Mifologik afsonalarda, asosan, er va osmon xudolari, homiy kuchlar, pirlar, avliyolarning g’ayritabiiy ishlari, insonlarga ko’magi, mifologik pahlavonlar, er yuzida odamning paydo bo’lishi hakida hikoya qilinadi. Ularning epizodlarida islomga qadar amal qilgan qadimgi dinlarga aloqador talqinlar uchraydi. Ibtidoiy insonlarning dunyoqarashi, tasavvur-tushunchalari, diniy e’tiqodlari namoyon bo’ladi.
Mifologik afsonalarning tuzilishi juda sodda bo’ladi. Ularda voqelik oddiy bayon qilinadi. Uning konflikti echimida fantastikaning hal qiluvchi rol o’ynashi- asosiy belgisidir.
Mifologik afsonalar miflar bilan genetik aloqadordir. Aniqrog’i, ularning aksariyati miflar asosida yuzaga kelgan. Sababi – ibtidoiy davrda mifologik qahramonlar muqaddas sanalgan va xalqning ma’naviy madadkoriga, ruhiy homiysiga aylangan. Bora-bora bu tasavvurlar unutilib, u haqdagi hikoyalar afsonalarda oddiy diniy hikoya qobig’ida saqlanib qolgan. Jumladan, Xizr nomi bilan bog’liq hikoyalar bunga misol bo’ladi. Xizr - mifologik obraz. U ba’zan cho’l piri, ba’zan hosildorlik homiysi sifatida talqin etiladi. Afsonalarda u obi hayot ichganligi uchun mangu barhayot, sehr-joduga ega, o’tda yonmas, zarb o’tmas qilib tasvirlanadi. U yana turli shakllarga evrila oladi: goh odam, goh jonivor, goh buyum ko’rinishida paydo bo’lib, odamlarga ko’mak beradi, yovuzlarga qarshi chiqib, ezgulikning g’alabasini ta’minlaydi.
Tarixiy afsonalar ma’lum bir tarixiy dalilyoki ma’lumot,tarixiy shaxs faoliyati haqida tinglovchiga xabar berish maqsadida hikoya qilinadigan, tarkibida real tarixiy shaxslar bilan bir qatorda xayoliy va mifik obrazlar ham ishtirok etadigan og’zaki nasriy asarlardir. Ularning syujetni tashkil etuvchi voqealar bayonida reallik bilan badiiy to’qima o’zaro qorishib ketadi. Bunday afsonalarda real hayotda yashab o’tgan kishilar haqida hikoya qilinsa-da, tarixiy shaxsning haqiqiy biografiyasi emas, to’qima biografiyasi beriladi. Ularda hayot haqiqati fantastik tasvir qobig’iga o’rab ifoda etiladi.
Tarixiy afsonalar muayyan tarixiy dalil va ma’lumotni asoslash, izohlash, xalqqa tushuntirish uchun xizmat qiladi.
Tarixiy afsonalarda real toponimlar bilan birga xayoliy –mifologik makon ham tilga olinadi. Unga ko’ra qaxramon er osti yoki suv osti mamlakatlariga, afsonaviy tog’lar o’lkasiga safar qiladi.
Shuningdek, tarixiy afsonalarda dev, pari, ajdar, chilton, yuho, ya’juj-ma’juj kabi bir qattor xayoliy va mifologik personajlar mavjud d bo’lib, ular aniq obrazlar bilan muomala-munosabatda tasvirlanadi. Mifologik obrazlar afsona syujetida bajaradigan vazifasiga qarab ikki tipga bo’linadi:
a) asosiy qahramonga homiylik qiluvchi, yordam beruvchi mifologik personajlar;
b) asosiy qahramonga raqib sifatida harakat qiluvchi mifologik personajlar.
Tarixiy afsonalarga xos bu belgilar epik tafakkurning tadrijiy 0258taraqqiyot tizimida uning mifologik afsonalardan keyingi stadial bosqichda shakllanganligini ko’rsatadi.
O’zbek xalq tarixiy afsonalari mavzu yo’nalishiga ko’ra uch turga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |