O’zbek adabiyoti tarixi 2-kurs



Download 0,63 Mb.
bet6/25
Sana10.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#772151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
asosiy ma\'lumotlat kitoblar

Mifologiya — muayyan xalq tomonidan yaratilgan mifologik tasavvurlarning izchil tartibga solingan tizimi, asotirlar majmui. Mas, yunon M.si, hind M.si, oʻzbek Mifologiya Insoniyat maʼnaviy taraqqiyotining ilk bosqichi sifatida muhim amaliy ahamiyat kasb etgan M. ibtidoiy madaniyatning negizi, olamni idrok etishning asosiy vositasi, badiiy tafakkurning ibtidosi hisoblangan. M.ning asosini kad. odamning koinot, tabiat, inson, samo jismlari, narsa va hodisalarning paydo boʻlishi haqidagi asotirlar tashkil etadi. M.ning arxaik qatlami quyosh, oy va yulduzlar toʻgʻrisidagi shamsiy, qamariy va astral miflar, olamning paydo boʻlishi haqidagi samoviy miflar, odamzotning yaratilishi haqidagi an-tropogenik miflar, qad. eʼtiqodiy qarashlarni oʻzida ifoda etgan totemistik, animistik va kult miflaridan tashkil topgan. Dehqonchilik madaniyati yuksak darajada rivojlangan hududlarda esa tabiiy-ik/shmiy oʻzgarishlarning ramziy-metaforik talqinlari asosiga qurilgan taqvimiy (kalendar) miflar va ulibtiriluvchi tabiat kultlari haqidagi miflar keng tarqalgan. Xususan, Osiris (Qad. Misr), Adonis (Finikiya), Dionis (Yunoniston), Siyovush (Oʻrta Osiyo) haqidagi mifologik syujetlar shu tariqa yuzaga kelgan. Oʻzining ilk tarak,qiyot bosqichida eng sodda ibtidoiy ishonchlardangina iborat boʻlgan M. insoniyat tafakkurining tadrijiy rivoji davomida olam, jamiyat va tabiat haqidagi asotiriy syujetlar, mifik obraz va tasavvurlar silsilasini oʻz ichiga olgan mukammal tizimga aylangan. Ijtimoiy ongning animizm, totemizm, fetishizm kabi qad. shakllari M. bilan chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy dunyokarash tizimi sifatida shakllangan M. qad. diniy eʼtiqodlarning ilk kurtaklari, ajdodlarimizning falsafiy, axlokiy va ijtimoiy qarashlari, olam va odam hayotiga doyr eng sodda ilmiy talqinlar, voqelikni ongsiz-hissiy anglash asosiga qurilgan ramziy-metaforik obrazlar, shuningdek, soʻz sanʼ-ati, marosimlar tizimi va mifologik tafakkurning turli xil shakllarini oʻz ichiga kamrab olgan. U kad. odamning borliq olamni idrok etishga doyr tasavvur va qarashlarini oʻzida jamlagan izchil tizim sifatida ibtidoiy mafkuraning yetakchi gʻoyasi boʻlib xizmat qilgan. M. ibtidoiy insonning ilmiy, diniy, falsafiy va badiiy karashlarini oʻzida mujassamlashtirgan sinkretik hodisadir. Shu bois M. folklor, yozma adabiyot, sanʼat va maʼnaviy qadriyatlarning shakllanishi uchun ilk zamin vazifasini oʻtagan;
2) miflarni tadqiq etuvchi, oʻrganuvchi fan, mifshunoslik. Mifologik tasavvurlar mohiyatini anglash va ularni ilmiy talqin qilishga boʻlgan ilk urinishlar antik davr olimlari tomonidan amalga oshirilgan. Xususan, Platon asotirlarni falsafiyramziy nuqtai nazardan talqin qilgan boʻlsa, yunon faylasufi Evgemer (miloddan avvalgi 3-asr) mifik obrazlarni oʻtmishda yashab oʻtgan real tarixiy shaxslarning timsoliy ifodasi deb bilgan. 19-asrning 1-yarmida Germaniyada "mifologik maktab" yuzaga kelgan. Mifologik maktabning nazariy asoslari nemis filologlari aka-uka Ya. va V. Grimmlarning "Nemis mifologiyasi" kitobida bayon kilingan. Ular xalq ertaklarini tax.lil qilish jarayonida qad. mifologik tasavvurlarning epik syujetlar tarkibidagi qoldiklarini aniqlashgan va hindevropa xalqdari M.si yagona negizga borib taqaladi, degan muhim ilmiy xulosaga kelishgan. Ana shu nazariyani rivojlantirgan A. Kun, V. Shvars, V. Mannhardt (Germaniya), M. Breal (Fransiya), M. Myuller (Angliya), F. I. Buslayev, A. N. Afanasyev, O. F. Myuller, A. A. Potebnya (Rossiya) kabi olimlar miflarni qiyosiy tadqiq etishgan. Keyinchalik jahon mifshu-nosligida koʻplab yangi ilmiy yoʻnalishlar yuzaga kelgan. Xususan, ingliz qiyosiy etnografiyasining yutuklari asosiga qurilgan "antropologik maktab" (E. Taylor, E. Lang , G. Spenser, J. Freyzer); mif va marosimlarni oʻzaro uzviyliqda tadqiq etgan kembrijlik mifshunoslarning "ritualistik maktab"i (D. Harrison, F. M. Kornford, A. B. Kuk, G. Marri); ibtidoiy madaniyatning ruhiy asoslarini oʻrgangan fransuz etnologlarining "ijtimoiy maktabi" (E. Dyurkgeym, L. Levi-Bryul); mifologik tafakkurning intellektual hodisa sifatidagi oʻziga xosligini yoritib bergan "simvolistik maktab" (E. Kassiyer, V. Vundt, K. G. Yung—Germaniya); "strukturual maktab" (K. Levi-Stross—Fransiya) vakillarining asarlarida miflar turli nuqtai nazardan taxdil kilingan. Oʻzbek M.si esa Gʻ. Akramov, B. Sarimsoqov, T. Haydarov, T. Rahmonov (mif va epos), M. Joʻrayev, Sh. Turdimov (oʻzbek M.sining obrazlar silsilasi va genetik asoslari), Sh. Shomusarov (oʻzbek va arab M.sining qiyosiy tahlili) kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan.[1]
QADIMGI TURKIY MIFOLOGIYANING TURK-BUDDA
ADABIY MANBALARI
Jo‘raqo‘ziev Nodirbek Imomqo‘ziyevich
TURKIC-BUDDHIST LITERARY SOURCES ANCIENT
TURKIC MYTHOLOGIES
ABSTRACT:
The article surveillance analyzed so rudimentary mythology Turkic-
Buddhist literature. Mapped mythologikal genesis of the individual
images. It is said where the spread samples of ancient Turkic literature,
Buddhist sources.
KEYWORDS: ancient Turkic-Buddhist literature, “Altun Yaruk”,
mythological images, Maitreya,
“Sekkiz yukmak”
turk-budda adabiyoti namunalari ularning katta qismni egallaganiga
guvoh bo‘lamiz. Tabiiyki, asarlarning ko‘p qismi buddaviylik dini
falsafasi bilan chambarchas bog‘langan. Manbalardagi mifologik
syujet, motiv va obrazlar buddaviylik dini g‘oyalari asosida
shakllangan. Shu ma noda qadimgi turk-budda adabiyoti manbalari va
ulardagi ayrim mifologik unsurlarga to‘htalib o‘tsak.
Qadimgi turkiy xalqlarda buddaviylik tasiridagi adabiyotning ko‘p
qismi sanskrit, xitoy, toxar va so‘g‘d va boshqa tillardan tarjima
qilingan prozaik asarlar, orginal matnlardan tashkil topgan. Bunday
tarjimalar sutralar, sutralar ichidan joy olgan aforizmlar, ibratli gaplar
(sentensiyalar), hikoyatlar (pritchalar), budda ta'limoti yoritilgan turli
illyustratsiyalar ko‘rinishida bo‘lgan. Qadimgi turkiy buddaviylar
ichida XI asrda mashhur bo‘lgan asarlardan biri bu “Suvarnaprabxasa”,
ya ni “Oltun yoruq” asaridir. Bundan tashqari, turkiy qavmlar orasida
mashhur bo‘lgan asarlardan biri “Saddxarmapundarika”, “Xayirli
qonunning oq lotos guli” (“ ”)
hisoblanadi. Bu sutrada buddaviylik bilan bog‘liq ko‘plab hikoyalar
mavjud. Bundan tashqari, Qadimgi turkiy budda madaniyati va
PhD, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,
nodirbekjurakuziyev@mail.ru
- 133 -
adabiyotidan bo‘disatv Avalokiteshvarga bag‘ishlangan sutralar ham
o‘rin olgan. Buddaning hayoti va undagi ibratli hikoyalar tarjimalari –
jataka va avadanlar ham turkiy budda adabiyoti ajralmas qismlaridan
biridir. Qadimgi turk-budda adabiyoti tadqiqochilarining harakatlari
natijasida “Xarichandra”, “Maxendrasena”, “Priyankara” kabi
to‘plamlarga aloqador shunday parchalarni aniqlash mumkin bo‘ldi.
Bunday hikoyalarning asosiy qahramonlari buddaviylik g‘oyalari bilan
sug‘orilib, mifologik xarakterga ega bo‘lgan. Asosiy qahramonlar
Budda va bodxisatlar bilan birga insonlar – podshoxlar ularning umr
yo‘ldoshlari, saroy ahli, sotuvchilar, yakshi (shayton), hayvonlar va
antromorf shaklidagi “o‘zga olam” mifologik maxluqlaridir. Budda
aqidalarida ham cholg‘u asboblari muhim vazifa o‘tagan. Qadimgi
turkiy xalqlardagi shomonlik marosimlarida ham cholg‘u asbobi –
dovul asosiy kultlardan biri bo‘lgan. Bu jihatlarning ikki din o‘rtasida
parallel kelishini ayrim olimlar budda aqidasi mahsuli deya fikr
bildirishmoqda. Albatta, bu fikr isbottalab bo‘lsa ham o‘z o‘zaklariga
ega. Biroq, budda marosimlarida ham dovul bilan bog‘liq jarayonlar
borligi va ularning yasalishidagi o‘xshashliklar ularni bir-biri bilan
bog‘lamoqda.
Qadimgi turk-budda adabiyoti personajlari ananaviy buddaviylik
personajlarining tipik ko‘rinishi xususiyatiga ega. Ularda asosan, Hind
adabiyotidan o‘zlashtirilgan kompazitsion usullardan foydalanilgan.
Bunday usulda asosiy syujet shogirdning ustoziga savol berishiga va
javob olish barobarida buddaviylik amallari qonunlarini ham o‘rganib
ketishiga asolangan bo‘ladi. Ustoz javob berganda buddaviylik
amallarini aytib hikoyalar keltirgan. Bunday hikoyalar zamirida
yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash tasvirlari turli mifologik
qahramonlar misolida tushuntirilgan. Qadimgi turkiy xalqlar bunday
hikoyalarni tarjima qilish va o‘zlashtirish bilan birga, o‘zlarining
folklor hamda adabiy an'analariga oid ayrim syujetlarni asarga qo‘shish
orqali boyitib borganlar. O‘z tarjima uslublaridan foydalanib ko‘proq
asarlarni turkiy xalqlarga moslashtirish tajribasi ham bo‘lganligi
manbalardan ma'lum bo‘lmoqda. Bu o‘rinda tarjimonlar turkiy xalqlar
vakillaridan bo‘lganligi va o‘sha asarni qaysidir ma'noda muallifi
ekanligini ham unutmaslik kerak. Shuning uchun ham, qadimgi turk-
budda adabiyoti tarjima va buddaviylik aqidalarini yoyishga
mo‘ljallangan adabiyot sifatida qaralmasligi kerak deb o‘ylaymiz.
Chunki adabiy va madaniy aloqalarning kengayishi qadimgi turkiy
adabiyot hamda madaniyatda g‘oyalar assimilyasiya (evrilish)ga olib
keldi. Bunday evrilish davrida syujet, motivlar buddaviylikni qabul
qilgan va o‘zlarining oldingi dinlari syujet motivlarini o‘sha adabiyotda
- 134 -
ham bo‘lishini xohlagan insonlar g‘oyalarini ham hisobga olishni talab
qiladi.
Qadimgi turk-budda poetik matnlarining ko‘pchilik qismini duolar,
ichida turkiy xalqlar adabiy poetikasiga hos bo‘lgan, buddaviy
r anchagina qismni tashkil qiladi. Bular –
“O‘n turli ezgulikning madhi” alqovi (“
”), “Nazar solish haqida” (“ ”),
“Shirinsuxanlik haqida” (“ ”), “Donolik haqida” (“
”), “35 buddaga alqov” (“ ”), olqishlovchi
she'rlar, budda Amitabxe, budda Maytreyaga bag‘ishlovlar, “Bodxisat
Samantabyuxadrega duolar” to‘plamlaridir. Bundan tashqari, qadimgi
turkiy xalqlarning buddaviylikni qabul qilgan ilk davrlarida “Shahzoda
Qalayanamqara va Papamqara” ” [Huart 1914: 5-57] haqidagi hikoya
ham turk- dda aqidalari turk-
budda adabiyoti falsafasiga katta tasir qilishidan tashqari turkiy xalqlar
tafakkuriga ham kirib bordi. Ayniqsa, turk-budda adabiyoti namunalari
ichida fol kitoblari alohida, o‘ziga hos mazmunga egaligi bilan ajralib
turadi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bunday xarakterdagi fol
kitoblarining ko‘pchiligi xitoy folnomasi “I-szin”dan olingan. Unga
ko‘ra, fol ochishda olti dona singan va sinmagan “Cho‘pon xaltasi”
(“Pastushya sumka”) butasidan foydalanilgan. Qadimgi eposlar janri
an'anasiga ko‘ra folnomalarda ham ko‘plab parallelizm va
alliteratsiyalardan foydalanilgan [ - 1986: 294-344].
Y.Prushekning kuzatishicha, buddaviylik ko‘plab xalqlar adabiyotiga
xususan, hikoyachilik, roman, dramma, epik qo‘shiq va boshqa janrlar
rivojiga katta manba bo‘lib hizmat qilgan. Davrlar o‘tishi bilan xalq
og‘zaki ijodi, ayniqsa, ertaklardagi mifologik obrazlar budda dinidagi
qahramonlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan. Ayrim holatlarda esa
aralash qo‘llangan [Müller 1910: 49].
Qadimgi turk-budda adabiy manbalarning ko‘pchiligi to‘liq
bo‘lmagan shaklda yetib kelganligini yuqorida ham ta'kidlagan edik.
Ushbu parchalardan A.F. Lekok va V.K. Myuller kabi olimlar
foydalanib yaxlit bir holdagi matnlarni qayta tuzib chiqdilar va ular
haqida fikrlar bildirdilar [Prušek 1954: 453]. Masalan, bunday
manbalar qatoriga “Kansanasara” ( ñcanas ), “Buddaviylikning
afzalliklari to‘g‘risidagi she’r”, “Priyankara” (“Priyankara”) singari
asarlarini kiritishimiz mumkin. “Priyankara” asari Buddaviylikni
targ‘ib qiluvchi shaxzoda-bodisatv haqida bo‘lib, afsonaga ko‘ra
shaxzoda o‘z suyaklarini (nima uchunligi ma'lum emas), terisini yozish
uchun, qonini siyoh sifatida foydalanish uchun, barchasini budda
- 135 -
yo‘lida qurbon qiladi”. Shunday toifadagi asarlaridan yana biri,
“Saddanta” (“Saddanta”) parchasining boshqalaridan farqi uning xitoy
va toxar tillaridagi variantlarining ham borligidadir. Afsonaga ko‘ra
Bxadra (urg‘ochi fil nomi) avvalgi hayotida sevgilisining unga e'tibor
bermasligidan qiynaladi. Shu sababdan sevgilisiga nisbatan nafrat
paydo bo‘ladi. Budda dini qoidalariga ko‘ra, yana u qayta tug‘ilgan
paytda u baquvvat go‘zal fil bo‘lib dunyoga keladi va qirol
Braxmadattidan uni o‘ldirishni talab qiladi. Uni o‘ldirilishi topshirilgan
ovchi matnda sof qadimgi turkiy tilda qirolga quyidagicha murojaat
qiladi: yag‘ïz yir ärkligi ulug‘ïlïg‘ (Qo‘ng‘ir yer erkni ulug‘laydi).
Voqaelar rivojiga ko‘ra, Kasaya (Muqaddas libos) libosini kiygan
ovchi nagapushpa ( ) gullari ichiga berkinishi
Buddaviylikdagi mifologik obraz Maytreya kultiga ishora hisoblanadi.
Garchi urg‘ochi fil ogohlantirgan bo‘lsada, bu libosdagi ovchini
ko‘rsada undan hayiqmaydi. Chunki, Maytreyagina shu libosda yuradi
va hayvonlarga zarar keltirmas edi. Ovchi mo‘ljalni aniq oladi. Og‘riq
azobli, nafrati kuchli bo‘lsada, fil oltita og‘iz shohini ovchi sug‘urib
olishiga chidaydi. Buni ko‘rib turgan budda ilohlari filning bu
harakatlari zamirida, ya'ni azob nafratni yengish yo‘li orqali Indra va
Braxma darajasiga chiqishni maqsad qilmaganmikan degan gumonga
boradilar. Fil ularning gumonlariga qarshi turib: “Agar men Sansara
(San ) sardori bo‘lsam va menda og‘riq azobli, nafrat kuchli
bo‘lsada uni ovchiga nisbatan qo‘llamasam, albatta ohirda sug‘urib
olingan oltita og‘iz shohim qaytarilmaydimi!”(Matn shu yerda tugaydi)
[Müller 1910: 52-61]. “Kalmasapada va Sutasoma” ( da va
Sutasoma”) parchasida: hoqon yarim odam va yarim yo‘lbarsdan paydo
bo‘lib, odamxo‘rga aylanib ketadi. O‘z so‘zida turadigan hoqonni
ko‘rib hayron bo‘ladi. U bittagina “Budda” degan so‘zni eshitsa, kifoya
uning amallariga kirishib ketadi: “Budda go‘zal. Agar ular yerga
tushsalar, og‘ir Ulug‘-yer Tangri titraydi (ag‘ïr ulug‘ yir tangri
qaltrunï). Ular ortiqcha olqishlar e'tibor bermaydilar va h.” [Müller
1910: 52-61]. Yuqoridagi parchalardan qisman fikrlarni anglab olish
mumkin. Bularning ayrimlari katta bir hikoyaning kichik qismi bo‘lsa,
ayrimlari kichik syujetlarga asoslangan parchalardir. Olimlarning
fikricha, mana shunday shakl va mifologik qahramonlarning ma’lum
bir hayvonlar obrazida kelishi turk-budda adabiyotning o‘ziga hos
tomonlaridan biri hisoblanadi. Ushbu parchalarning ayrimlarini boshqa
turkiy bo‘lmagan tillarda ham namunalarining borligi aniqlangan.
Ayrim matnlar qiyoslanganda turkiy tildagi variantlari ancha
boyitilganligi ko‘zga tashlangan. Demak, bu asarlar tarjima bo‘libgina
qolmay, alohida o‘ziga hos tomonga ega qadimgi turkiy yozma adabiy
- 136 -
an'analar va afsonaviy qahramonlari bilan boyitilgan parchalar desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yuqoridagi kabi parchalardan tashqari hajman katta, adabiy
normalarga javob beradigan hikoyalar ham uchraydi. Bularning
ayrimlari asar tarkibida bo‘lsa, ayrimlari o‘zi alohida hikoya tarzida
uchraydi. Ayniqsa “Oltun yorug‘” asari tarkibidagi “Och yo‘lbars”
hikoyasi diqqatga sazovordir. Undan tashqari “Shahzodalar
Qalyanamqara va Papamqara haqida qissa” haqidagi hikoya ham o‘ziga
hosligi bilan ajralib turadi [Pelliot 1914: 225-272]. Uning E. Shavan
[Chavannes 1914: 469]. tomonidan o‘rganilgan xitoycha, I.Y. Shmid
[Schmidt: 230-252, 262-282]. va F.A. Shifner [Schiefner 1906: . 279-
285]. tomonidan tadqiq qilingan tibetcha variantlari mavjud bo‘lib,
matnlari o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan.
Qadimgi turkiy adabiyotda Budda dini mifologik obrazlari
ko‘pchiligi samoda tasvirlangan bo‘lsada, yerdagi bo‘layotgan
voqyealarga ham o‘z munosabatini bildirganlari haqidagi parchalarni
yuqorida ko‘rib o‘tdik. Yuqorida aytib o‘tilgan hikoyalarga nisbatan
mukammal syujetga ega bo‘lgan, voqyealari g‘orda bo‘lib o‘tadigan
hikoya ham mavjud. Miflarga ko‘ra bunda Atavaka nomli shaytonning
Buddaga qarshi kurashi tasvirlangan. Voqyea va syujetlarning yerga
ko‘chishi yangi bir madaniy hodisa – qadimgi turkiy miniatyura san'ati
syujetlarining boyishiga sabab bo‘ldi. Aslini olganda, Sharqiy
Turkistondan topilgan barcha qadimgi turkiy miniatyurada shunday
syujetlar kuzatiladi. Tadqiqotchilar fikricha, miniatyuralarda barcha
voqyealar bir makonda yuz berganligi, obrazlarning bir joyda
jamlanganligi yana bir madaniy hodisa teatr san'atiga turtki bo‘ldi.
Shunday xulosani buddaviylikning Vaybxastika maktabi vakillariga
tegishli “Maytrismit” (“Maitrisimit”) asarining qadimgi turkiy
variantiga nisbatan ham aytishimiz mumkin [Gabain 1957]. Ayrim
olimlarning fikricha, asarda drammaturgik elementlarning borligi,
qadimgi turkiy teatr san'ati boshlanishi va rivojiga katta hissa
qo‘shganligi bilan izohlanadi.
Sharqiy Turkistonning Sunjou hududidan topilgan adabiy
manbalaning ko‘pchiligiga xitoy yozuvida “agama” degan belgilar
qo‘yilgan. Bu manbalar Turfandan topilgan manbalardan farq qiladi.
Bular klassik tarzdagi sutralar deb atalsada, xitoy variantlariga uyg‘ur
yozuvida izohlar bitilganligi bilan ajralib turadi. Ana shunday
manbalardan sirasiga, Sankt-Peterburgda saqlanayotgan rohib
bo‘lmagan oddiy inson Domoguch Sali to‘plagan manbalarni ham
kiritish mumkin. Manbani o‘rgangan olimlar fikricha, matnlar kelib
chiqishi xususiyatiga ko‘ra Markaziy Osiyo maktabiga hos. Ularda
- 137 -
tijoratchilar va karvondagilar xavfni oldini olish uchun o‘qishga
mo‘ljallangan duolar mavjud [Radloff 1911: 43].
Qadimgi turk-budda adabiyotining eng yetuk namunasi shubxasiz
“Oltun yorug‘” asaridir. “Oltun yorug‘”asarining qadimgi turkiydagi
to‘liq nomi “Altun onglug, yaruq, yaltiriqligh, qopta kötülmsh nom ïlïkï
atligh nom bïtïg – Oltin rangli, yorug‘, yaltiroq, hamma (narsa)dan
ustun turadigan no‘m bitigi” deb nomlanib, hozirgacha “Oltun yorug‘”
deb nomlanib keladi. Asarning sanskritcha nomi “Suvarnaprabxasa”dir.
Asar turk-budda adabiyotiga katta xissa qo‘shish bilan birga, bir necha
asrlar davomida turkiy xalqlar ma'naviy barqarorligi uchun xizmat
qildi. “Oltun yorug‘” asari buddaviylik qonunlaridan iborat bo‘lib,
asliyati qadimgi Hindistonda shakllangan buddaviylikning uchta
mazhabidan biri – maxayana mazhabini targ‘ib qilish maqsadida
yaratilgan. Maxayana – qadimga turkiyda ulugh kolungu, ya’ni “katta
g‘ildirak” ma'nosini bildiradi. Asarni 1910 yilda S.ye. Malov Sharqiy
Turkistonning Gansu viloyatiga qarashli Suchjou yaqinidagi sariq
uyg‘urlar yashaydigan Vungshigu qishlog‘idagi buddaviylar
ibodatxonasidan topgan [ 1982: 147]. Tadqiqotlardan
natijasida asarni qadimgi turkiy tilga olim, tarjimon, sinolog Singqu
Seli tudung [Tekin 1965: 29-33; Barat 1990: 155-166; Hamilton 1984:
425-437] tarjima qilganligi ma'lum bo‘lgan. Hozirda bu nusxa Sankt-
Peterburgning Osiyo muzeyida saqlanadi. Bu asarni birinchi marta
V.V. Radlov va S.ye. Malov eski uyg‘ur-turk alifbosida chop ettirganlar
[ 1913]. Asarning avvalgi nashrlari sanskrit, xitoy, toxar, turkiy,
tibet tillarida bo‘lsa, endilikda zamonaviy bo‘lgan nemis, rus, turk,
uyg‘ur, o‘zbek, mo‘g‘ul, manchjur tillariga tarjima qilindi. XX asr
boshlaridan hozirga qadar, bir nechta turkolog olimlar asar tili, tuzilishi,
tarjimasi, tabdili ustida tadqiqotlar olib bordilar. Xususan, S.ye. Malov,
V.V. Radlov, V.K. Myuller, V. Bang va A. Gaben, G. yelxers, R. Finch,
P. Zieme, K. Roxborn, G. Shimin, R.R. Arat, S. Chig‘atoy, Ch. Qoya,
Sh. Tekin, Q. Barat, N.A. Rahmonov, Q. Sodiqov kabi olimlar ishlarini
takidlab o‘tish lozim. E.R. Tenishev 1953 yili “Oltun yorug‘”
grammatikasi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishi bilan
birga, asarni “Qutadg‘u bilig” bilan qiyosladi [ 1970: 24-31].
“Oltun yorug‘” asri ham o‘zida keng duolar matnini jam qilgan. Hajman
”, “Tsi-in- ombitig” (“ -
ïlakantha(ka) Sutra), “ äkiz
yükmak yaruq), “Miao fa lian hua jing zan”. “ ”
- 138 -
qisqa tavba duolari Utret xonim, Qutlug‘ xonim, uning o‘g‘li va qizi va
boshqa dindorlar topshirig‘iga binoan kitobiy yorliq sifatida yozilgan.
Biroq, asarda faqat sudurlar emas, balki mifologik unsurlar, afsona va
hikoyatlar ham bor. Shuning uchun asar janriga baho berilayotgan
miflar, afsona va hikoyatlarni ham ko‘zdan qochirmaslik kerak.
Qadimgi turk-budda adabiyotiga oid manbalarning ko‘pchiligida
“Maytrisudur” (“Maitrisudur”) asari tilga olinadi. Hozirgacha bu asar
topilgan emas va uning qadimgi turkiy tildagi varianti borligi haqida
ham fikr aytish qiyin. Asar Maytreya kulti haqida ekanligini V.V.
Radlov va S.ye. Malovlar ta'kidlab o‘tgan. Asarda: “Quyosh xudosiga
ishonch, bizning do‘stimiz va yordamchimiz, bu dunyoga kelishi
kutilayotgan Mayrteyaga ham” kabi duolar uchraydi [Radloff 1928:
177]. Ibodat paytida duolar so‘ngida Mayrteyadan najot so‘rab duolar
qilishgan. Ayrim duolarda esa Maytreyadan so‘ng Amitabi Buddalari
nomi ham tilga olingan. Amitabi Buddalarining ismlari mavjud ro‘yxat
“Abitaki”, xitoycha “A-mi-to- nomlari bilan
kichik parcha sifatida saqlanib qolgan. Uning ayrim parchalari Pekinda,
Parijda, Anqaradagi kutubxonalarda saqlanadi. Bu parchalar Xitoy
tilidan kengaytirilib tarjima qilinganligi bilan ajralib turadi [Nanjio
1883]. Keyingi davr turk-budda adabiyotiga oid apokrifik sutralardan
iborat manba “Sakkiz yukmak” (“Säkiz yükmak”) asari hisoblanadi.
Ayrim manbalarda “Säkiz yükmak yaruq nom” deb ham ataladi
[Elverskog 1912: 12]. “Säkiz yükmak” xitoy manbasi “Fo-shuo-pa-
yang-shen-ch`ou-king” asarining so‘zma so‘z tarjimasi hisoblanadi.
Asarning ko‘plab qo‘lyozma va ksilograflari Berlin, London, Tokio,
Sankt-Peterburg fondlarida saqlanadi. Bundan tashqari Xuan Venbida
[Huang 1958] va braxmi yozuvidagi variantlari ham ma'lum. Asar
matni budda aqidalari qisqasacha formulalari, budda meditatsiyasi,
rohibning kundalik ehtiyojlari qanday bo‘lishligi, Xitoyda qo‘llanib
kelingan uy-ho‘jaligini yuritish bo‘yicha tavsiyalardan tashkil topgan.
Bundan tashqari, gullar va hayvonlar tasviri tushirilgan to‘rt kvadratli,
kosmogonik miflarga asoslangan makro va mikrokosmos haqida
xulosalar, klassik sutralaga xos sehrgarlik kosmogonik formulalari
yoritilgan. Shunday qilib, asar ko‘p qirrali va ayni damda juda qisqa,
har qanday odam qiyinchiliksiz tushuna oladigan shaklda bo‘lgan.
Shuning uchun ham, asar o‘z davrida mashxur va ko‘p joylarga
tarqalagan [ - 1986: 294-344].
Qadimgi turk-budda adabiy manbalaridan biri “yetikan sudur”
(“Yetikän sudur”) [Ligeti 1954: 397-404]. (“yetti yulduzlar turkumi
(burji) haqida sutra”) deb ataladi. Asarning bir nechta qo‘lyozmasi va
nusxalari saqlanib qolgan bo‘lib, 1328 yilda qadimgi turkiy tilga tarjima
- 139 -
qilingan. Manbaning 1328 yilda hamda 1373 yilda ko‘chirilgan
nusxalari mavjud. Tantraga asoslangan matnlar asosan kosmogonik
miflarlardan tashkil topib, yulduzlar burjiga murojaat orqali fol ochish
va magiya qilish uchun kerak bo‘lgan.
Sankt-Peterburgda saqlanayotgan “Arya rajavavadaka” (“Arya
) ksilografi ham turk-budda manbalaridan biri
hisoblanadi. Asar yaxshi tushunarli turkiy tilda yaratilganligi, matniga
e’tibor berilganda so‘zlar o‘rtasi va oxirida tilshunoslik nuqtai
nazaridan t/d, s/z va q/ kabi o‘zgarishlar bo‘lganligini ko‘ramiz. Bu
esa matnni zamonaviy turkiy tillarga fonetik, leksik tomondan
yaqinlashtirib, asarni keyingi davrlarga tegishli ekanligini ko‘rsatadi.
Asar Buddaning Koshal xukumdori Prasenadjitga va'zi voqyeasini o‘z
ichiga oladi.
Qadimgi turk-budda adabiyotida tavba uchun duolar to‘plamlari
ham bor. Har bir dinda kuzatilgani kabi buddaviylikda ham tavba qilish
duolari majud. Shunday duolar jamlangan matnlar diniy maqsadda
to‘plangan bo‘lsada, bulardan adabiyot uchun ham kerakli xulosalarni
chiqarish mumkin. Rohib va ayol rohiblar uchun duolar bo‘lsada, ularni
yozma qayd etish qiyinchiliklar keltirib chiqargan. Chunki, tavba uchun
duolarni amalga oshirish va ibodat paytini oddiy odamlarga kuzatishga
ruxsat berilmagan. Masalaning ikkinchi tomoni, duolar sanskrit yoki
boshqa tillarda bo‘lgan. Shu sababdan ularni tarjima qilish to‘g‘ri emas
deb hisoblangan. Qadimgi turkiy tilga tarjima qilishdan yagona
maqsad, ularni oddiy turkiy tilli xalqlar orasida targ‘ib qilish va yoyish
uchun kerak bo‘lgan. Oddiy dindor bulmagan odamlar uchun
muljallangan qadimgi turkiy matnlar ham katta hajmni tashkil qiladi.
