O’zbek adabiyoti tarixi 2-kurs


Moniylik oqimi ta'siridagi turkiy adabiyot



Download 0,63 Mb.
bet2/25
Sana10.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#772151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
asosiy ma\'lumotlat kitoblar

Moniylik oqimi ta'siridagi turkiy adabiyot.
Moniylik ta'limoti xitoylik Moniy ibn Fatak (216-276) nomi bilan bog‘lanadi. Uning ta'limoti koinotda nur bilan zulmat o‘rtasida kurash bo‘lishiga asoslanadi. Shu sababli ham nur – Quyosh, Oy, ya'ni nur taratuvchi osmon jismlari muqaddas sanaladi va ularga tangri nomi bilan sig‘iniladi. Nur va zulmat o‘z mantig‘ini yaxshilik va yomonlik kurashida topadi. Moniylik VIII asrda uyg‘urlar o‘rtasida asosiy din sifatida tarqalgan. Tarixiy ma'lumotlarga ko‘ra, Buguxon 762 yilda Chin (Xitoy)ga safar qiladi. U yerda Moniy rohiblari bilan tanishadi, mamlakatiga qaytishida rohiblarni o‘zi bilan birga Qorabolg‘asun shahriga olib keladi. Moniylik turkiy adabiyot rivojiga ta'sir ko‘rsatgan dinlardan biridir. Bu oqimning ta'sirida turkiy adabiyotda «Xuastuanift» («Moniylar tovbanomasi») asari yuzaga kelgan. Uning qadimgi turkiy tildagi uchta nusxasi ma'lum. Ulardan London va Berlin nusxasi moniy, Sankt-Peterburg nusxasi esa eski uyg‘ur yozuvida bitilgan. Asarning yaratilish davri V.V.Radlov fikricha, taxminan V asr, S.E.Malov xulosasiga ko‘ra VII asrga to‘g‘ri keladi. O‘zbek olimlaridan professor N.Rahmonov tadqiqotlarida «Xuastuanift»ning g‘oyasi, tuzilishi, ahamiyati keng o‘rganilgan. Asar moniy jamoasi a'zolarining madhiyasi, ayni paytda nizomi ham hisoblanadi. «Xuastuanift» 15 bo‘limdan iborat. Kitobning ikkinchi bo‘limida Kun va Oy tangrilarning moniylikdagi vazifalari ko‘rsatiladi hamda ularning haqiqiyligini tan olishga chaqiriladi. S.E.Malovning «Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar» kitobida ham moniylarning tangriga tovba-tazarrulari bitilgan ibodatlaridan parchalar keltirilgan.
«MONIYLAR TAVBANOMASI»
Besh turli tirik mavjudotga nisbatan, birinchidan, ikki oyoqli insonlarga, ikkinchidan, to‘rt oyoqli tirik mavjudotlarga, uchinchidan osmonda parvoz etadigan mavjudotlarga, to‘rtinchidan suv ostidagi tirik mavjudotlarga, beshinchidan, sudralib yuruvchi tirik mavjudotlarga nisbatan gunohlarga botib, ushbu besh turli tirik mavjudotlarni buyugidan to kichigigacha xo‘rladik, nobud qildik, ozor yetkazdik. O‘zimiz gunohli bo‘la turib, ey, xudo, endi gunohlarimizdan ozod qilishingni, bizni kechirishingni sendan iltijo qilamiz.


Ey, xudo, biz so‘zda va amalda o‘n turli gunoh sodir etdik, biz gunohsizlarga tuhmat qildik, yolg‘on qasamyodlar aytdik, yolg‘onlar to‘qib, insonlarni qatl ettirdik, jodu ishlari bilan shug‘ullandik, nochorlarning bizga ishonib topshirgan omonatlarini o‘zimizniki qilib oldik, jonzotlarni o‘ldirdik, qatl etdik va ko‘pgina Oy va Quyosh xudolariga yoqmaydigan ishlar qildik va, umuman, yashash hayotimizda ko‘pgina xatolar sodir etdik, ayollarnikiga o‘xshash uzun liboslar kiydik, yoshligimizda yovuzlikka qo‘l urib, ushbu gunohlarni sodir etdik. Endilikda gunohimizdan o‘tishingni, bizni kechirishingni iltijo qilamiz…
Har kuni Oy xudosiga, muqaddas bitik va payg‘ambarlarga gunohlarimizdan kechishini so‘rab ibodat qilishimiz kerak edi. Mana endi o‘zimiz bilgan va bilmagan holda, turli sabablarga ko‘ra, ushbu aytilganlarni bajara olmadik. Gunohlarimizdan kechishingni so‘rab, sendan yolvoramiz, gunohlarimizni kech!
Yilda yetti marta qurbonlik keltirish qonuni mavjud edi. Yana ibodatxonada o‘tirib, har bir qurbonlik uchun ro‘za tutish kerak edi va yana har bir iloh oldida sidqidildan ibodat qilib, gunohimizdan o‘tishini iltijo qilishimiz kerak edi. Ey, xudo, ushbu aytganlaringga rioya qilmaganimiz uchun kechirishingni iltimos qilamiz!
Qanchalik yomon xayollarga borishimiz bilan, qanchalik madaniyatsiz va yomon so‘zlarni aytishimiz bilan, qanchalik biz qilish kerak bo‘lmagan ishlarni qilganimiz bilan o‘z mavjudligimizni yanada qiyinlashtirishimiz, yana besh ilohning nuri bilan oziqlanib, o‘z tanimiz va ruhimiz bilan iblisni sevamiz va o‘zimizni pastga, yer (do‘zax)ga tortamiz. Shuning uchun ey, xudo, bizning gunohlarimizdan o‘tishingni so‘rab iltijo qilamiz va bu gunohlarimizdan qutulish uchun ibodat qilamiz, bizning gunohlarimizni kechirgin!
Moniylik she'rlari orasida muallifi noma'lum ehtimol xalq og‘zaki ijoi namunasi hisoblangan «Tong tangrisi» alohida ahamiyatga ega. Uning tuzilishida naqarotning mavjudligi ushbu she'r moniylar o‘rtasida keng tarqalgan va ommaviy tarzda aytiladigan madhiya darajasiga ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin degan xulosani beradi. Madhiyaning asosiy mazmuni Kun va Oy tangrilarga murojaat etish orqali ularni ulug‘lashga qaratilgan.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish