36
Jahon otin Uvaysiy 18-asrning oxiri va 19-asrning
birinchi yarmida yashab
ijod etgan iste`dodli shoiradir. Shoiraning chevarasi bo`lgan Xoljon otinning
aytishicha, Jahon otin Xojixon degan kishiga turmushga chiqib, Muhammad ismli
o`g`il va quyoshxon ismli qiz ko`rgan.
Jahon otinning o`g`li Majnun, qizi esa Xokiy taxallusi bilan she`rlar
yozganlar. Ammo ular o`z davrlarida murakkab hayot yo`lini bosib o`tganlar,
turmush qiyinchiliklarini boshdan kechirganlar.
Jahon otin she`riyatini ko`ngillarga oshno etgan xususiyatlardan biri shuki, u
“meo`nat, alam, g`am-g`ussalarga giriftor”larning
kuychisi sifatida maydonga
chiqqan.
Meo`natu alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
qayda dard eli bo`lsa, oshno Uvaysiyman...
Kechalar fig`onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz tosamo uzra mojaro Uvaysiyman
singari o`tli nolalari xanuzgacha ko`ngillarni hayajonga solishi bejiz emas.
Shoira tuxmatchi va g`arazgo`y raqiblardan ozor chekib, nola qildi.
Samimiy ishq va pokizalikka asoslangan oilaviy hayt yo`liga to`g`anoq
bo`luvchilarga nafratini bayon etdi. Riyokor shayx va zoxidlarni hajv ostiga oldi.
Bularning barchasi shoira lirikasining etakchi pafosini tashkil etdi.
Shoira mao`oratining yana bir belgisi u jonli xalq tiliga yaqin ijod qildi.
Maqollar, xikmatli so`zlar, topishmoqlarni o`z she`riyatiga olib kirdi.
Buki derlar bordurur devor keynida quloq,
Ul makon davrida ko`z etguncha devor o`lmag`ay.
So`z o`yinlari, muammo janri ham shoira ijodida yangicha ko`rinishlarga
ega bo`ldi. Masalan, quyidagi baytdan “Jahon” so`zi kelib chiqadi.
Jimu, xoyu, alifkim, men kimu dardim yuki birla
Dilida nuqtasi bag`rimda dog`im loyixi xun men.
Uvaysiy devonida 209 g`azal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba` va
“ Dostoni Hasan va O`usayn”, “Voqeoti Muhammad Alixon” nomli asarlar o`rin
olgan.
Shoira Uvaysiy “Shaxzoda Hasan”, “Shaxzoda O`usayn” manzumalarida
sharq adabiyotida masho`ur bo`lgan syujetlarga murojat qiladi.
Har ikki doston
birgalikda “Karbolonoma”, “Kitobiy Uvaysiy” nomlari bilan yuritilgan. Bu
dostonlarda Muhammad Alayo`issalomning qizi Fotimaning o`g`illari Hasan va
O`usayn voqealari bayon etiladi.
Muo`imi
shundaki, Uvaysiy ana shu voqealar zamirida o`z zamonasining
ijtimoiy voqealariga
ishoralarni joylaydi, o`z zamondoshlariga ibrat bo`ladigan
fikr-mulohazalarni bayon etadi.
Shoiraning mazkur dostonlari o`sha davr dostonchiligi nuqtai nazaridan
muo`im siljish bo`lsa-da, lekin ular shoira “Devo”idagi lirik she`rlarga
nisbatan
badiiy jihatdan ancha bo`shdir.
“Voqeoti Muhammad Alixon” asari Muhammad Alining tug`ilishi, uning
taxtga o`tirigsh, qashqarga xarbiy yurish qilishi voqealari tasviriga bag`ishlangan.
Asar asosan, masnaviy shaklida yozilib, o`rni-o`rni bilan g`azallar ham o`rin olgan.
37
Bu manzuma tugallanmay qolgan. Dostonda rivoyat va afsonalarga keng o`rin
berilsa-da,
ayrim voqealar, shaxslar tasvir va talqinida realistik tamoyillar ham
sezilib turadi. Ayniqsa, bu asar Nodira haqidagi ma`lumotlari bilan qimmatlidir.
Shoira uslubi va she`riyattining o`ziga
xos jihati shundaki, uning ijodida
ayollik latofati va nazokati barq urib turadi. Samimiy tuyg`ularini
nafis ifodalay
oladi. quyidagi namunada shoiraning o`zi ham buni e`tiroq etadi:
Dilrabo, yuzung uzra kokulung parishon qil,
O`usnunga niqob o`lsun, maqsadimni pinxon qil.
Uvaysiy ijodida munis va mushfiq ona obrazi ham yaqqol ko`zga tashlanib
turadi. O`g`li Muhammadning firoqida
Bukun, ey do`stlar, farzandi jonimni sog`indim,
Gado bo`lsam na ayb, ul shoo`i davronimni sog`indim.
Deya o`tli satrlar bitsa, bevaqt xazon bo`lgan qizi quyoshxon g`amida
Seningdek shaxga mendek bir g`aribi bevatan yig`lar,
Sabab uldur ko`rib ao`volimni baytulxazan yig`lar
deya fig`on chekadi.
Uvaysiy o`ziga xos ijodiy maktab yarata olgan mumtoz san`atkordir.
Nazorat savollari
1.
Shoira haqida ma`lumot bering.
2.
qanday asarlar yaratgan?
3.
She`riyatidagi etakchi lirik obrazlarni sanang.
4.
Shoira ijodining o`ziga xosligi nimada?
5.
Uvaysiy qanday masnaviy –dostonlarni yaratgan?
6.
“Voqeoti Muhammad Alixonning qanday g`oyalar olg`a
surilgan?
7.
”Dostoni shao`zoda Hasan”da qanday g`oyalar qanday
olg`a surilgan?
8.
Epik tasvir usuli deganda nimani tushunasiz?
9.
Shoira ijodi kimlar tomonidan o`rganilgan?
10.
Uvaysiy adabiy merosining ahamiyatini asoslang.
Do'stlaringiz bilan baham: