Qon plastinkalari qonda turli shakllarda, ya’ni yosh, yetuk va qari plastinkalar shaklida uchrashi mumkin. Yosh plastinkalar to`q binafsha rangga bo`yalgan granulomer zonaga va och pushti gialomer zonaga ega bo`ladi. Patologik holatlarda qonda degenerativ plastinkalar va gigant (7-9 mkm keladigan) plastinkalar uchrashi mumkin. Qon plastinkalari qonda turli shakllarda, ya’ni yosh, yetuk va qari plastinkalar shaklida uchrashi mumkin. Yosh plastinkalar to`q binafsha rangga bo`yalgan granulomer zonaga va och pushti gialomer zonaga ega bo`ladi. Patologik holatlarda qonda degenerativ plastinkalar va gigant (7-9 mkm keladigan) plastinkalar uchrashi mumkin. Qon plastinkalari muhim biologik vazifalarni o`tab, bu vazifalardan eng avvalo ularning qon ivishidagi rolini qayd qilib o`tish kerak. Ularda trombokinaza, tromboplastin va hokazo (12 ga yaqin) faktorlar bo`lib, bu faktorlar qon ivish jarayonida aktiv ishtirok etadi. Trombotsitlarda 50 ga yaqin fermentlar borligi aniqlangan. Qon plastinkalarining soni simpatik nerv sistemasi qo`zg`alganda, haddan tashqari jismoniy harakatlarda, taloq olib tashlanganda va boshqa hollarda ko`payib ketishi mumkin. Bu hol trombotsitoz deb ataladi. Plastiikalar sonining kamayishi - trombotsitopeniya ham turli kasalliklarda uchraydi. Qon plastinkalarining yashash muddati qisqa bo`lib, o`rtacha 5-8 kunga teng. Gemogramma. Gemogramma tushunchasi qon shaklli elementlarining miqdoriy nisbati, gemoglobin miqdori, eritrotsitlarning cho`kish reaksiyasi (SOE), gematokrit ko`rsatkichi va boshqalarni o`z ichiga oladi. Bu ko`rsatkichlar meditsina praktikasida muhim ahamiyatga ega. Gemogrammani bilish har bir vrach uchun muhim ahamiyat kashf etadi. Turli leykotsitlar protsent miqdorining nisbati leykotsitar formula yoki Shilling formulasi deb ataladi. Hozirgi vaqtda normal leykotsitlar formula ko`rsatkichlari qilib quyidagilar qabul qilingan. Gemogramma. Gemogramma tushunchasi qon shaklli elementlarining miqdoriy nisbati, gemoglobin miqdori, eritrotsitlarning cho`kish reaksiyasi (SOE), gematokrit ko`rsatkichi va boshqalarni o`z ichiga oladi. Bu ko`rsatkichlar meditsina praktikasida muhim ahamiyatga ega. Gemogrammani bilish har bir vrach uchun muhim ahamiyat kashf etadi. Turli leykotsitlar protsent miqdorining nisbati leykotsitar formula yoki Shilling formulasi deb ataladi. Hozirgi vaqtda normal leykotsitlar formula ko`rsatkichlari qilib quyidagilar qabul qilingan. Leykotsitlar miqdori 1 mm3 qonda 3,8-9 ming (3,8-9x109/l) atrofida bo`ladi, shulardan: neytrofillar-65-70% ni (segmentlilari-60-65% ni, tayoqcha yadrolilar-2-4% ni, yosh neytrofillar yoki metamiyelotsitlar 0-0,5% ni), eozinofillar-2-5% ni, bazofillar-0,5-1% ni, limfotsitlar-20- 35% ni, monotsitlar-6-8% ni tashkil etadi.
E’tiboringiz uchun tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |