Eritrotsitlarning taxminan 2-3 protsenti esa ham kislotali, ham ishqoriy bo`yoqlar bilan bo`yalish (polixromatofiliya) xususiyatiga ega. Agar eritrotsitlarni hali tirik vaqtida (supravital) brilliantkrezil ko`k yoki azur-I bo`yog`i bilan bo`yasak, ularning ma’lum bir qismida havorang bo`yalgan va ipchalar bilan tutashgan donachalarni ko`ramiz. Bu tuzilmalar donador-to`r modda (subslantia reticulo-filamentosa ) nomini olib, o`zida shu tuzilma-larni tutadigan eritrotsitlar esa gemoretikulotsitlar deyiladi. Gemoretikulotsitlar miqdori sog`lom odamda 1-6% bo`lnb, ularning miqdori turli kamqonlik kasalliklarida ko`payadi. Elektron mikroskop ostida gemoretikulotsitlarda (haemoreticulocytus) endoplazmatik to`r, ribosomalar va mitoxondriylarning qoldiqlari saqlanib qolganligi aniqlangan. Demak, gemoretikulotsitlar hali oxirigacha yetilmagan yosh eritrotsitlardir. Eritrotsitlarning taxminan 2-3 protsenti esa ham kislotali, ham ishqoriy bo`yoqlar bilan bo`yalish (polixromatofiliya) xususiyatiga ega. Agar eritrotsitlarni hali tirik vaqtida (supravital) brilliantkrezil ko`k yoki azur-I bo`yog`i bilan bo`yasak, ularning ma’lum bir qismida havorang bo`yalgan va ipchalar bilan tutashgan donachalarni ko`ramiz. Bu tuzilmalar donador-to`r modda (subslantia reticulo-filamentosa ) nomini olib, o`zida shu tuzilma-larni tutadigan eritrotsitlar esa gemoretikulotsitlar deyiladi. Gemoretikulotsitlar miqdori sog`lom odamda 1-6% bo`lnb, ularning miqdori turli kamqonlik kasalliklarida ko`payadi. Elektron mikroskop ostida gemoretikulotsitlarda (haemoreticulocytus) endoplazmatik to`r, ribosomalar va mitoxondriylarning qoldiqlari saqlanib qolganligi aniqlangan. Demak, gemoretikulotsitlar hali oxirigacha yetilmagan yosh eritrotsitlardir. Eritrotsitlar osmotik bosim o`zgarishiga juda sezgir. Gipotonik eritmalarda ular shishib yoriladi, bu hodisa eritrotsilarning gemolizi (haema - qon, lysis - erish) deyiladi. Gipertonik eritmalarda esa eritrotsitlar bujmayadi. Gemoliz protsessi eritrotsitlardan gemoglobinning chiqib ketishiga olib keladi. Gemolizga uchragan eritrotsitlar qobig`ini elektron mikroskop ostida o`rganish juda qulay. Eritrotsitlar qobig`i tipik uch qavatli biologik membranadan iborat bo`lib, uning tashqi yuzasida fosfolipidlar, oligosaxaridlar va proteinlar joylashadi. Ichki yuzada esa aktiv glikolitik fermentlar, ATF-azalar va glikoproteinlar mujassamlashgandir. Eritrotsitlar qobig`i yoki plazmolemmasi yarim o`tkazuvchi membrana bo`lib, qon va to`qimalar orasida aktiv modda almashinuvini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |