Ohkim jonimg‘a yettim yori nodon ilgidin,
Dodu faryod ul jafochi ofati jon ilgidin.
Ammo forsiysidan bu matia’i yomon voqye bo‘imaydi(rkim:
Subhyeki, darn ba mehr nazad yak nafas tun,
Naxleki, bor naxo‘rad az u hech kas tui.
(Bir nafas bo‘Isa ham quyoshga dam urmagan tong sensan, mcvasi- dan hech kim yeya olmaydigan daraxt sensan).
Oxir damida beadabona so‘zlaridan tavba qilib, ahli saloh tar- yiqi bila kechti. Umedkim, ma’fu bo‘lmish bo‘!g"ay. Qabri Darayi Dubarodarondadur”(Aavozy. MAT. 13-jild, 62-b.).
Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn”da Temur Ko‘ragon zamonidan Shohruh Sulton zamonigacha turkiy tilda ijod qiigan shoiriar yetishib chiqqani haqida to‘xtalar ekan, bir qancha shoiriar qatorida Yaqiniyni ham eslaydi: “Va ul Hazratning avlod va ahfodidin ham xush tab’ salo- tine zuhurg‘a keldi: shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoiy va Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiydeklar” (Navoiy. MAT. 16- jild, 36-b.).
Navoiyning mazkur ma’lumotlari Yaqiniyning saroyga yaqinligi to‘g‘risida xabar bermaydi. Ingliz sharqshunos olimi Charlz Ryo “O‘q va Yoy” munozarasining muallifi ikkinchi Yaqiniy (ya’ni Navoiy yu- qorida ta’riflagan Yaqiniy)dir, degan fikrni ilgari suradi. E. Rustamov esa, munozara harbiy hayotdan va saroy muhitidan olinganini nazarda tutib, birinchidan, “O‘q va Yoy” munozarasining muallifi birinchi Yaqiniy, ikkinchidan, “Muhokamat u!-lug‘atayn”da Navoiy aytgan Yaqini> ham shu shaxsdir, degan to‘xtamga keladi141. Lekin daliilarva kuzatuvlar birinchi Yaqiniyning haqiqatan XV asming birinchi yarmida yashagani- ni ko‘rsata olmaydi. Kuzatuvlarimizga ko‘ra, shartli ravishda “ikkinchi Yaqiniy” deb atalgan shoir “Majolis un-nafois”da uchramaydi. Shu bois Navoiy “Majolis un-nafois”da va “Muhokamat ui-lug‘atayn”da ta’rif bergan shoir Yaqiniy mazkur “Oiq va Yoy” munozarasining muallifidir, deb ayta olamiz. Qolaversa, Navoiy “Majolis un-nafois”da Yaqiniyga ta’rif berib, “tund mashrabliq” (o‘jar fe’l-atvorli) deydi. “0‘q va Yoy” munozarasida O‘q timsolida va bu asaming xulosasida Yaqiniyning o‘jar fe’l-atvori aniq ifodalanib turadi: “O‘qnung og‘zi to‘la qon bo‘lub, torundek tuban qaro yerg‘a kirdi va bu munozaradin maqsad ulkim, bu davmung kaj tablarining* qoshinda har kim Yo(y)dek egri bo‘Isa. Yon- laridin qoshinda har kim Yo(y)dek egri bo‘lsa, yonlaridin yiroq bo‘lmas va har kim O‘qtek rost bo‘lub, tuz yurusa, Yaqiniytek yiroq tushar...” Mana shu pareha ham “Majolis un-nafois”da ta’riflangan Yaqiniy “O‘q va Yoy” munozarasining muallifi ekanini yana bir bir tasdiqlaydi.
Yaqiniyning munozarasi o‘zbek adabiyotida, Amiriy va Ahmadiy- ning munozarasi kabi, ifodaning soddaligi, tilining ta’sirehanligi bilan alohida ajralib turadi. Yaqiniyning munozarasi o‘zbek adabiyotida ilk bor O‘q va Yoy ramziy obrazini ifoda etgan asar sifatida shuhrat topdi.
“O‘q va Yoy” munozarasining tuzilishi. Munozaraga bosh- qa asarlarning ta’siri. Navoiy bergan ma’lumotlardan Yaqiniyning e’tiborga moiik she’rlari ham borligi ma’lum bo‘Iadi. Chamasi, “O‘q va Yoy” munozarasida keltirilgan o'zbekcha va forscha baytlaming Yaqiniyga aloqadorligi bor. Muallifi ma’lum baytlar munozara matnida mav- jud. Muallifi keltirilmagan baytlar esa Yaqiniyga tegishli bo‘lishi mum- kin.
“O‘q va Yoy” munozarasining ibtidosiga e’tibor beraylik. Bu usul Ibn Sinoning “Hayy bin Yaqzon” qissasi ibtidosini eslatadi. Mana, “O‘q va Yoy” munozarasining ibtidosi:
“Bir kuni bir necha sohib tariyq* ahli qabza*, otimchi* bahodir yigit- lar yo(y)dek majlis asbobin qurub va o‘qtek mahfilin* tuzib, bir go‘shada gashtga chiqib erdilar. Nogoh Turkiston tarafindin bir egni bukilgan qari birlan bir sarv bo‘yluq yigit yetishtilar. Qarig‘a izzat yo‘lindin o‘ng qo‘l sori, yigitga so‘l qo‘l sori yurt berdilar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |