O’zbek adabiyoti tarixi 2-kurs



Download 0,63 Mb.
bet1/25
Sana10.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#772151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
asosiy ma\'lumotlat kitoblar


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
FILOLOGIYA VA FANLARNI O’QITISH: O’ZBEK TILI

O’ZBEK ADABIYOTI TARIXI

2-KURS


M
USAYEV AZAMAT
TERMIZ - 2019 y.

  1. Mavzu: Islomgacha bo’lgan Turkiy adabiyot.

Reja:

  1. Mif nima?

  2. Mif og‘zaki adabiyotning shakli sifatida.

  3. Mif- ibtidoiy insonning fikrlash darajasini ko‘rsatuvchi omil.

  4. Kosmogonik mifiiing qadimgi turkiy yodgorliklarda ko‘rinishi.

  5. To‘fon haqidagi mif va uning qadimgi turkiy yodgorliklarda

  6. ko'rinishlari.

  7. Tangri kulti va uning mifologik mazmuni.

  8. “Oltunyorug‘”da Umay kulti.

  9. Moniylik oqimi ta'siridagi turkiy adabiyot.

  10. Buddaviylik oqimi ta'siridagi turkiy adabiyot.

  11. Shomoniylik oqimi ta'siridagi turkiy adabiyot.

Qadimgi davrdagi adabiy yodgorliklar sifatida qadimgi mif va afsonalami ham nazarda tutish mumkin.
Mif nima? Bu savol har doim ko'ndalang bo‘lib turadi. Mif, sodda qilib aytganda, olamning yaratilishi, insoniyatning kelib chiqishi, shuningdek, xudolaming, qahramonlaming paydo bo‘lishi, ulaming faoliyati haqidagi badiiy, sodda va ko'pincha g‘alati ko‘hna badiiy tafakkur mahsuli bo‘lgan adabiy parchadir. Mif yunoncha so‘z bo‘lib, “afsona”, “rivoyat” ma’nolarini bildiradi. Ammo mifni afsona bilan bir deb qarab bo‘lmaydi. Mif badiiy tafakkuming eng kichik, sodda, epik syujetga ega bo‘lmagan ilk badiiy shaklidir. Mif adabiy jarayoxming birinchi bosqichidir. Yoki quyidagi ta’rif mif bilan afsonani yanada aniqroq farqlashga, ular o‘rtasidagi ayirmani yanada tushunarli qilib ko‘rsatishga xizmat qiladi: “Miflar- biz hozirda afsona deb ataydigan muqaddas rivoyatlar xarakterini qabul qiladi, Mif bilan afsona o'rtasidagi farq tushunarli: mif - tafakkuming beixtiyor shaklidir, afsona- ongli ijodning mahsulidir”. Insoniyat azalda mif yaratishni maqsad qilib qo‘ymagan, balki ma’lum kultlar, udumlar, urf-odatlami bayon qilish va amalda qo‘llash natijasida miflaming turlari kelib chiqqan. Bular ko'proq totemistik miflarga, kosmogonik miflarga va boshqa qator mif turlariga tegishli.
Mif og‘zaki adabiyotning shakli sifatida. Badiiy adabiyotning ilk ko‘rinishi og‘zaki shakli mifdan boshlangan. Mif qaysidir xalqlarda yozma shaklda saqlanib qolgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Sharqdagi aksariyat yozma manbalar- shumer, misr, bobil, xet kabi qator qadimiy xalqlaming yozma yodgorliklaridan bir qator miflar bizgacha yetib kelgan. Jumladan, yaratilish (ismlaming, udumlaming, buyumlaming paydo bo‘lishi haqidagi etiologik miflar, yoki damning paydo boiishi haqidagi kosmogonik miflar, msonning paydo bo'lishi haqidagi antropogonik miflar - bu har uchala mif turi arxaik miflaming asosiy mazmunini tashkil qiladi) haqidagi miflar yuqorida aytib o‘tilgan xalqlaming deyarli hammasida bor. Zotan, miflami qiyosiy-tarixiy o‘rganish asosida olimlar shunday xulosaga keldilarki, dunyodagi ko‘pchilik xalqlaming miflarida bir qator mavzular va motivlar takrorlanavergan. Masalan, yuqorida aytilgan uchala mif turini madaniy rivojlangan xalqlaming hammasida uchratish mumkin.
Ibtidoiy jamiyatda mif olamni tushunish va anglashning asosiy usuli bo‘lgan edi. Shuning uchun mif ijod qilish insoniyatning madaniy taraqqiyotida muhim hodisa hisoblangan. Bu jarayon hamma mif turiga aloqador. Ayni paytda mif shunchaki qisqa matndan iborat adabiy parcha bo‘lib qolmay, u yaratilgan davrdagi olamni his qilish va olamni anglashni ifodalaydi. Inson ilk yaratilgan davrdan boshlab atrofga munosabatini bildirib qolmasdan, “idrokli inson” sifatida olamni anglab yetishiga zarurat tug‘ilgan. Demak, mif idrokli msonning aqliy faoliyati mahsuli. Mif orqali inson ibtidoiy holda bo‘lsa ham, olamni ilmiy bilishga harakat qilgan.
Mif- ibtidoiy insonning fikrlash darajasini ko'rsatuvchi omil.
Ibtidoiy inson o‘zini tabiiy olamdan aniq ajrata bilmagan, shu bois tabiiy ob’ektlarga o‘z insoniy xususiyatlarini ko‘chiravergan- tabiiy ob’ektlar inson kabi hayot kechiradi, ulaming insoniy his-tuyg‘ulari bor, ongli, ma’lum maqsadga yo'naltirilgan xo'jalik faoliyatini yuritadi, deb bilgan. Shuningdek, inson ibtidoiy bosqichda mavhum fikrlashni bilmagan. Mifning barcha turlari manbai ana shu fikrlashda. Fetishizm, animizm va totemizm kabi inonch-e’tiqodlar ham aslida atrof muhitni “insonlashtirish”dan kelib chiqqan. Turkiy miflar ham ayni shu xususiyatlar va jarayonlami bosib o‘tgan.
Kosmogonik mifning qadimgi turkiy yodgorliklarda ko‘rinishi. Qadimgi turkiy miflaming manbai umm-yenisey yozma yodgorliklari va qadimgi xitoy yilnomalarida, ayrim arab, fors va boshqa manbalarda. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklardan Kultigin bitikoshining birinchi misrasida olamning va insoniyatning paydo bo‘lishi haqidagi mif mavjud: Uza ко 'к tangri asm yag‘iz yer qilintuqta akin ага kisi о ‘g ‘li qilinmis. Kisi о‘g‘linta uza achum арат Bo‘min qag‘an, Istami qag ‘an о‘lurmis, о ‘luripan turk bo‘dunin alin to‘rusin tuta birmis, ita birmis - Yuqorida ko‘k osmon, ostda qora yer qilinganda, ikkovining orasida inson bolasi yaratilgan. Inson bolasi ustidan ota-bobom Bo‘min xoqon, Istami xoqon o‘tirganlar, o‘tirib, turk xalqining davlatini, qonun-qoidalarini ushlab turgan. rioya qilib turgan.
Parchani mif deb qarashimizga quyidagi omillar sababdir: qadimgi turkiylar yemi- ona, osmonni- ona deb tasawur qilganlar. Inson bolalari (qadimgi turkiylar) osmon va yeming nikohidan paydo bo‘lgan. Kul tigin bitiktoshidan olingan bu parcha kosmogonik mifning namunasidir. Bilga xoqon bitiktoshining boshlanmasida ham shu mif aynan takroranadi. Kul tigin bitikoshining boshlanmasidagi mifga hamohanglik ko'pchilik turkiy eposlaming boshlanmasida, jumladan, xakaslaming “Altin arig‘”, yoqut xalqining “Er Sogotox” eposlarida ham uchraydi. Jumladan, “Er Sogotox”da “ona yer” iborasi aynan Kul tigin bitikoshidagi yemi ifoda etadi. Darvoqe, Kultigin bitiktoshi boshlanmasi qadimgi turkiy qavmlaming tarixiy voqealardan oldingi mifologik tasavvurlari va inonch-e’tiqodlarining manzarasini yaratadi.
Mo join chur bitiktoshining boshlanmasi Kul tigin va Bilga xoqon bitikoshlariniki singari mif bilan boshlanadi: Tangrida bo‘lmish, il itmish bilga qag'an (1)- Tangridan bo‘lgan, davlatni barpo qilgan dono xoqon.
Kul tigin. Bilgan xoqon va Moyun chur bitiktoshlarining boshlanmasida afsonaviy epik ruhning borligiga sabab shuki, epik zamonning asosini mif tashkil qiladi. Mualliflaming maqsadi ilk davrdagi turkiy qavmlaming tarixini hikoya qilish edi. Tarixiy voqealar va mif bir-birini to‘ldiradi.n Mifning tarixiy voqealami tasdiqlash uchun kiritilishi ayni ana shu o‘rinda o‘z ifodasini topadi. Mazkur mif kosmogonik miflaming namunasidir. Qadimgi turkiylaming kosmogonik mifologiyasida quyosh va oy timsoli ham alohida ahamiyatga ega. Xususan, tongda chiqayotgan quyosh muqaddas sanalgan. Xoqon qarorgohining darvozasi sharqqa quyosh chiqadigan tomonga qaratib qurilgan. Xitoy yilnomalarida qadimgi turkiylardagi boshqa muqaddas sanalgan samoviy jismlar qatorida “yetti sayyora” ham eslanadi. Urxun bitiktoshlarida makon sifatidagi yer to‘rt tomondan iborat bo‘iib, to‘rt burchak bilan chegaralangan. Bu holatda yer yuqoridagiday mifologik mazmundan xolidir : To‘rt bulung qop yag'i armis (Ktu 2)- To‘rt tomon butunlay dushman ekan. Yoki tomonlar aniqlashtirilganda ham yeming to‘rt tomoni geografik chegaralanish ma’nosini iqoda etadi: О'ngra qitaniyda, bariya tabg'achda, quriya qurdanta, yiraya og'uzda, aki uch bing sumuz, kaltachimiz bar mu na? (To‘n., 14)- Sharqda qitaniyga, janubda tabg'achga, g‘arbda qurdanga, shimolda o‘g‘uzga ikki uch ming lashkarimiz (bilan) boraylikmi? To‘fon haqidagi mif va uning qadimgi turkiy yodgorliklarida ko‘rinishlari.Urxun bitiktoshlarida Sharqdagi ko‘p xalqlarda tarqalgan To'fon haqidagi mif motiviga ham duch kelamiz. “To‘fon haqidagi mif’ning motivi insoniyatni to‘fon orqali qirib tashlash haqida xudolarning qaroridir. Xudolaming bu qaroriga sabab- insoniyatning gunohkorligidir. Shumerlarda, bobil xalqida To‘fon haqidagi mif deyarli bir.
Musoning “Ibtido” kitobida To‘fon voqeasi ma’lum. Insoniyatni yer yuzidan qirib tashlash uchun vosita faqat suv emas, boshqa vositalar ham boiishi mumkm. Masalan, “Avesto”da qahraton qish Sharq mifologiyasidagi to‘fon singari vazifani bajaradi- Xo‘rmuzd yaqinlashib kelayotgan qattiq sovuq yer yuzida jamiki tirik jonzotni qirib tashlashi haqida Yimani ogohlantiradi. Haqiqatan, Yima bir uy qurib saqlab qolgan nabotot va hayvonot namunalaridan boshqa jamiki jnzotlami va o‘simliklami sovuq qirib tashlaydi. “Avesto”da bu qirg‘inning sababi nima? Zardusht aytadiki, Yimaning gunohkorligi tufayli insoniyat abadiy yashash huquqidan mahrum bo‘ldi, Odam ato va Momo Havoning gunohkorligi tufayli insoniyat abadiy yashash huquqidan mahrum bo‘lganiday. Xuddi shu singari mifning motivini Kul tigin bitikoshida ko‘rish mumkin. Bilga xoqon turkiy qavmlarga nasihat qilar ekan, davlatning yo‘q bo‘lib ketishiga ulaming o‘zlarini sababchi qilib ko‘rsatadi, shu bilan birga, Tangri (xudo va osmon) ulammg qilgan gunohlari boshboshdoqlik, xoqonlaming yo‘l-yo‘riqlariga itoat qilmaganlari va о‘zboshimchaliklari uchun jazolaganiga ham ishora qiladi: Turk о‘g‘uz baglari boduni asiding! Uza tangri basmasar, asra yir talinmasar, turk bo‘dun, ilingin, to ‘rungin kim artati? (Ktu 22)- Ey turk o‘g‘uz beklari, xalqi, eshiting! Yuqorida osmonbosmagan bo‘lsa, pastda yer yorilmagan bo‘lsa, ey turki xalqi, davlatingni, qonun-qoidalaringni kim yo‘q qildi? Mazkur mif ham, turkiy qavmlar qilgan gunohlari evaziga xudolar (Tangri, yer) tomonidan jazolangan degan, xulosaga olib keladi. Sharq xalqlaridagi umumiy motiv- insoniyat qilgang gunohlari uchun xudolar tomonidan jazolanishi voqeasi o‘zaro ta’sir orqali yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Irq bitigida kosmogonik mifning bu turdagi ko'rinishi yaxshi saq- langan: “ Yuqoriga tuman tushdi, pastda chang ko'tarildi. Qush bolasi yurib yo‘lidan adashdi, kiyik bolasi yugurib yo ‘lidan adashdi. Odam bolasi yurib yo ‘lidan adashdi. Yana Tangri sharofati bilan uchinchi yilda butunlay eson-omon ko'rishdilar, juda xursand bo'lar, sevinar der. Shunday bilinglar: yaxshidir bu” (Ib.15). Qush bolasining yo‘ldan adashuviga, kiyik bolasining yo'ldan adashuviga va insonning yo‘lidan adashuviga sabab gunohkorligidir. Bu mif bo‘lgani uchun tafsilotlar ba-yon qilinmagan. Albatta, Tangri tomonidan jazolanishi aniq. Gunohdan qaytganlari uchun Tangri ularga marhamat qilgan. Tangri kulti va uning mifologik mazmuni. Tangri (xudo)- turkiy mifologiyada keng tarqalgan timsol. U himoyachi, insoniyatni dushmandan, yovuz kuchlardan saqlovchi timsol. Ko‘proq ruhiy ma’noga ega bo‘lib, yuqori olamni ifodalaydi. Quyidagi parcha shu ma’no va vazifani aniq tavsiflaydi: “...Tabg'ach qag'anqa yag‘i bo'lmis, yag'i bo ‘lip, itinu yaratinu umaduq, yana ichikmis. Buncha isig kuchig birtukgaru saqinmati. “Turk bo’dun о ‘lurayin, urug’siratayin ”, tip armis, yo’qadu barir armis. Uza turk tangrisi, turk iduq subi yiri ancha timis: “turk bo'dun yo‘q bo'lmazun”, tiyin, “bo‘dun bo ‘Ichun, tiyin” , qangirn Iltaris qag‘anigо‘gim Ilbilga qatunig‘ Tangri to‘pasinta tutup yo‘garu ко ‘turmis arinch. Qangirn qag‘an yiti yigirmi arin tashiqmis, tashra yo‘riyur, tiyin, ku asidip baliqdaqi tag ‘iqmis, tag ‘daqi inmis, tirilip yatmis ar bo ‘Imis. Tangri kuch bartuk uchun qangirn qag‘an susi bo‘ri tag armis, yag'isi qo’ny tag armis, ilgaru, qurig‘aru sulap tirmish...” (Ktu 9-12)- ...Tabg‘ach xoqoniga dushman bo‘ldi, dushman bo‘lib, quvilib, o‘zini tiklashga umid qilib, yana taslim bo‘libdi. Shuncha mehnatini, kuchini sarf etganini andisha qilmay, Tabg‘ach xoqoni “turk xalqini o‘Idirayin, urug‘ini qoldirmayin”, der ekan, uni yo'qotib borayotgan ekan. Yuqorida turk tangrisi, turkning muqaddas suvi yeri shunday degan ekan: “Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin”, deb “xalq bo‘lsin”, deb otam Eltarish xoqonni, onam Ilbilga xotunni Tangri tepada tutib, yuqori ko‘targan ekan. Otam xoqon o‘n yetti yigiti bilan toqqa chiqib ketgan, tashqarida yuribdi, degan xabami eshitib, shahardagi toqqa chiqibdi, tog'dagilar pastga tushibdi, yig‘ilib, yetmish jangchi bo‘libdi. Tangri kuch bergani uchun, otam xoqonning qo‘shini bo‘riday ekan, dushmani qo‘yday ekan, sharqqa, g‘arbga qo‘shin tortgan ekan... Mazkur parchadagi Tangri so‘zi “xudo” ma’nosida qo‘llangani bois, turk xalqining asirlikdan qutulishi, muvaffaqiyatlari, dushman ustidan g‘olib kelgani Tangriga, ya’ni xudoga bog‘liq qilib qo‘yilgan. Turk xalqini Tangri, shuningdek, yer-suv o‘limdan- yer ostidan qutqarib, yuqoriga- uchinchi qavat olamga ko‘tardi, Eltarish xoqon o‘n yetti yigitni butun boshli lashkarga aylantirgan ekan, bu ham Tangrining himoyasi ostida bo'ldi. Eltarishning qo‘shinim bo‘riday va dushmanning lashkarini qo‘yday qilgan ham Tangridir. “Xudo” ma’nosida qo'llangan Tangri bilan “osmon” ma’nosida qo‘llangan tangrini bitikoshlar mualliflari juda yaxshi farqlaganlar- “ko‘k” so‘zi faqat osmon ma’nosidagi “tangri” so‘ziga nisbatan qo‘llangan; “xudo” ma’nosidagi Tangri so‘zi oldidan “ko‘k” so‘zi ishlatilmaydi. “Osmon” ma’nosidagi tangrigina qadimgi turkiy mifologiyada ota deb tasawur qilingan. Muallif Yo‘llig‘ tigin, qo-laversa, jamiki turkiy qavmlar “xudo“ va ’’osmon” ma’nosidagi tangri-lami yaxshi farqlaganlar, balki Tangrining xudoga aylangani haqida mif bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Zotan, bu bitiktoshlarda “xudo” ma’nosidagi Tangri ruhiy ma’no ifodalab, u haqdagi mifologik tasawur saqlangan, xolos. Tangri haqida mifga ishora qiladigan bir dalil bor. Bu- Irq bitigi- ning birinchi hikoyasidagi Tinsi timsolidir. Tinsi- xitoy podshohining unvonidir. Qadimgi turkiy qavmlaming tasawuriga ko‘ra, odam tushida Tinsini ko'rsa, hayotda muvaffaqiyatga erishar ekan.
Tangri (xudo)ning qadimgi turkiy mifologiyada, himoyachi vazi- fasidan tashqari, yana jazolovchi vazifasi ham bor: Tangri ancha timis irinch: “qan birtim”. (Qaningin) qo‘dip ichikding, ichikdukuchun tang­ ri “ol” timis, arinch, turk bodun olti, alqinti, yo'q bo'lti (To‘n., 2-3)- Tangri shunday degan, shekilli: “xonberdim”. (Xoningni) qo‘yib, taslim bo’lding, taslim bo‘lganing uchun Tangri “o‘l” degan, shekilli, urk xalqi o‘ldi, zaiflashdi, yo‘q bo‘ldi. O‘z xonidan yuz o‘girgan turkiy qavmlami Tangri qattiq jazoga yo‘liqtirdi- o‘limga, yo‘qolib ketishga mahkum qildi, ulami shu yoi bilan jazoladi.
Turkiy mifologiyada Umay kulti. Bitiktoshlaming mifologik tizi- mida Umay kulti ham bor. Bu kult onalami va bolalami himoya qiluvchi iloh. Qadimgi turkiylarda Tangri (xudo)ning umr yo'ldoshi deb tasawur qilingan. Tangri, Umay, iduq yir sub basa barti arinch (To‘n., 38) — Tangri, Umay, muqaddas yer-suv mag‘lub qilib bergan, shekilli.
Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘atit-turk” asarida Umay haqida to‘xtalib, quyidagicha izohlaydi: “umay- yo‘ldosh; (tuqqan xotinlar qomidan chiqadigan narsa). Uni bolaning qomidagi hamrohi- yo‘ldoshi deyiladi. Shunday maqol ham bor: Umayqa tabinsa, o‘g‘ul bo‘lur kim-ki Umayga xizmat qilsa, u o‘g‘il ko‘radi, demakdir. Xotinlar yaxshilik kutadilar”. Mahmud Koshg‘ariyning Umay haqida bergan ma’lunioti shundan iborat. Qadimgi davrlardan tortib XX asming boshlariga qa- dar Umay bolalami asrovchi iloh sifatida turkiy xalqlar orasida ya- shayvergan. Ayrim turkiy xalqlar mifologiyasida, masalan, xakas, shor, beltir xalqlarida Imay tarzida ham qo‘llanadi. Mahmud Koshg‘ariyning ko‘rsatishicha, tubutlar onani uma deb aytar ekanlar, shuningdek, uyga kelgan mehmonni ham uma der ekanlar (Devonu lug'atit-turk, 1 jild, 118-bet).
Umay/lmay kultining ma’no va vazifalari ко‘p. Shu bois ayrim olimlaming, Umay eron mifologiyasida Xumoydan kelib chiqqan, degan fikrlari o‘zini oqlamaydi. Xumoy qushi soyasini insonga solganda, inson baxtli bo‘lar ekan. Umay kulti Sibir turkiy xalqlarida keng ma’noda ish- latiladi. Umay bu xalqlarda faqat bolalami himoya qiluvchigina emas, balki bolalaming jonini oluvchi sifatida ham talqin qilingan.
Turk-budda mifologiyasida Umay kultining turkiy yozma yodgor- liklaridan va udumlaridan keskin farq qiladigan jihatlari bor. “Oltin yorug‘”da buning namunasini ko‘ramiz. Buddaviylik aqidasiga ko‘ra, “qayta tug‘ilgan” jonzotlar, shu jumladan, insonlar ham, bo‘disatvga aylanadilar, ya’ni komil bo‘ladilar. Jonzotlaming hammasi bu jarayon- ni bosib o‘tishlari kerak. Zervan jonzot bolalariga quyidagicha uqtira-di: “(Ey)olamni, yeru suvni muhofaza etuvchilar! Sizlar shuni bilinglar: foyda, manfaat keltirgani jamiki jonzotlar bolalariga, el-ulusga oshchi- lik qilish qonuni bilan so‘ragan bo‘lsangizlar, ijozat bering, uni endi men (sizlarga) aytayin. Diqqat bilan eshitinglar: (jonzotlar) ilgari qilgan axs- hi ishlar tufayli Tangri zaminida tug‘ilganda Tangri xoni bo‘ladilar. Qac- honki qayta tug‘ilib, insonlar orasiga tushganda, insonlar xoni o‘ladilar. Hukmronlik qiluvchi o‘z qudrati, irodasi bilan jamiki jonzotlar(ni) birga- likda muhofaza qiladilar. Shundan keyin xavf-xatarsiz ona qomiga kira- dilar. Qachon kirsalar ona qomiga, Umay onaday u yerda ham tangrilar muhofaza qiladilar. Tug‘ilsa, ham insonlar (orasi)da -insoniyat yerida ko‘p izzat-hurmatli bo‘lmoqdan uni Tangri deb aytadilar” (VI11 28a/20- 28b/21).
“Oltin yorug‘”dan keltirilgan bu parchada Umay ona kulti diqqat- ga sazovor. Garchi “Oltin yorug‘” sanskritchadan xitoychaga va xitoyc- hadan qadimgi turkiyga tarjima qilingan bo‘lsa ham (IX asr oxirida), Umay kulti tarjima jarayonida kiritilganini ta’kidlash darkor. Parchadagi Umay ona kulti buddaviylikning aynan “qayta tug‘ilish” aqidasiga mos- lashtirilgani uchun uning yana bir xususiyati namoyon boigan. Umay ona “Oltin yorug‘”da “qayta tug‘iladigan”lami muhofaza qiluvchi iloh deb talqin qilingan. Umuman olganda, qadimgi turkiy miflarning ildizlari juda ko‘hna, ishonchli manbalarda saqlangani bilan diqqatga sazovor. Qolaversa, turkiy miflar o‘zlikni anglashning bitta omili, shu bois bu miflar ajdodlarimizning ma’naviy hayotida muhim rol o'ynagani shubhasiz.



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish