Mahmud Torobiy haqidagi hikoyat. yettinchi- oxirgi bobda Chig‘atoy ulusining Chingizxon zamonidan (1227-yil) Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi (1370-yil) gacha bo‘lgan voqealar hikoya qilinadi. Bu bobda ham diqqatga sazovor voqealar ko‘p. Shunday voqeala- lardan biri Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq qo‘zg‘olonidir. Mirzo Ulug‘bek bu voqeaning boshidanoq Mahmud Torobiyning kimligini va asl qiyofasini chizib beradi:
“Soxta sher ko'k so‘fi kiyib yurardi, ikkiyuzlamachiligu ayyorlik- ning asoslarini irg‘itdi.
Firib bilan tutun tarqatdi olchoq, ulaming salomi salovotu ro‘zadan iborat”.
Torobiyning el orasida obro‘ orttirish usulini Mirzo Ulug‘bek hiko- ya qiladiyu Mahmud, birinchi navbatda, erkaklami atrofiga yig‘ib, “Me- ning amrimdan chiqmaysizlar”, deb buyurdi. Torobiyning tabobatdan xabardorigi sabab ayrim xasta odamlar unga kelib, “tasodif bo‘lib, bir- ikki kasalga Tangri taolo shifo ham berdi”. Shu bois omnia unga ixlos qo‘ydi va uning atrofiga yig‘ildi. Hikoyada Mahmud Torobiyning xalqni qanday qilib o‘ziga og‘dirib olish usullari, avomni notavonligidan foy- dalanib, o‘zini sohibkaromat qilib ko‘rsatish usullarini bayon qiladi. Bu- xoro shahri tashqarisida mo‘g‘ullar va Mahmud Torobiy o'rtasida bo‘lib o‘tgan jangda mo‘g‘ul askarlaridan birining kamondan otgan o‘qi Mahmud Torobiyga tegdi va u jon berdi. Ammo uning o‘limidan hech kim voqif bo‘lmadi, shu paytda qattiq chang-to‘zon ko‘tarilib, odamlar bir- birlarini ko‘ra olmay qoldilar. Mo‘g‘ul lashkari bu tabiiy hodisani ham Torobiyning karomatiga yo‘ydilar va jang qilishdan to‘xtadilar. Shayx Torobiyning odamlari talon-tarojga bcrildilar, Talon-tarojni bas qilgan- larida, shayxning yo‘qligi ma’lum bo‘lib qoldi va “shayximiz g‘oyib bo‘libdi” deb uning ukasi Muhammad Alini shayx qilib ko‘tardilar. Mo‘g‘ul lashkari bilan Muhammad Ali tomonida turib jang qilgan Buxo- ro xalqi o‘rtasidagi jangda har ikki tomondan yigirma ming odam o‘ldi. Mo‘g‘ul lashkarining qo‘li baland keldi va Qorachor no‘yonning amri bilan Buxoroni g‘orat qilishdan lashkar o‘zini tiydi.
Mahmud Torobiy bilan bog‘liq voqealami Mirzo Ulug‘bek kelti- rishidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, tarixda bu shaxs boshchiligidagi xalq qo‘zg‘oloni zolimlarga qarshi kurash yo‘lidagi kurash emas, balki u avom xalqni aldov bilan o‘ziga og‘dirib olgani va aldovga laqqa tushgan xalq uni Buxoro amiri qilib ko‘targanini hikoya qilgan. Mahmud Torobiy o'zini avomga qanday qilib sohibi karomat qilib ko'rsatgani quyida- gi parchada yanada aniqroq ayon bo‘ladi: “...Keyingi juma kuni Shayx Mahmud Torobiy nomiga xutba o‘qitdi!ar. Imomlar va Buxoro ako- birlarining barchasi shunda hozir qilindi. Ulaming ba’zilarini o‘ldirdi, ba’zilarini sazoyi qildi. Rind va avboshlaming barchasini katta ehtirom bilan qabul qildi. Ularga dedi: “Sizlar uchun g‘oyibdan qurol-yarog‘ to- pishga muyassar bo‘ldim!” 0‘sha kunlarda Sheroz tomondan bir kar- von kelgan va to‘rt xarvor shamshir olib kelgan edi. Bu ham odamlar sonining ko‘payishi va e’tiqodiga sabab bo‘ldi”. Xalq. bundan tashqa- ri, boylaming uyiga kirib, molini talon-taroj qildilar, Mahmud Torobiy o‘ljalami avboshlarga taqsimlab berdi.
Mirzo Ulug‘bek Mahmud Torobiyning ichki dunyosi bilan tashqi harakatlari bir-biriga nihoyatda mos ekanini ko‘rsatib bergan. Uning nut- qi orqali soxtaligini, riyokorligini ochgan. Mahmud Torobiy voqeasini Mirzo Ulug‘bek alohida hikoya tarzida o‘z asariga olib kirgan.
Shuningdek, mazkur bobda Chig‘atoy ulusi bilan Elxoniylar davlati o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, Chig‘atoy ulusining ijtimoiy-siyosiy hayotida barlos amirlarining roli, Balx va Andijonning qaytadan tikla- mshi, ma’muriy va ma’naviy islohotlar singari voqealar ham o‘rin olgan.
Har bir bobda biron xon yoki muayyan tarix hikoya qilinar ekan, albatta, Mirzo Ulug'bek oddiy bayonchilikdan qochadi, kitobxonni jalb qilish maqsadida, avvalo, asar uslubiga badiiy jilo beradi; ikkinchidan, ma’lum tarixiy voqealar yoki qahramonlarga ta’rif berish maqsadida she’riy parchalar keltiradi. Umuman, Mirzo Ulug‘bek bu asarini yaratish bilan ijodkorlik mahoratini namoyon qilgan. O‘tmishdagi tarixiy asarlar ayni paytda badiiy asarlar kabi kitobxonning estetik ehtiyojini qondirish uchun ham xizmat qilganini Mirzo Ulug‘bekning mana shu asari misoli- da yanada aniqroq ko‘rish mumkin.
Mirzo Ulug'bek o‘z asarida “doston” terminini qo‘llaydi. Bu bejiz emas. Jumladan, “O‘tror muhosarasi dostonining tugashi”, “Jand voqca- si dostonining oxiri”, “Jo‘jixon, Chig‘atoyxon va O‘ktoyxon dostonining oxiri” va h. tarixiy voqealaming bayoni, ayniqsa, O‘tror shahzodalari- ning fojiali oTimi, aholining ayanchli hayoti tasviri, O‘tror hukmdori G‘oyirxon bilan shahar ahlining qal’aga kirib, bir oy davomida o‘limga tik boqib, mo‘g‘ul lashkarlari bilan ayovsiz jang qilgani shu darajada mahorat bilan tasviri anganki, chinakam doston kabi o'qiladi. Mirzo Ulug‘bek “doston” terminini adabiy termin sifatida emas, balki “voqea”, “bayon” ma’nosida qo‘llagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |