«O`zbek adabiyoti tarixi» (XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) fanidan ma`ruzalar matni



Download 456,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana06.02.2022
Hajmi456,09 Kb.
#434200
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
XVII-XIX аср адабиети

 
MAXMURNING HAYoTI VA IJODI. 
Reja: 
1.
 
Shoir hayoti va ijodiy faoliyati 
2.
 
Shoir lirikasi 
3.
 
Shoir hajviyoti va undagi timsollar


45 
Maxmur XVIII asrning oxiri va XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod 
etgan, o`zining satirik asarlari bilan o`zbek adabiyotini rivojlantirishga sezilarli 
hissa qo`shgan shoirlardan biridir. 
Maxmur taxallusi bilan ijod etgan shoirning nomi Mahmud bo`lib, u XVIII 
asrning oxirlarida Qo`qon shahrida o`sha davrning ilg`or ziyolisi oilasida dunyoga 
keldi. Maxmurning otasi Mulla Shermuhammad o`z davrining e`tiborli 
mudarrislaridan va Akmal taxallusi bilan she`rlar yozgan shoirlaridan edi. 
Maxmur butun umrini Qo`qonda mhim o`tkazib, ahyon-ahyondagina 
Farg`ona vodiysi qishloqlarida, Hapalak kabi, shuningdek Xo`jand atrofi 
viloyatlari, Qaroqchiqum, Qurama, Asht va boshqa joylarda sayohatlarda bo`lgan. 
O`zbek adabiyotining etuk shoiri o`z asarlari bilan o`zbek adabiy tilining 
shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatgan. O`zbek adabiyoti xalq demokratik 
yo`nalishning shakllanishi, kuchayishida tanqidiy realizm oqimining vujudga 
kelishida favqulodda hal qiluvchi rol` o`ynagan. 
Maxmur fors-tojik adabiyotida Rudakiy, Ubayd Rakoniy, o`rta asr 
Movaraunnahr arabiyzabon adabiyotida ibn Lahxomlar asos solgan hajviyot 
«Qo`qon adabiy muhiti» bilan bog`liq davrda o`zbek badiiy-ijtimoiy muhitida keng 
rivojlanishiga, unda mustaqil fan (ya`ni san`at majmui`)-2-sifatida gullab-
yashnashicha sabab bo`lgan salaflardan biridir. 
Maxmur hayot qiyinchiliklariga, oilasining og`ir iqtisodiy ahvoliga, 
kambag`alligiga qaramay o`z davri uchun ancha mukammal ma`lumot oldi, 
xususan Qo`qondagi Madrasai Mirni tugalladi, grammatika, hisob, handasa, ilmi 
nujum, tib, mantiq kabi ilmlarni egalladi. Rudakiy, Firdavsiy, Sa`diy, Hofiz, 
Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Saib Tabriziy va boshqalar merosini chuqur o`rgandi. 
Maxmur o`ylangan, uning uch farzandi bo`lgan. Shoir qanchalik o`qimishli 
bo`lmasin, iqtisodiy jihatdan nihoyatda qiynalib yashagan, hatto bolalariga non 
topishga ham qiynalib qolgan. 
Ana shu davrda u Umarxonning lashkariga sipoh (askar) qilib olinadi. Lekin 
sipohlikda ham Maxmurning moddiy ahvoli yaxshilanmaydi. Maxmurning 
kiyishga kiyimi, eyishga ovqati bo`lmaydi: 
Kechalar yotgani na qo`shim bor, 
Kunduzi ichgani na no`shim bor, 
Bir ovuch ne o`yimda g`allam bor, 
Ichki gaz ne boshimda sallam bor, 
Boshima gar desam ki sallam yo`q, 
Salla desam uyimda g`allam yo`q. 
Maxmur xonning sipohi bo`lib xizmat qilsa-da, to`g`ri so`zligi uchun 
shohning marhamatlariga sazovor bo`la olgan emas edi. Saroy ahli Maxmurning 
ustidan kular va turli ayblar taqshicha intilar edi. Maxmurning hayoti o`sha davrda 
«misli soillar» (tilanchilar)ga aylanib qolgan xalq ahvolining yaqqol misoli edi. 
Maxmur og`ir hayot kechirib, bu hayotini yaxshilash yo`llarini axtardi, lekin 
topa olmadi; xon va amirlarga umid bog`ladi, lekin umidi saroy bo`lib chiqdi. 
Maxmur faqat Qo`qon shahrining o`zida emas, balki uning atrofidagi 
qishloqlarda ham keng ommaning yomon ahvolda kun kechirayotganini ko`rdi, 


46 
xarkim oqsoqol, qozi, mufti, a`lam va aminlarning nihoyat darajada zolimligi va 
xiyonatchiligining shohidi bo`ldi. 
Qori Qunduziy Komiyning «Tavorixi manzuma» asarida eslatilishicha, shoir 
Maxmur hijriy 1265 (melodiy 1844) yilda vafot etgan. Chunonchi, bu asarda bu 
to`g`risida shunday ma`lumot berilgan (mazmuni). 
Farg`ona mamlakatining shoirlaridan bo`lib, yaxshi va kabeh so`zlari ham 
o`tkir bo`lgan, xususan hajviyotda tengi bo`lmagan Maxdum Maxmurning 
(Boytuman qishlog`idagi Mullo Sher Akmalning o`g`li) vafoti tarixini: 
Komiy, kimki uning vafoti yilini so`rasa, 
Garchi sebsiz bo`lsada, xayf u Maxmur o`ldi degin». 
Maxmurning hozirga qadar yagona nusxa hisoblangan devoni bo`lib, unda 
shoirning asosan satirik va yumoristik xarakterdagi 69 asari (3417 misra) 
to`plangan. Bu devon Maxmurning butun ijodiy faoliyati davomida yaratgan 
adabiy merosining faqat bir qismini-satirik va yumoristik merosini o`z ichiga 
oladi. Shoirning lirik merosi biror devonga to`plangani hozircha ma`lum emas. 
Ammo ko`pgina (manbalarda), bayozlarda, «Majmui shoiron» va shu kabi qo`l 
yozma manbalarda shoirning lirik merosidan namunalar ham bor. Ularning 
ayrimlari nashr etilgan, xolos. 
Maxmurning bizgacha etib kelgan adabiy merosi turli janrlarda yaratilgan 
bo`lib, unda g`azal, masnaviy, muxammas, musamman, qasida tarixlarni uchratish 
mumkin. 
Maxmur adabiy tur va janrlardan ilg`or fikr va g`oyalarni ifodalash uchun 
foydalanib o`z asarlarida zamonasidagi illatlarni, hukmron tabaqalarning jirkanch 
kirdikorlarini, zolimligi va ahloqiy buzuqligini mahorat bilan fosh etdi. 
Maxmur o`zining hajviy asarlari bilan to`ntarishgacha bo`lgan o`zbek 
adabiyotidagi satirik oqimni rivojlanishida, o`zbek adabiyotidagi demokratik 
tendentsiyaning yanada kuchayishida katta xizmat qildi.Maxmurning satirik 
asarlarida fosh etuvchi yo`nalish, tanqid qiluvchi, daharxanda ostiga oluvchi 
kishi shunday kuchli va baquvvatki, u adolatli turmush va adolatli kishi ideali 
asosida xudo bilan ham munozara qilib, uni mulzam qiladi, xonga ham dadil 
tikilib, adolatli bo`lishni talab etadi, saroy amaldorlariga ham iste`zali boqadi, 
xokim ijtimoiy guruhlarning shofqatsizligini, munofiqlarcha qilmishini ochib 
tashlaydi, ularni masxaralaydi. Ammo hamma o`rinlarda ham shoirning ust-
boshi yupun, och-yalang`och, etim-esirlarga, mehnatkash ommaga bo`lgan iliq 
muhabbati va somimiy sezilib turadi. 
Chunonchi Maxmurning «Munojat ba dargohi qoziyul hojot» asari 
muxammasi mulammaoot janridagi asar bo`lib, unda muallif umumiy tarzda 
«charxi kajravishning dastidan» shikoyat qiladi, uning barcha qilmishi yomon, 
jabru zulmi esa «haddu g`oyatdan burun» ekanini o`zbekcha va tojikcha 
bandalarda zo`r achinish va g`azab bilan ifoda etadi: 
Qaysi bir zulmning etay ta`dod, ey garduni dun, 
Kim sening bedodu javring haddu g`oyatdin burun, 
Beunar johilga berding beadad dunyoi dux, 
Jam`i donolarni qilding holini zoru zabun, 


47 
Zog`ni a`lo qilib, to`tini nodon aylading. 
Shundan so`ng o`sha garduni dunning «ahli dil bag`rini hasrat o`tida... 
kabob» etganini, «sinalar ma`murasini seldek... xarob» qilg`anini, so`zida bir 
rostlik yo`qligini, izzat-hurmatli kishilarni nihoyat xor-zor etganini, olijanob 
kishilarni «chahm zindon ichra band»ga giriftor etganini birin-ketin fosh qilib 
tashlaydi. Buning natijasida ko`z-o`ngimizda XIX asrning birinchi yarmida 
mashaqqatli va uqubatli hayotning mudhish manzaralari nomoyon bo`ladi. 
Maxmurning mashhur she`rlaridan biri «Hapalak» (aniqrog`i «Dar sifati qishloqi 
hapalak ki bi Maxdum Maxmur taalluq yofta») nomli g`azalidir. Bu g`azal 
nihoyatda o`tkir, real yozilganligi uchun Maxmur ijodiyotida alohida o`rin tutadi. 
Bu asarda shoir o`z zamonasidagi qishloqlarning xarobligi va undagi aholining xon 
va beklar ostida ezilib yotganini aks ettirib, xalq manfaatini ximoya qiluvchi kishi 
sifatida bu holga bir tomondan g`oyat achinadi, ikkinchi tomondan esa, og`ir 
ahvolni engillashtirishi maqsadida xondan iltifot, adolat qilishini talab etadi. Shoir 
o`z maqsadini amalga oshirishda-qishloq va uning aholisi ahvolini chizishda 
shunday ustalik ko`rsatadiki, buning natijasida she`rni o`qigan har bir kishi 
Hapalak deb atalgan qishloq «Bir kapa, ikki kapa, uch olachuq, to`rt katalak»dan 
iboratligini, ular ham: 
Dema uy, balki zaminkandur, agar kirsa kishi, 
Har tarif betiga urgaylar aning ko`rshapalak 
Tarzida ekanini, ya`ni qop-qorong`u erto`ladan boshqa narsa emasligini zo`r 
achinish bilan anglab oladi. Bu tasvirdan ma`lumki, qochonlardir, ko`pgina 
xonodonlardan iborat bo`lgan Hapalak qishlog`i XIX asrning birinchi yarmiga 
kelib, amaldorlarning zolimligi, hokimlarning lak-lak soliqlari tufayli xarobazorga, 
chordevorga aylanib qolib, aholisi esa: 
Xalqini ko`rsang agar o`lasi-yu qoqu xarob, 
Ochligidan egilib qomati misli kamalak-bo`lib qolgan. 
Shunday qilib, Maxmur Hapalak qishlog`ining g`oyat manzarasini, undagi 
aholining nihoyatda qashshoqlik bilan azob chekib yashashini, suvsizlikdan 
qiynalishini tasvirlaydi. 
Shoirning «Ta`rifi viloyati Qurama va az devoni Kandir guzashtan» nomli 
muxammasi ham mavjud. Bu asar o`ziga xos xarakteri bilan sayohatnoma janri 
xususiyatiga egadir. Chunki unda avtor sayohatnoma janri xususiyatiga egadir. 
Chunki unda avtor o`zining Qirovchini-Cho`li Qiyomatni bosib o`tganini, Kandir 
dovonidan oshgani va nihoyat Qurama viloyatiga safar qilganini hamda shu 
sayohatdan olgan taasurotlarini yozadi. 
Shoirning hokim tabaqa vakillarini «Dar sifati Niyozcha og`aliq», «Dar hajvi 
Mahmud Qurama», «Dar madhi domullo G`oib Munishi Kuyuk», «Avsofa Qozi 
Muhammad Zuhur zargar», «Takabbur», «Avsofi Karimqul» mehtar», «Hajvi chor 
dar chor dar sifati Navruz mehtar komkor», «Dar madhi Muhammad Sharif 
otaliq», «Dar sifati amir Olimxon, atrixi o`», «Dar hajvi Malono Fazliy, saraladi 
she`r musammo ba Abdulkarim Namanganiy» kabi turli janrlarda yozgan satirik 
asarlarida ham ayovsiz fosh qiladi. 


48 
Bu asarlarda turli lavozimlarni egallab olgan amaldorlar-xon, mehtar, malik-
ushshuaro, otaliq va munishlar o`zlariga xos tasviriy vositalar, shtrix va detallar 
bilan fosh etiladi. 
Maxmurning satira sohzasidagi yana bir xizmati uning o`sha zamon 
adabiyotida she`rlar tsiklini yaratganligidir. 
Bu tsikl ham g`oyaviy, ham kompozitsion jihatdan bir butunni tashkil etadi. 
Maxmurning satirik tsikldagi she`rlariga uning: 
«Avsofi qozi Muxammad Rajabi avj», «G`azali Qozi Muhammad Rojabi 
Avj dar barai xud», Avsofi Hoji Niyoz», «G`azali Hoji Niyoz», Afsofi louboli 
o`ratepagi», «G`azali luobol dar borai xud», «Dar sifati hakim Turobiy hazor 
xoshti» «Dar sifati hakim Turobiy hozor xalta», «Dar sifati mullo Ya`qub 
Xo`jandiy», «G`azal guftani Xujandiy» (G`azali mullo Ya`qub), «Dar sifati qozli 
Xo`ja Sagbon», «G`azali qozim xo`ja sagbon» nomli she`rlari kiradi. Maxmurning 
satirik asarlari devoni bizgacha etib kelgan bo`lsa ham, ammo uning lirik she`rlar 
devoni hozirgacha nama`lumdir. Lekin turli bayozlarda shoirning lirik she`rlari 
ham uchrab turadiki, bu hol Maxmurning satira sohasidagina emas, balki lirik 
she`rlar yozishida mohir ijodkor ekanidan dalolat beradi. Albatta, Maxmurning 
«Majmuai shoiron»da keltirilgan g`azallari shoir lirik merosining hammasi emas. 
Uning tojik tilida yozgan g`azallari, Hafiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Soib 
Tabriziy kabi mohir so`z san`atkorlari g`azallariga bog`lagan muxammaslari 
diqqatiga sazovor asarlaridir. 
Abdurahmon Jomiy g`azaliga bog`langan muxammasning matlai: 
Ey sarvi sumanbari sihizod, 
Shud ey qaddi tu, chi naxli shamshod, 
Gardida ba bog`i husni bedod, 
Kurboni sari tu sarvi ozod, 
Majmuki ruxat hazor Farhod. 
Mahmur ijodi o`zining badiiy qimmati bilan ham diqqatga sazovordir. 
Boshdanoq shuni uqtirish kerakki, u mazmunga muvofiq adabiy janrlarni 
tanlashga, tasvirlanadigan ob`ektni ham tamonlama ochishga xizmat qiluvchi 
janrlarda, xususan masnaviy va muxammasda ko`proq ijod qilishga harakat qildi. 
Shu bilan birga, u asarlarning g`oyaviy va mantiqiy izchilligini, bir butunligini 
ta`minlashga alohida e`tibor berdi va, hatto o`z asarlarida klassik adabiyotda 
bo`lgan badiiy tasvir vositalarining mazmunini ochib berishga, tasvirlanayotgan 
ob`ektga muvofiq va mos kelishiga diqqat qilib, o`z davri adabiyotiga ko`ra, katta 
yutuqli qo`lga kiritdi. Shuning uchun ham bir satirik she`rning hajviy qahramoni 
o`ziga xos portret va xususiyat bilan o`quvchi ko`z o`pkida gavdalanadi. Salbiy 
obrazlar portretini chizishida, Maxmur o`zining ajoyib san`atkor ekanligini 
namoyish etadi. Shoir obrazlarni tashqi qiyofani badiiy tarzda gavdalantirishda 
shunday detallarni topadiki, buning natijasida salbiy ob`ektning tashqi 
ko`rinishigina emas, balki uning ma`naviy dunyosi ham oydinlashadi. Chunonchi, 
goh zohid va obid, goh olimi dono, goh shayxi zufukun, goh shoir, goh qozi olimi 
dono, goh shayxi zufukun, goh shoir, goh qozi qiyofasida yuruvchi firibgor 
Muhammad Rajabning basharasi shunday tasvirlanadi: 
Chiqib ar-ari qaddi chandon uzuk, 


49 
Bo`lur saqfi gardung`a qilsang sutun... 
Teribdurkim ofoqdik pattani, 
Yig`ib ko`chadik lakburush lattani. 
Bunda shoir sifatlash va metaforalarni ishlatib, satirik obrazning karikatura 
shaklidagi portretini chizgan. 
Shuni aytish kerakki, shoir ikki tilda-o`zbek va tojik tilida mulommaot 
uslubida she`rlar yaratib, birinchidan, o`zbek va tojik xalqlariga tushunadigan 
sodda varavon she`rlar ijod etdi, ikkinchidan, bu ikki qardosh xalq o`rtasidagi 
madaniy-adabiy aloqalar tajribasini yanada boyitdi. 
Albatta, XIX asrda birinchi yarmida ijod etgan Maxmurning dunyoqarashi 
qarma-qarshilik va kamchiliklardan holi emas jdi. Bunday hol esa, xususan, 
ijtimoiy hayot masalalarini tushunishi va tushuntirilishi ko`zga yaqqol tashlanib 
turadi. 
Shunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida Qo`qon xonligida yashab ijod 
etgan, progressiv o`zbek adabiyotining vakillaridan biri bo`lgan Maxmur o`zining 
merosi, xususan, satirik asarlari bilan o`zbek adabiyotining xazinasini boyitdi, 
o`zbek satirasi an`analarini davom ettirib, o`zbek satirasining taraqqiyotiga zamin 
hozirladi. 

Download 456,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish