Loy: “Tez yordam va o‘t o‘chiruvchi mashina uchun yonar chiroqcha” (migalka)
Maqsad: Doira shaklini yasash malakasi rivojlanadi. Bolalar ranglarni ajratishni o‘rganadi
Jixoz va materiallar: Yashil va qizil rangda plastilin (loy), plastlin (loy) uchun taxtacha, xo‘l salfetka, yonar chiroqcha (migalka)
Faoliyatning borishi:
Tez yordam va o‘t o‘chirish mashinasi ovozini eshitish
O’yinchoqlar (tez yordam va o‘t o‘chirish mashinasini ko‘rish)
Plastlinlarni (loylar) rangiga qarab tanlab olish
Yonar chiroqchalar yasash
Rag‘batlantirish
Qo‘shimcha qism: Qizil, yashilli migalkani o‘chib yonishini tomosha qilish yasalgan migalkalari bilan o‘yin o‘ynash (migalkani ovoziga taqlid qilib)
E’tiborga molik jixat: tez yordam va o‘t o‘chiruvchi mashinalarning migalka tovushi xavf borligi, yordam talab etilishi, mashinalar yo‘lni bo‘shatishi xaqida ekanligi xaqida tushuncha berish.
Nutq va til markazi
“Kimga nima kerak?” o‘yini
Maqsad: Bolalar kasblarga oid (o‘t o‘chiruvchi, shifokor, xaydovchi) buyumlar bilan tanishadi, buyumlar nima uchun kerakligi xaqida tushuncha xosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |