«O`zbek adabiyoti tarixi» (XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) fanidan ma`ruzalar matni



Download 456,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana06.02.2022
Hajmi456,09 Kb.
#434200
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
XVII-XIX аср адабиети

 


53 
MUHAMMADNIYoZ NIShOTIY 
Reja: 
2.
Nishotiy hayoti va ijodi 
3.
Shoir lirikasi. 
4.
Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni 
5.
Dostondagi munozaralar 
 
Hayoti va faoliyati. Nishotiy XVIII asrda etishgan iste`dodli lirik va epik 
shoirdir. Uning «Husni Dil» dostoni xalq orasida ayniqsa mashhurdir. Bu dostonda 
shoirning hayotiga doir ba`zi ma`lumotlar bayon etilgan. Chunonchi dostonning 
kirish qismidagi: 
Bor edi Xorazm diyori erim, 
Ondin edi yaxshi, yomon gavharim. 
Chiqmoqda fikr aylabon ikki rafiq 
Ul dedi: g`urbat sari boshla tariq, 
Men dog`i amrig`a qilib inqiyod, 
Yo`lg`a tushib izladim o`zga savod. 
Poki Buxoro sari qo`ydim qadam, 
Oh, bu xori aro bo`ldim adam. 
Garchi eruk manzili dilkash base, 
Lek musofirg`a emas xush base- 
Kabi misralardan ko`rinib turadiki., shoir Xorazmda tug`ilgan va umrining 
ma`lum qismini Buxoroda o`tkazgan Aftidan, XVIII asr o`rtalarida Xorazm toj-
taxti uchun bo`lgan o`zaro urushlar vaqtida Nishotiy xanovayron bo`lib, bashpana 
va osoyishtalik izlab Buxoroga borgan bo`lsa kerak. Chunonchi, shoirning 
quyidagi misralari bunga dalil bo`la oladi: 
Charxi dun nogah o`lub badmijoz, 
Dun elig`a berdi kamolu rivoj... 
Moliki amlok o`dub ul boj o`lub, 
Bizg`a iloji aning ixroj o`lub... 
Nishotiy Buxoroda ham ko`p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Tanish 
bilish va turar joyi yo`qligi, oziq-ovqat tanqisligi uni ko`p mashaqqatlarga duchor 
etgan: 
Ne mango ma`voyu ne manzil ayon, 
Vah na dedim turg`ali qayda makon? 
Tu`ma uchun shomu sahar nomishim, 
Tife kibi barmog`i so`rmoq ishim. 
Qay bir alam vasfini tahrir etay? 
Yoki qayu dardni taqrir etay? 
«Husni Dil» dostoni XVIII asrning 70-yillarida yozilganligini e`tiborga 
olganda «Nishotiyning Buxoro hayotidagi og`ir domlar tasviriga doir misralari 
asason shu yillarga to`g`ri keladi. 
Nishotiy Nishotib nozik va jo`shqin lirik shoirdir lirikasi. Uning lirik 
she`rlari «G`azaliyot va Muxammasoti Nishotib» (bu 1903 yilda Muhammad 
Yusuf 
Chokariy 
tomonidan ko`chirilgan 
puxta nusxa 
bo`lib, 
O`zFA 


54 
Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda), «Bayozi mutafarriqa», «Bayozi majmuan 
ash`or» kabi manbalardan o`rin olgan. Nishotiyning: 
Ochganda doli zulfing, etgach shamoli zulfing, 
Qildi hayoli zulfing toroji dinu imon... 
kabi somimiy sevgini tarannum etuvchi g`azallari hayotiyligi va jo`shqinligi 
bilan kitobxonlarni o`ziga maftun etadi. 
Dastlab shuni ta`kidlash lozimki, Nishotiyning ijtimoiy-siyosiy fikr-
munohazalari ko`proq «Husnu Dil» dostonida, ayniqsa uning kirish qismi va 
xotimasida mujassamlashgan bo`lsa, muhabbat mavzui bilan bog`liq his-
to`yg`ulari, ichki kechinmalari ko`proq lirikasida ifodalangan. Lekin, shunga 
qaramay, uning she`rlarida lirik kechinmalar bilan birga, yashagan muhitning 
ayrim illotlarini fosh qiluvchi va qoralovchi ijtimoiy siyosiy fikrlari ham aks etgan. 
Bunday she`rlar yoki misralar Nishotiy lirikasining ijtimoiy-estetik qimmatini 
yanada oshiradi. Misol uchun quyidagi bir parchani ko`zdan kechiraylik: 
Yorab nechuk balodir boshimg`a shomi hijron, 
Ne dardig`a nihoyat, ne mehnatig`a payon. 
Ne sabru ne qarorim, ne hush, ne ixtiyorim, 
Ne yoru ne diyorim, ne jon mango, ne jonon. 
Har kunda boshqa g`avg`o, har tunda o`zga savdo, 
Ne manzilu ne ma`vo, yo`qdur makoni imkon. 
Shoir Navoiy va Fuzuliy g`azallariga bog`lagan muxammaslarida ham 
ko`proq ijtimoiy hayot voqealariga e`tibor beradi. Ayniqsa Navoiyning, 
davronidur-hijronidir», «oftob-oftob» kabi qofiyalar bilan tamamlangan she`rlariga 
va Fuzuliyning «besukun-tale zabun» kabi qofiyalar bilan tugagan g`azaliga 
bog`lagan muxammasida Nishotiyning o`z davriga, o`z muhitiga tanqidiy 
munosabati shikoyat ruhida ifodalagan fikrlar ko`proq uchraydi. Masalan: 
Yo`qdurur davroni dunparvar madorig`a qaror, 
Inqlobe birla oxir bo`yg`usidir xor-zor 
Shoir XVIII asr o`rtalaridagi Xeva xonligi hayotidan olgan taassurotlarini 
lirik kechinmalar shaklida ifodalab, «davroni dunparvar»ni qoralagan va o`sha 
mashaqqatli ayyomdan qoniqmaganini yashirmay yozgan. Nishotiyning Navoiy 
g`azaliga bog`lagan muxammasining quyidagi bandi ham mazmuni jihatidan shu 
ruhdadir: 
Nechun etmay charxi kajraftor alindin dodkim, 
G`am uza g`am etkurur bedod uza bedodkim, 
Nega hasrat o`tig`a kuymay mani noshodkim, 
So`zi ishqimdin savol etdi un oy farodkim, 
Yuz javobim boru yo`q hushrim demakka bir javob. 
Ozarbayjon xalqining mashhur mumtoz shoiri Fuzuliy o`z kechinmalari 
fonida feodal muhitini qoralab, «berahm falak», «beparvo do`st», «qaviy 
dushmon»dan noroziligini, dard ko`pligi va tole zabunligini tasvirlovchi bir 
she`rini shunday boshlagan edi: 
Do`st beparvo, falak berahm, davron besukun, 
Dard cho`x, hamdard yo`q, dushman haviy, tole zabun. 


55 
Shoir Nishotiy bu misralarda tasvirlangan holatni o`z muhitida ko`rganday 
bo`ladi va Fuzuliyning shu g`amgin g`azaliga muxammas bog`lab, Xeva xonligida 
kishilarga, «hamdam-oh», hamnafas-afg`on «ekanini, kishilar ruhi-hazin, xotiri 
g`ussalarga to`lib-toshganini ta`kidlabdi, mamlakatda fisq-fujun, azob va o`lim 
rivoj topganidan faryod chekadi: 
Hamrohim-g`am, munisim-dardu rafiqimdur ano, 
Mahramim-mehnat, shafiqim-marg, hamdardim qazo 
Quyidagi parchada shoir o`zini olov ichida qolgan somon parchasiga 
o`xshatadi, aql va donish najot yo`li qolmaganligini, falakning teskariligi va davlat 
ishlari tushgunligini ta`kidlab bunday deydi: 
Vah nechuk aylay gumon o`zni bu holatda hayot, 
Xlk aro pinhonman andoq axtarib topmas mamot, 
O`tda bargi kohdek aqlu xirodag`a yo`q najot, 
elda bargi loladek tamkinu donish besabot, 
Suvda aksi sarvdek ta`siri davlat vojgun. 
Nishotiyning bu misralari XVIII asrning 40-yillaridagi g`oyat og`ir ahvolni 
ko`rsatadi. Biroq shoirning o`sha muhit-sharoitdan norozilik ruhidagi bu fikrlari 
faqat shikoyatligicha qolavergan; g`azab o`tida yongan keng xalq ommasining 
o`tkir noroziligi, qarshiligi mamlakatda jabr-zulm va xarobalikning avj oldirgan 
hukmron doiralarga qarshi kurashni ifodalash darajasiga ko`tarila olmagan. 
Mavjud tarixiy sharoit bilan izohlanadigan fikriy ojizlik natijasida shoir 
xalqni xon va beklarga qarshi kurashga da`vat etish o`rniga: 
Zulm etdi charxi zolim, qildi fuzun malolim, 
Ko`p mushkul o`ldi holim, yorab sen ayla oson- 
deb xudoga yolvardi. Shoir shu fikriy ojizlik natijasida nima qilishini 
bilmay, mayxonada hushdan ketgancha ichib, orom olishni istabdi, «ahli xirad»dan 
ajralmoqchi bo`ladi, «or ila namus»ga nafrat izhor etadi, boshi berk ko`chaga kirib 
qoladi: 
Tuting ey ahli xirad biringiz o`zga maqom, 
Kunji mayxona aro men dog`i aylay orom, 
Qutulib bir yo`la sizdin bo`layin masti mudom. 
Qoching ey or ila nomus, keting ey nang ila nom. 
To bakoy rijtai donish bila payvast bo`lib? 
Qo`ying ahbobki loyaqil o`lay, mast bo`lay. 
Bu-shoirning og`ir fojiasi edi. Nishotiyning turmush voqealariga faol 
qatnashmaganligi, hayotni yaxshilashning haqiqiy yo`llarini anglamaganligi, 
hukmron doiralarni fosh qilishda etarli darajada dadillik ko`rsata olmaganligi
tinchlik va osoyishtalik uchun kurash yo`lini topolmaganligi shunga olib keldiki, 
uning ayrim she`rlarida qayta-qayta sherlatilib, siyqasi chiqib ketgan shakllar, 
tashbehlar, ifodalar takrorlandi va shoir o`z qayg`ularini, g`am-g`ussalarini, 
shayxlar, zohidlar va voqealar qaratilgan fikrlarini ifodalashda ham ko`pincha 
an`anaviy tashbehlar va usullarni qayta-qayta qo`lladi. Chunonchi, shoirning: 
Do`stlar pand bu kim, jom ila may no`sh qiling, 
O`zni bilmasdek ichib, shomu sahar jo`sh qiling, 
Zuhdu taqvo bila toatni faromo`sh qiling, 


56 
Beribon jami labolab meni madhush qiling- 
Kabi misralari bunga misol bo`la oladi. 
Ammo Nishotiy lirikasi an`anaviy obraz va badiiy vositalar doirasida qolib 
ketmaydi. Shoirning bir qator she`rlarida zamonasining sog`lom nidosi, feodal-
klerikal muhitdan nolish barakalla eshitiladi. Shoir o`z davridagi aqlu donish 
aqllarini musibatli hayotidan iztirob chekib: 
Aqlu binish bila to boshdin oyoq zor o`ldilo, 
Sabr zindonida donishg`a giriftor o`ldum, 
Barchadan zor Nishotiy kibi bezor o`ldim... 
kabi alamli misralar bitadi. 
Shoirning ishqiy-intim she`rlarida ham bunday ziddiyatlarni ko`rish 
mumkin. Shuni alohida uqtirish lozimki, shoir qaerda konkret hayotga yaqinlashib, 
ko`z oldida gavdalangan oshiq-ma`shuqlar haqida, jonli odamlar to`g`risida qalam 
tebratsa, o`sha o`rindagi jozibadorligi va haroratligi bilan ajralib turadi. 
Chunonchi, uning: 
Har bir kunim edi oy, har oyim erdi bir yil, 
Ul zulfu yuzni ko`proq xush bo`ldi mohu solim, 
Dedimki: shomi hijron to`y erdi ham qorong`u, 
Dediki: ko`zing oydin topding bu tun visolim- 
kabi baytlari hayotiyligi, haqqoniyatligi bilan maroqlidir. Shoir boshqa bir 
she`rida oshiq va ma`shuqa o`rtasidagi ayriliqning g`am-g`ussasini ifoda etish 
fonida o`zi yashagan davrining g`urbat va alamlarini tasvirlaydi: 
Qayda ul bedilg`a oyo sabru oromu ishkeb, 
Azm etib g`urbatg`a ul qolsa vatan ichra habib. 
Nishotiy yor haqidagi ba`zi she`rlarini real taassurotlar asosida yozmagan, 
shuning uchun bu she`rlarida mavhum manzara va lavhalar, ta`sirsiz, kuchsiz 
mubolag`alar, sun`iy tashbehlar uchraydi. Bunday she`rlar yoki baytlarda qosh 
kamonga, kiprik o`qqa, zulf kajdum (chayon)ga yoki ilonga, qad-qomat sarv 
daraxtiga yoki niholga, og`iz pistaga, xol qora zog`ga, bel qilga o`xshatiladi, oshiq 
va ma`shuqlarning xulq-odatlari, bir-birlariga munosabatlari, oilaviy hayotdagi, 
muhabbatlaridagi samimiyliklari real tarzda aks ettirilmaydi. 
Shoirning ayrim she`r va baytlaridagi bunday nuqsonlarga qarab, uning 
she`rlaridagi iste`dodini kamsitish noto`g`ri bo`lur edi. Chunki Nishotiy hayotiy va 
ijodiy tajribaga ega bo`lgan borgan sari g`oyaviy-badiiy kamolatga etib, bunday 
nuqsonlardan qutulib boradi. 
Nishotiy she`rlarining anchagina qismi Navoiy g`azallariga bog`langan 
muxammaslardan iborat. Shoir Navoiyni «aql-donishda» g`urron kalang» deb 
ta`riflagan va uning g`azallariga 15 dan ortiq muxammas bog`lagan. Bu 
muxammaslarning ba`zilari Navoiy misralariga g`oyaviy-badiiy jihatdan mos 
kelmaydi. 
Lekin, bunday kamchiliklardan qat`iy nazar, Nishotiy lirikasi XVIII asrdagi 
poeziyasining go`zal namunasidir. 

Download 456,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish