3. Yangi mavzu yuzasidan yo’l-yo’riqlar (15 daqiqa).
Yangi mavzuni tushuntirish uchun reja beriladi va rejaga asosan tushuntiriladi.
REJA:
Suyuq taomlar xaqida tushuncha berish. (15 daqiqa).
2. Jazlab tayyorlanadigan suyuq taomlarni tayyorlash. (15 daqiqa).
3. Karam sho’rva, moshxo’rda, mastava tayyorlash texnologiyasi. (15 daqiqa).
III. Dars yakuni.
1.Yangi mavzuni mustao’kamlash.(10 daqiqa)
2.Uyga vazifa berish. (3daqiqa)
3.Ish o’rnini yig’ishtirish. (2 daqiqa)
KONSPEKT
Suyuq taomlarning organizm uchun axamiyatini olim I.P.Pavlov nazariyasiga asosan suyuq taomlar ishtaxani ochuvchi, oshqozondan shirani ajratuvchi asosiy muxit ekanligi bilan urgatiladi.
Suyuq taomlar o’tkir ta`mi, xushbo’y xidi, mazasi ishtao’ani ochishga yordam beradi. Suyuq taomlar mineral moddalarning asosiy manbai o’isoblanadi. Ularning tarkibida suyuqlik ko’p bo’lib, organizmning suvga bo’lgan eo’tiyojini 15-25% ni qondiradi.
O’zbek milliy suyuq taomlarini tayyorlash usuli boshqa milliy taomlarni tayyorlash usulidan farq qiladi. O’zbek milliy suyuq taomlari juda to’yimli qilib tayyorlanishi, tashqi ko’rinishi, xushbo’yligi, dasturxonga tortishtartibi bilan farqlanadi.
O’zbek milliy suyuq taomlarini tayyorlashda suyakli yoki lao’m go’shtga birlamchi ishlov berilib, qizdirilgan yog’da qovuriladi, piyoz, savzi, tamat o’am qo’shib qovuriladi. So’ngra sovuq suv quyilib baland olovda qaynatiladi. Qaynab chiqqandan so’ng past olovda miltiratib qaynatiladi. Suyuq taom uchun kerakli masalliq pishish vaqtiga ko’ra tartib bilan ketma-ket solinadi. O’zbek milliy suyuq taomlari uzoq vaqt qaynatilib tayyorlanganligi sababli go’sht, suyak, sabzavotlar, don mAo’sulotlari tarkibidagi qimmatli moddalar sho’rvaga erib o’tib, taomni to’yimli, xushbo’y, lazzatli qiladi, shuning uchun undan so’ng ikkinchi quyuq taom bermasa o’am bo’ladi.
O’zbek milliy suyuq taomlari dasturxonga kosalarga suzilib, yuziga o’ziga xos ko’katlar - rayxon, jambul, kashnich, yalpiz, ko’k piyoz Bilan beriladi. Ayrim xollarda tuyilgan qora muruch, mayda to’g’ralgan bosh piyoz, achchiq qalampir o’am berilishi mumkun. Ba`zi suyuq taomlarga qatiq berilishi shart.
Moshxo’rda. Mosh oziq-ovqat maxsulotlardan biri. To’q yashil rangdagi mosh eng yaxshi mosh xisoblanadi va bir qaynagandan pishadi, uning mazali va o’ziga xos o’ushbo’y o’idi bo’ladi. Moshni bir yilgacha saqlash mumkun. Bir yildan ko’p saqlangan mosh qattiq bo’lib qoladi, pishishi qiyinlashib, mazasi yaxshi bo’lmaydi.
Moshdan moshova, moshxo’rda, moshugra, moshqovoq, moshkichiri, moshpalov,mosh manti va xokazolar tayyorlanadi.
Moshxo’rda-suyuq taom. Unga go’sht yoki po’shtdumba mayda qilib to’g’raladi. YOg’i dog’langan qozonga piyoz va go’shtni solib qovuriladi.Birlamchi mosh yuvilib, sovuqsuv bilan solinadi va past olovda mildiratib qaynatiladi. Mosh ochilgach, tuz va guruch solib 20-25 minut qaynatiladi. Guruch solingach, olov baland qilinadi va shaqqillatib qaynatiladi.Taom pishgach kosalarga suzilib, ustiga murch, maydalangan rayxon, kashnich sepilib dasturxonga tortiladi.
Mao’sulotlar miqdori: 300gr go’sht, 100gr yog’, 300gr guruch, 200gr mosh, 2 dona piyoz kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |