqoridagi ruboiy zamiridagi teran manolarni anglash uchun mumtoz sheriyatimizda koplab qollanilgan talmeh va tazod sanatlarining xosiyatini bilish kerak, nazarimda. Yusuf paygambarning nomini keltirish orqali talmeh sanati va uni devga qarshilantirish orqali tazod sanati qollangan. Yusuf alayhissalomning nomini tutish orqali uning suvratu siyratiga daxldor bazi jihatlarni bilib olish maqsadga muvofiq. Yusuf ismi soz manosida ibroniy tilida oshirilgan, kopaytirilgan, fazilatli, qobiliyatli degan manolarni anglatadi. Tavrotda uning nomi Iosif deb yuritiladi. Yusuf alayhissalom Yaqub alayhissalomning on birinchi ogli, Ishoq alayhissalomning nevarasi, Ibrohim alayhissalomning evarasidir. Rohila esa Yusuf alayhissalomning onasidir. Yusuf nihoyatda gozal, kelishgan yigit bolib osadi. Rivoyatlarda keltirilishicha, tangri taolo korkni barchaga taqsim qilganida, yuzdan toqson toqqizini Momo Havvoga, qolgan bir ulushini yana on ulushga bolib, toqqizini Yusufga, bir ulushini esa qolgan odamlarga bergan ekan. Alloh taolo Yusufni shunchalik chiroyli suratda yaratgan ediki, uni korgan kimsa bir zumda maftun bolib qolishardi. Xabarda aytilishicha, Muhammad paygambarga Meroj tunida shunday yorliq kelgan: “Ey Muhammad, jannatdagi hurlarning korkini dunyoda ikki kishiga berdim. Biri onang Havvo, ikkinchisi Yusufi Siddiqdir.” Yusuf uydan chiqsa oy kunning nuri qolmas edi. SHunda olam xalqi Yusuf tashqariga chiqibdi deyishar edi. Kim Yusufga boqsa, kozguda korgandek ozining yuzini korar edi. Qachon taom esa, taom bogzidan otguncha korinib turar, qorongu tun esa yorug bolib qolar edi. Nosiriddin Rabguziyning “Qissasi Rabguziy”, Durbekning “Yusuf va Zulayho”, Tomas Manning “Yusuf va uning birodarlari” asarlarida keltirilishicha, kiborlarning ayollarini Zulayho mehmonga chorlaydi va ularga sabzi tograshlari uchun har biriga bittadan pichoq beradi. Yusufga nigohi tushgan ayollar uning chiroyiga mahliyo bolib, sabzi deb gumon qilib oz barmoqlarini ham tograshadi. Bu voqeaga Quroni Karimning 12 — “Yusuf” surasi 30 — 50-oyatlarida ishora qilib otilgan.11 Hatto, yurtga qahatchilik kelib, ocharchilik boshlanganda Yusuf paygambarni bir tepalikka chiqazib qoyishadi. Xalq saf-saf bolib, uni korib otisharkan. SHu yol bilan xalq ozining ochligini unutarkan. Xullas, Yusuf gozallikning timsoliga aylangan. SHarqu garb adabiyotida u kork ramzi sifatida qollanib kelingan. Mana, ruboiyda qollangan Yusuf talmehi haqida qisqacha qayd.
Ruboiyda goyaviy maqsadni borttirib ifodalash uchun bu sanat ancha qol kelgan. Kimga va nimaga qanday koz bilan qarash va qanday qalb qarichi bilan olchash masala mohiyatini aniqroq anglashga va togri xulosa chiqarishga zamin hozirlaydi. Inson xolis baho berishi, odilona hukmga kelishi uchun halol va iymonli bolishi zarur. Odamzotning faoliyatida uning maqbul va nomaqbul harakatlari bolishi, tabiiy. Demak, uning oziga xos ijobiy va salbiy tomonlari, yutuq va nuqsonlari boladi. Birovga baho berishda uning fazilatlarini etirof etib, maqtashga, sharaflashga ham asos topish mumkin, ayni paytda uning illatlarini tanqid qilib, salbiy xususiyatlarini aytishga ham vaj topish mumkin. Demak, qanday koz bilan qarashga kop narsa bogliq. Inkor yoki tasdiq kozi bilan qarash orqali odamzot ozining shaxsiy va umumiy munosabatlarini namoyon etadi. YUqoridagi ruboiyda inkor kozi qahr bilan, tasdiq kozi mehr bilan uygunlashuviga ishora bor. Yusufning yuzi tasdiq va mehr kozi bilan qarashning badiiy ifodasi bolsa, devning xunukligi inkor va qahr kozining ifodasidir. Bir tomonlama qarash xulosaning togriligiga asos bermaydi. Demak, atroflicha yondashish, yutuq va kamchiliklarni korib chiqish asnosida yaxlit fikr ayta bilish eng xolis va odil qarashdir. Ruboiyda insonning ozligi ozgaga bolgan munosabati bilan izohlanishi haqidagi haqiqat bor.
Robb itoat qilinadigan xo'jayindir. Alloh taolo (Yusuf alayhissalom haqidagi qissada): « Ey zindondagi ortoqlarim! Sizlardan biringiz xo'jayiniga sharob quyib berasiz". 12 (Yusuf) surasi 31 oyat. Oyatda (fyas̊qīrabahu) deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |