(*shuru ’ — kirishis; * tabug' - huzur-halovat; * matbu ’ — ta ’bga muvofiq, loyiq keladigan)
“O‘q va Yoy” munozarasining mazmuni va maqsadi. Munoza- raning asosiy voqealari, yuqorida aytganimizday, sarguzasht mazmuni- dagi voqealar bayoni bilan boshlanadi. Yigit - 0‘q timsoli, qariya - Yoy timsoli ekani voqealar bayonida ma’lum bo‘ladi. Obrazlaming maqsadi esa, yuqorida aytganimizday, egrilik va to‘g‘rilikning ramzi bo‘Jib, kat- ta ijtjmoiy ma’no ifoda etadi. Voqea davomida ulaming o‘rni almashib qoladi - qariya chiqib ketib, o‘ziga berilgan borong‘ordan chapga (ya’ni javong‘orga) tushib qolgani hamda yigit aksincha - javong‘ordan ba- rong‘orga tushib qolgani hikoya qilinadi. Ikkalasining o‘rtasidagi bahs jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ladiki, qariya - maqtanchoq, kuchi yet- maydigan va qo‘lidan kelmaydigan ishlami qilishga chiranadi. O‘zini oqlab, qudratini ko‘rsatish uchun, hatto yigitlar ham mening ipimni torta olmay, ko‘pchilik oldida xijolat bo‘ladilar, deb maqtanadi.
Munozaraning ibtidosi
Bir kun bir necha sohib tariyq*, ahli qabza*, otimchi* bahodir yigitlar yodek majlis asbobin qurub va o‘qtek maxfilin tutub, bir go‘shada gashtga chiqib erdilar. Nogoh Turkiston tarafindir, bir egni to‘kilgan qari birlan bir sara bo‘ylig‘ yigit yetishtilar. Qarig‘a izzat yo‘lindin o‘ng qo‘l sori, yigitga so‘1 qo‘l sori yura berdilar.
(*tariyq — yo 7, iz; usul. qoida; so'fiylikda: ma’lumm maslakka ega kishi; *qabza — changal; bir tutam; bu о ‘rinda: oddiy, *faqir; otimchi- mergan)
Yigit tuz yo‘lidin kelib, sadoq birla borong‘org‘a chiqti va qari chap tushub, so‘l qoMdin javong‘org‘a tushti va qari nomusin sog‘inib, taar- ruz* bila yigittin savol qildikim: “Sen ne jihat(t)in qarini izzat tutmay, o‘ng qo‘lg‘a chiqting?”
Yigit javob berdikim: “Men Chingizxon chog‘ida sadoqqa cherka tuzub, yog‘iyg‘a tcgishkali ilgari yurugan uchun sevurg‘ab borong‘org‘a chiqordi va qari paskashlik qilib, keyin tortilg‘on uchun ani yozg‘urub javong‘org‘a yubordi va Yo(y)ning qarig‘an chog‘inda bir so‘zlar qu- log‘iga yetgach, og‘zi yelimtek yilmoshib, o‘ziga singura olmay aytti- kim: “Sen meni qari ko‘rub, kuchsuz sog'inib, yigitlikingg‘a mag‘rur bo‘lib, yuz ko‘rmay, munungtek yuzsiz so‘z aytting va o‘zung bilmas- musenkim, bu davrda hcch kimarsa mening g‘ashimni* torta olmas va agar gijakim qotsa yigitlarni marakada bo‘ynin yumshatib infiol* bemr- man. Yana taxammul* bobinda aningtekturmenkim, yoychilar qamlar* singirimni* tortadilar - ichimda asrab kishiga dardi dil qilmadim”.
Do'stlaringiz bilan baham: |