Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakulteti dut-au-19 talabasi G'ofurov Abdulloning Buxgalteriya asoslari va soliqqa tortish fanidan "Buxgalteriya hisobining shakllari"mavzusida tayyorlagan taqdimoti
Bog'liq G\'ofurov A.Buxgalteriya hisobining shakllari
Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakulteti DUT-AU-19 talabasi G'ofurov Abdulloning Buxgalteriya asoslari va soliqqa tortish fanidan "Buxgalteriya hisobining shakllari"mavzusida tayyorlagan taqdimoti Buxgalteriya hisobining shakli deb, buxgalteriya
hisobi yozuvlarini maʼlum texnika vositasidan foydalanib tashkil qilishga aytiladi. Bunda korxona hisob ishlarida sodir boʻlgan har bir xoʻjalik muomalasining oʻz vaqtida, toʻgʻri va izchillik bilan hisob registrlarining aniq bir tizimida jamlanishi taʼminlanadi.
Amaliyotda buxgalteriya hisobining turli shakllari mavjud. Ushbu shakllar quyidagi asosiy jihatlarga koʻra
bir-biridan farq qiladi:
♦ Hisob registrlarining soni, vazifalari va tashqi koʻrinishiga koʻra;
♦ Sintetik va analitik hisob registrlari, xronologik va sistematik registrlarning oʻzaro aloqasiga koʻra;
♦ Hisob registrlariga yozuvlarni yozish tartibi va texnikasiga koʻra.
Hozirgi vaqtda amaliyotda buxgalteriya xisobining memorial-order, jurnal-order, bosh jurnal hamda informatsion texnologiyalarga asoslangan shakllari amal qilib kelmoqda
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli davlat
korxonalari va kichik korxonalarda keng qo'llaniladi.
Memorial-order shakli kuyidagi afzalliklarga ega:
♦ hisob jarayoni qatiy izchillikda olib boriladi;
♦ hisob texnikasi sodda va tushunarli boʻladi;
♦ registrlarning standart shakllarini qoʻllash mumkin;
♦ hisob ishlarini buxgalteriya xodimlari oʻrtasida
ularning malakalariga koʻra taqsimlash mumkin.
Memorial-order shakli kuyidagi kamchiliklarga ega:
♦ hisob ishlarini yuritishda koʻp mehnat talab etiladi;
♦ analitik hisob sintetik hisobdan ajralib qola-
di, hisob alohida yuritiladi;
♦ turli xil registrlarida bir xil yozuvlar koʻp marotaba qayd qilinadi.
Memorial-order shaklining mohiyati shundan ibo-
ratki, xoʻjalik muomalalarini qayd etish uchun sin
tetik va analitik hisobning maxsus jamgʻaruv oborot
qaydnomalaridan, yaʼni: asosiy vositalar, hisoblangan amortizatsiya ajratmalari; ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish qaydnomasi; ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, shuningdek, ular boʻyicha toʻlangan QQSni hisobga olish qaydnomasi; pul mablag'larini hisobga olish qaydnomasi; mahsulot sotilishini hisobga olish qaydnomasi; mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi; mehnatga haq toʻlanishini hisobga olish qaydnomalaridan foydalaniladi.
Korxona buxgalteriyasiga kelib tushgan birlamchi xujjatlar ularni toʻldirish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Oborot qaydnomalari va jamlama hisob registrlari asosida memorial-orderlar tuziladi. Memorial-orderlar maʼlumotlari har oyda “Bosh daftar” jurnaliga oʻtkaziladi. Soʻngra unga qarab oborot saldo balansi chiqariladi va keyin u balans hisoboti shakliga oʻtkaziladi. “Bosh kitob”da barcha hisobvaraqlar debeti
hisobvaraqlar krediti boʻyicha oborotlar summasiga,
shuningdek “Summasi” ustuni yakuniga teng boʻlishi
kerak. Oborotlardan keyin bir oy uchun keyingi satrda kelayotgan oy boshida har bir hisobvaraqning saldosi chiqariladi va u hisobot balansiga kiritiladi.
Memorial-orderlarning tuzilishiga misol kelti
ramiz:
Buxgalteriya hisobining
jurnal-order shakli
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli 1960-yil 1 yanvaridan joriy etilgan. Buxgalteriya hisobining ushbu shakli joriy etilguniga qadar memorial-order shakli amal qilgan edi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida yozuvlar yigʻma va guruhlovchi qaydnomalarda (jurnal-orderlar), shuningdek, yordamchi qaydnomalarda guruhlab boriladi.
Buxgalteriya apparata, odatda, quyidagi boʻlimlar-
dan tashkil topadi:
Material boʻlimi. Bu yerda sotib olingan moddiy
qiymatliklarni, mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-
kitoblarni, materiallarni saqlash va foydalanish
joylari boʻyicha kirimi va sarflanishini hisobi
yuritiladi.
Hisoblashish boʻlimi. Bu yerda dastlabki hujjatlarga asosan ish haqi hisoblash va undan ushlanmalar boʻyicha barcha hisoblashishlar olib boriladi, mehnat haqi fondi va isteʼmol fondidan foydalanish boʻyicha nazorat amalga oshiriladi, ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar boʻyicha hisoblashish hisobini olib boradi.
Buxgalteriyaga keltirilgan boshlangʻich hujjat-
lar memorial-orderlarda aks ettirilmasdan, bevosita
shu jurnallarning oʻzida aks ettiriladi, chunki buxgal
teriya hisobining bu shaklida qoʻllaniladigan jurnal-
lar bir vaqtda xoʻjalik muomalalarini buxgalteriya
provodkasi bilan rasmiylashtiruvchi orderlar hisob-
lanib, memorial-orderlarni tuzish zaruriyatini yoʻqo-
tadi. Bu yerda memorial-orderlarning oʻrnini avvaldan
hisobvaraqlarning korrespondensiyasi tuzib qoʻyilgan
maxsus hisob registrlari tuziladi. Bu registrlar yigʻ-
ma va guruhlovchi qaydnomalar, yaʼni jurnal-orderlar-
dir. Buxgalteriya hisobi bu shaklining jurnal-order
deb nomlanishi ham shu registrlarning nomidan kelib
chiqqan. Jurnal-orderlarda birlamchi hujjatlarning
maʼlumotlarini toʻgʻri guruxdashtirishni taʼminlash
uchun hisobvarautar krediti boʻyicha namunaviy korres
pondensiya va oylik, choraklik hamda yillik hisobot-
lar uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar roʻyxati nazarda
tutilgan. Jamlama va tahliliy hisob uchun moʻljallan-
gan jurnal-orderlarda, bundan tashqari, tahliliy
hisobning zarur moddalari ham nazarda tutilgan.
Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining asosiy
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
♦ Jurnal-orderlarda muomalalarni roʻyxatga olish
tartibida yozuvlar faqat hisobvaraqlar krediti boʻyicha,
debetlanuvchi hisobvaraqlar bilan korresponden siyada
amalga oshiriladi;
♦ Jamlama va tahliliy hisob yozuvlari yagona tizimdan joy oladi;
♦ Xoʻjalik hisoblari buxgalteriya hisobida davriy
va yillik hisobotlarni nazorat qilish va tuzish uchun
taqozo etiladigan koʻrsatkichlar boʻyicha aks ettirila
di;
♦ Oldindan koʻrsatilgan hisobvaraqlar korrespondensiyasi,
tahliliy hisob moddalari nomenklaturasi, davriy va yillik
hisobotlarni tuzish uchun taqozo etiladigan koʻrsatkichlar
bilan birgalikda registrlardan foydalaniladi;
♦ Oylik jurnal-orderlar qoʻllaniladi.
Buxgalteriyaning jurnal order shaklida
hisob registrlari shunday tartibda tuzilishi lozim-
ki, bunda buxgalteriya hisobotini tuzish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shu registrlarning oʻzidan olish mumkin boʻlsin. Buxgalteriya hisobotining hamma turlarini va jadvallarini shu hisob registrlarining maʼlumotlari asosida qoʻshimcha ishlar bajarmasdan bevosita tuzish mumkin.
Tahliliy hisob moddalaridagi maʼlumotlarni be
vosita buxgalteriya hisoboti jadvallariga oʻtkazish mumkin. Demak, buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining xususiyatlaridan biri buxgalteriya hisobining bu shaklidagi hisob registrlarining buxgalteriya hisoboti tuzishga moslashganligidir.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida xuj-
jatlarning aylanishi tezlashadi, memorial-order va
roʻyxatga olish jurnallari tuzilmaydi, jamlama va
tax,liliy hisob qoʻshilib ketadi va hisobotni qoʻshim-
cha ishlar bajarmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri hisob registr-
laridan tuzish mumkin va hokazo. Bularning barchasi
hisob registrlaridagi yozuvlarning takrorlanishini
yoʻqotadi va ish usulining kuyidagi holda boʻlishini
taʼminlaydi: xujjatlarda rasmiylashtirilgan xoʻja-
lik muomalalarini aks ettirish, xujjatlardan hisob
registrlariga maʼlumotlarni yozib olish va hisobot
uchun hisob registrlarining maʼlumotlarini jamlash
kabi jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Shunday qilib, bux
galteriya hisobining jurnal-order shaklida vaqtning
tejalishi, xato yozuvlarning birmuncha kamayishi va
obʼektlar haqidagi maʼlumotlarning birmuncha koʻrgaz-
mali boʻlishi taʼminlanadi
Buxgalteriya hisobining bosh jurnal shakli
Buxgalteriya hisobining bosh jurnal shaklida jamlama hisob registri bosh jurnal orqali yuritiladi.
Ushbu shaklda xronologik va sistematik yozuvlar bir hisob registrida, yaʼni bosh jurnalda olib boriladi.
Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida har bir xoʻjalik muomalasiga boshlangʻich xujjatlar asosida memorial-order yoziladi va unga asoslangan yozuv bosh jurnalga koʻchiriladi.
varaqlarga yozuvlar yoziladi. Hisobot oyining oxirida
esa hisobvarakugar boʻyicha oborot qaydnomalari tuziladi. Ushbu qaydnoma jami bosh jurnaldagi tegishli
hisobvaraqlar oboroti bilan taqqoslanadi.
Har bir memorial-order va unga
ilova qilingan boshlangʻich xujjatlar asosida hisob-
Informatsion texnologiyalarga asoslangan
buxgalteriya hisobi shakli
Korxona va tashkilotlarda hisob ishlarining sa
maradorligini oshirish hamda vaqtni tejash maqsa-
dida buxgalteriya hisobining zamonaviy shakli —
informatsion texnologiyalarga asoslangan shakli hayotga tatbiq etilib kelinmoqda. Ushbu shaklning bir qancha afzalliklari mavjud:
— buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi maʼlumot
larni qayta ishlashni tezlashtiradi;
— iqtisodiy maʼlumotlarni qayta ishlashda band
boʻlgan xodimlar sonini qisqartiradi hamda mehnat
unumdorligini oshiradi;
— hisob ishlarida aniqlik va izchillikni taʼ
minlaydi;
hisob ishlarini yuritish bilan bogʻliq xara
jatlarni kamaytiradi.
Elektron hisoblash mashinalari hozirgi vaqtda
hisob-kitob ishlarini amalga oshirishda qoʻllanilishi bilan birga hisob maʼlumotlarini yigʻish, ularni qayta ishlash, jamlama va tahliliy hisob registrla rini tuzish, xdsobot shakllarini toʻldirish va boshqa bir qancha hisob ishlarini bajarishda keng qoʻllanilmoqda. Amaliyotda kompyuterlardan keng foydalanish buxgalteriya hisobini tashkil qilishning yangi usul larini vujudga keltirdi.
Informatsion tizimda bajariladigan texnologik
jarayon uchta bosqichdan iborat:
1-bosqich. Bu bosqich birlamchi hisob, birlamchi hujjatlarni tuzish, ularni ishlab chiqish va hisobning
har bir uchastkasi boʻyicha tahliliy hisobning qaydnomalari tuzilishi bajariladi. Masalan, ish haqi hisoblash boʻyicha hisoblash toʻlov hujjatlari, qoʻshib hisob-
langan va ushlab qolingan ish haqining toʻplamlari hamda boshqalar tuziladi.
2-bosqich. Bu bosqich provodkalarni tuzish, ularni
tahliliy va jamlama hisobning turli registrlari,
hisobvaraqlarning tartib raqamlari boʻyicha qayd daftari orderlariga joylashtirishdan iborat boʻladi.
3-bosqich. Bu bosqich yigʻma jamlama hisobni: Bosh kitobning hisobvaraqiari boʻyicha hisobot saldo qaydnomalari va moliyaviy hisobotning shakllarini tuzishdan iborat boʻladi, bu “Provodka-Bosh kitob-Balans” mashina dasturining asosiy moduli tomonidan taʼminlanadi.
Buxgalteriya hisobining informatsion texnologiyalarga asoslangan shaklining asosiy xususiyati kompyuter dasturlari asosida avtomatlashtirilgan tartibda
hisob registrlarini tuzish imkoniyati yaratilganligidadir. Bu registrlarda hisob maʼlumotlarini korxonani boshqarish, nazorat, taxlil qilish va buxgalteriya hisobotini belgilangan tartibda tuzish uchun zarur boʻlgan asnoda umumlashtirish, guruxlash mumkin
boʻladi
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT