ABU RAYXON BERUNIY
O’rta asrda yashab ijod etgan mashxur olimlardan biri Xorazmlik buyuk alloma Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad Beruniydir 973-1048 . U ilk o’rta asrda O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va ma’naviy hayotida katta voqealar sodir bo’layotgan bir davrda yashadi. Xaqiqatdan,tarix saxifalariga bir nazar tashlasak juda og’ir bir sharoitda yashab ijod qilganligining guvoxi bo’lamiz.
Beruniy 973 yil 4 sentabrda Xorazmning qadimiy Kot (xozirgi Beruniy) shahrida tugiladi. Abu Rayxon Beruniy dunyo fani tarixida yorqin iz qoldirgan ulug’ entsiklopediyachi olimlardan biri u bizga ma’lum bo’lishicha, 150 dan ortiq ilmiy meros qoldirganlar. Olimning asarlari matematik jihatdan turli-tuman, matematika, fizika, astronomiya, geodeziya, materologiya, etnografiya, filologiya va falsafa fanlari soxalarida qoldirgan ilmiy merosdir.
Shuning uchun akademik S.X.Sirojiddinov Beruniy ijodiga "Beruniy qiziqqan soxalarni sanab chiqishdan ko’ra qiziqmagan soxalarni sanab chiqish osonroqdir" deb baxo bergan. Beruniyning ijodi o’zining turi va qo’lamining kengligi bilangina emas, balki teranligi va hayotiyligi bilan ham qimmatlidir.
Beruniy o’zining arifmetikadan "Hind roshiqlari xaqida kitob" asarida o’rta asr arifmetikasida juda keng tarqalgan mashxur o’lchamli qoidani ko’rib chiqadi. Beruniy o’zining "o’tmishdan qolgan yodgorliklar" degan asarida geometrik progressiya xadlarining yigindisini topish usulini xususiy misolda ko’rsatadi.
Beruniyning asarlarida matematikaga doir masalalarni quyidagicha xulosalaydi.
1. Beruniy Evklid va Muhammad Xorazmiyning goyalarini rivojlantirib nazariy elementlarni o’z ichiga olgan arifmetika va algebrani qaraydi. U arifmetika va algebraning asosiy masalalariga ta’rif beradi xamda unli va oltmishli tizimning asosiy printsiplari, abjad xisobi, kvadrat va kub tenglamalarni takribiy yechish usullarini bayon etadi.
2. Beruniy geometrik miqdorlarni son deb qarash bilan bu miqdorlar ustida arifmetik amallarni bajarishda son tushunchasini musbat xaqiqiy sonlargacha kengaytiradi.
3. Muhammad Xorazmiy arifmetik asarida "aralash tizim" unli va oltmishli tizimni qo’llagan bo’lsa, Beruniy o’z asarida birinchi bo’lib bir eradan ikkinchisiga o’tishda butun sonlar uchun oltmishli tizimni qo’llaydi.
I. Beruniy geometriyaning asoschisi Evklidning asosiy geometrik tushunchalar va geometrik shakllarga bergan ta’riflarining ayrimlarini aniqlash va to’ldirish bilan bu ta’riflarga teng kuchli ta’riflar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |