Munozaraning boshlanishi quyidagicha:
Nogoh xo'blar cherkasidin ot chiqorg‘on bir yaxshi otliq yigit javlon qilib, ilkina o‘q olib, cgniga yo(y) solib, qabaq* otqoli maydon boshig‘a azm qildi. Nazm:
Bo‘z otliq yigitki, jahonning safosidur,
Oshiq kishining otlig‘u chovulig’* balosidur.
(*qabaq — yoy bilan nishonga olib mashq qilish uchun uzun xoda- ning uchiga o‘matilgan nishona qovog‘i; * chov — ovoza.)
Bu tasvir xuddi ertak va doston qahramonlarining jangga yoki sa- farga otlanishini eslatadi. Qolaversa, munozara boshlanmasidan ma’lum. bo‘ladiki, Y aqiniy ot tasviriga alohida e’tibor qaratib, bo‘z ot bilan “safo”, ya’ni poklik o‘rtasidagi aloqadorlikni ko‘riatmoqchi bo‘ladi. Bo‘z ot va poklik yigit kishming ichki va tashqi olami mutanosibligiga ishora qila- di. Voqealaming davomi xalq og‘zaki ijodiga xos mubolag‘ali tasvirdan iborat bo‘lib, aql bovar qilmas hodisa yuz berganiga ishora qiladi. Bu aql bovar qilmas hodisa - quyoshning kuz oylarida zohir bo'lgani va yulduz- lar, falakning o‘qi singari, osmonu falakka yetib borgani - g‘ayritabiiy hodisadir. Yaqiniy hamma voqealarni va detallami albatta biron maqsad bilan qo‘llaydi va o‘z maqsadiga bo‘sundiradi:
Banda shafaqtek qon yig‘lab dedikim: “Oyo! Bu ne xurshedurki, qavs burjunda* tulu* qilibtur va уо ne kavkabturkim, charxning o‘qidek poyasi ko‘kka yetibtur”. Otining yurushiga boqtim ersa, dedikim: “Agar bu ot mungintek haddin osha cholig* bodmasa, yer-ko‘kta muning ham- tosi yo‘q erdi”. Bu so‘zni jilavdore eshitib, chilburilik paydo qildi. Ayt- timki: “Bu maydonda bore sanga ne quyushqong‘a g‘azab qilib, chovus- hi* chaynarsen!“ Oxir so‘zumga javob top olmay dami tutuldi.
(* qavs-yoy; qavs burji - to ‘qqizinchi oy - noyabr oyiga to g ‘ri keladi; * tulu’ — chiqish, ко rinish; *cholig‘ yugurik; o'tkir; * cho- vush — eshik og ‘asi; elchi)
O‘q va Yoy o'rtasidagi munozaradan avval muallif va yigit o‘rtasida bahs kechadi, bahs natijasida yigit mag‘lub bo‘ladi. Ana shu voqeadan keyin Yaqiniyning xayoliga turkiy tilda munozara yo‘qligi, forsiydan foydalanib, turkiy tilda bu janrda bir asar yaratish istagi paydo bo‘lganini izhor qiladi. Shu bilan muqaddima qismi yakuniga yetadi.
Alqissa bu xayolda mutafakkir va bu ahvolda mutahayyir erdim, chun ul yigitning yosining so‘zi tilimda va o‘qining xayoli boshimda ekan, ko'nglurnda keehtikim: “Bu kunga degur hech kimarsa turki(y) tilning javharin va forsi(y) alfozining gavharin tarkib qilib, o‘q (va) yoyning orasinda munozara tartib qilmaydurkim, bu vajhdin olamda an- din nishona qolgay deb”. Chun ushbu so‘z marg‘ub va bu bois mahbub ko‘rundi, bu munozara tasnifina shuru’* qildim va umid ulkim, xush tab’lar tobug‘ida* maqbul matbu’* bo‘lg‘ay...
Do'stlaringiz bilan baham: |