“Kshanti qilg‘iliq nom” (“Kšanti qïl ) nomli tavba uchun
duolar to‘plami xitoy manbasi “Ts’u-pei-tao-ch`ang ch’an-fa”ning
turkiy tilga tarjimasi hisoblanadi. Asar xitoy tilidan milodiy I asrda
Buxorolik (ayrim manbalarda Parfiyalik deyiladi) rohib An Shigao
tomonidan tarjima qilingan [Ligeti 1954: 166].
Yuqoridagi manbalarining barchasi sutralar, rivoyatlar, parchalar va
hakozo shunga o‘hshash asrlar haqida edi. Vaqtlar o‘tishi bilan ularni
to‘g‘ri o‘qish, sanskritdagi termin va ismlarni tarjimalarini hatosiz
qoldirish, umuman, filologik bilimlarga ehtiyoj tug‘ildi. Turli
asarlardan ibratli so‘zlar yig‘ilgan, sanskrit-qadimgi turkiy matnlar
to‘plamlari paydo bo‘ldi. Hususan, “Udanavarga” ( ),
“Samyuktagarma” (“Samyuktagarma”), “Mahavagga” ( )
asaridan parcha va sanskrit-qadimgi turkiy parallel matnlar,
“Mahavadanasutra” ( ), buddaviylikka aloqasi
bo‘lmagan bir hind poemasini sanab o‘tishimiz mumkin. Bularning
- 140 -
barchasi braxmi yozuvida yozilib, keyingi davr, taxminan X asrga
tegishli deb hisoblanadi [Bang 1930]. Asarlarni xatosiz keyingi
avlodlarga yetkazish uchun bir qancha ishlar olib borildi. Qadimgi
turkiylar, xususan Uyg‘ur davlatlarida olib borilgan ishlar bunga misol
bo‘la oladi. Bu davrda o‘ziga xos, xattoki, akademiya deb atashimiz
mumkin bo‘lgan maskanlarda sanskrit, so‘g‘diy, sak-toxar, xitoy tili va
yozuvi bilimdonlari, stilistika, fonetika, dogmatika ustalari faoliyat
yuritdilar. Olimlar bu fikrlarga IX-XIII asrdagi matnlarni o‘rganish
orqali kelganlar. Qadimgi turk-uyg‘ur olimlari boshqa tillardagi
matnlarni o‘qish, o‘rganish uchun ham jalb qilingan [Julien 1849: 366].
Yuqoridagi fikrlarda ko‘rib o‘tganimizdek turk-budda adabiyoti
manbalari juda keng. Ular ichida turli adabiy janrlar, maqollar, fol
kitoblari, qo‘shiqlar, yig‘i qo‘shiqlari, hikoya va hikoyatlar, sutralar,
she'rlar, tavba duolari, magik-afsungarlik matnlari kabilarni
ko‘rishimiz mumkin. Hozirda yuqorida sanalgan ko‘p asarlar matnlari
bilan shaxsan tanish bo‘lmasakda, umumiy obzor tarzida turk-budda
adabiyoti o‘zagi hisoblanuvchi mifologik manbalari sifatida tilga olib
o‘tishni maqsadga muvofiq deb bildik. Qadimgi turk-budda adabiyoti
asosan, Sharqiy Turkiston, Xitoyga chegaradosh Islom dini yetib
bormagan Janubi Sibir va Oltoy turkiy xalqlarida rivojlandi. Shuning
uchun ham, Oltoy turkiylari miflarida buddavilik dini obrazlari ko‘zga
tashlanadi. Miflarda yer osti hukmdori Erlik xonning yordamchilar
Mangdashira, Mayto‘ra nomlari uchraydi. Mangdashira obrazi
shimoliy buddaviylikdagi besh dxayani-boddistavi Mandjushri,
Mayto‘ra esa inson qiyofali beshinchi budda Maytreya nomi bilan
bog‘liqligi manbalarda qayd qilingan [ 1984: 24, 42].
Demak, turk-budda adabiyoti turkiy xalqlar hayotiga buddaviylik
kirib kelgandan keyin rivojlandi. Buning natijasida bir nechta asarlar
tarjima qilindi va o‘ziga hos tarjima bo‘lmagan asarlar ham yaratildi.
Asarlar tarkibiga buddaviylik obrazlari bilan birga qadimgi turkiy
xalqlarga aloqador mifologik unsurlar kiritilib, boyitilib borildi. Buning
natijasida, III-VII asrlarni o‘z ichiga olgan, ayrim hududlarda XI
asrlargacha davom etgan buddaviylik, manixeylik, Ko‘k Tangri dini
(tangrichilik) va shomonlik g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan
assimilyasiyaga uchragan, sinkretik shakldagi adabiy maydon yuzaga
keldi.
Guldursun”, “Qaytar dunyo” afsonalari

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish