Shayx Ahmad janrlar haqida.
Shayx Ahmad qasida haqida.
Shayx Ahmad g‘azal haqida.
Shayx Ahmad qit’a haqida.
Shayx Ahmad ruboiy haqida.
Shayx Ahmad qofiya haqida.
Shayx Ahmad badiiy san’atlar haqida.
Shayx Ahmad vaznlar haqida.
Tayanch so‘z va iboralar: “Fununu-l-balog‘a’’, balog‘at ilmi, qo ‘lyozma, poetika, adabiy hayot ehtiyoji, she ’riyatning asosiy janrlari.
Shayx Ahmad Taroziy va uning “Fununu-l-balog‘a” asari haqida ma’lumot. Temuriylar sulolasi adabiyot bilan bir qatorda, ilm-fanga ham e’tibor qaratganlariga ko‘p misollar bor. Jumladan, Shayx Ahmad Taroziyning “Funurnu-i-balog‘a” (“Balog‘at ilmlari”) deb nomlangan asari buning bitta namunasidir. Asar 1436-1437-yilda yozilgan. Asar muallifi Shayx Ahmad Mirzo Ulug'bek davrida yashagan yirik adabi- yotshunos olim va shoirdir. Bizga “Fununu-l-balog‘a”ning 1581-yili Bu- xoroda Mir Kulunki al-Hoji degan kotib tomonidan ko‘chirilgan nusxasi yetib kelgan. Bu nusxaning oxirgi qismlari yo‘q.
Asaming qo‘lyozmasi Angliyada saqlanadi. Shayx Ahmad mash- hur o‘zbek va forsiyzabon shoirlar bilan bir qatorda, o‘ziga zamondosh shoirlaming she’rlarini ham tahlil ob’ekti qilib oladi. Buning natijasida nomlari hozirgacha noma’lum bo‘lib kelgan shoirlar adabiyot tarixidan o‘rin olishlari uchun zamin paydo bo‘ldi.
Shayx Ahmad Taroziy haqida biron manbada ma’lumot saqlanib qolmagan. Muallif va uning mazkur asari haqida dastlabki ma’lumotlami taniqli olimlar - filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xiz- mat ko‘rsatgan fan arbobi Abduqodir Hayitmetov va filologiya fanla- ri doktori Ergash Umarov ilk bor 0‘zbekiston adabiyotshunoslariga ma’lum qildilar. Ustoz Abduqodir Hayitmetov bu asami nashrga tayyor- ladi va 1996-yili “Xazina” nashriyotida chop ettirdi.
“Fununu-l-balog‘a” va Sharq mumtoz poetikasi. “Fununu-l- balog‘a”ning muhim tomoni shundaki, u o‘zbek tilida yozilgan. Asar - o‘zbek tilida adabiyotshunoslikka, ya’ni poetikaga oid birinchi marta yozilgan asar ekani o‘z-o‘zidan ma’lum. Fors tilida poetikaga oid asarlar ko‘p bo‘lib, “Fununu-l-balog‘a”dan ancha oldin yozilgan. Jumladan, Rodiyo- niyning “Tarjumon ul-balog‘a” (Xl-Xll), Rashididdin Votvotning “Ha- doyiq us-sehr” (XI1), Shamsiddin Qays Roziyning “Al-Mu’jam” (XI11), Nosiruddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or” (Xlll), Toj ul-Xalaviyning “Daqoyiq ush-she’r” (XlV) kabi qator asarlami keltirish mumkin.
“Fununu-l-balog‘a” muallifi Shayx Ahmad fors-tojik tilini mu- kammal bilgani asarda turli janrlardan keltirilgan parchalardan ma’lum boMib turadi. U o‘z asariga tahlil sifatida keltirgan fors-tojik shoirlari- ning bugun fanga ma’lum boTganlari ham, ma’lum bo‘lmaganlari ham bor. Taroziyning “Fununu-l-balog‘a” asari o‘z davridagi adabiy hayot ehtiyoji va talablari asosida yuzaga kelgan, deyish mumkin. Chunki for- siy tilda she’r yozadigan iste’dod egalari, xususan, yoshlar uchun she’r qoidalari - aruz vazni, qofiya, she’riy san’atlar, she’rlaming janr xusu- siyatlari haqida kitoblar, turli qo‘llanmalar ko‘p edi. O'zbek tilida esa she’r yoki boshqa badiiy asar yozishga qiziqqan iste’dodli kishilar uchun bunday ilmiy qo‘llanma, risolalar bo‘lmagan. O'zbek tilida asar yozishga, o‘zbek adabiyotini boyitishga, uni rivojiantirishga bel bog‘lagan qobiliyat egalari esa Ulug‘bek davrida tobora ko‘payib borayotgan edi. Umuman, Taroziyning bu asari o'zbek xalqining ma’naviy va madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bogTangan edi1M.
Shayx Ahmadning “Taroziy” taxallusidan ko‘rinib turibdiki, u Ta- roz shahrida tug'ilgan. Uning tarjimai holi haqida boshqa biron ma’lumot yo‘q. Shayx Ahmad bu asarini Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlagan. Zotan, u asaming debochasida Mirzo Ulug‘bekka quyidagicha ta’rif beradi: “... saltanat daryosining gavhari va ma’dalat konining javhari, saxovat boro- nining abri va shijoat besbasining babri, farosat sipehrining mohi, kayosat mulkining shohi, shohanshohi a’zam, shahriyori a’lam, sohibus-sayful-
124 Hayitmetov A . Turkiy tilda adabiyotdan ilk nazatiy qo’llanma. — «Shayx Ahmad ibn Xudoydod Ttroziy. Fununu-l-btlog‘y" tstri ntshrigt so‘z boshi. Т.: Xtzint. 1996, 7«bct. Bundtn neyingi misollyy shu nyshrdtn olinib, ftqyl sthilesi no’rsytiladi, xolos. kalam, ma'dani lutfu karam, moliki raqobi umam, farmondehi turk, arab va ajam, mag‘isiddin val-davron Amir Ulug‘bek Ko‘ragon...” (31-b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |