Qon plastinkalari eritrotsitlar va leykotsitlar bilan bir qatorda qonning uchinchi xil shaklli elementlarini tashkil etadi. Leykotsitlar va eritrotsitlardan farqli ravishda qon plastinkalari haqiqiy hujayralar bo`lmay, suyak ko`migidagi gigant megakariotsit hujayralari sitoplazmasining mayda (kat-taligi 2-3 mkm) parchalari hisoblanadi. Shu tufayli trombotsit termini odam qon plastinkalariga nisbatan unchalik to`g`ri emas. Uzida yadro saqlovchi va haqiqiy hujayralar bo`lgan trombotsitlar faqat tuban umurtqalilarda (masalan, baqa qonida) kuzatiladi va Reklengauzen hujayralari deb ataladi. Normal sharoitda qon plastinkalarining miqdori odamda 1 mm3 qonda 200000 dan 300000 gacha (200-300X 109/l) bo`ladi. Qon plastinkalari odatda yumaloq va oval shaklga ega bo`lib, ularda periferik, strukturaga ega bo`lmagan zona - gialomer va markaziy, donador zona - granulomer tafovut etiladi.
Elektron mikroskop ostida qon plastinkalarining ko`p sonli bo`rtmalar - psevdopodiyalarga egaligi ko`rinadi. Ularning soni va kattaligi plastinkalarning funksional holatiga bogliq bo`ladi. Donador zona yoki granulomerda har xil kattalikka ega bo`lgan (30 nm dan 0,2 mkm gacha) donachalar ko`rinadi (64-rasm). Donachalarning asosiy qismini alfa-donachalar tashkil etadi. Ularning markaziy qismida yuqori elektron zichlikka ega bo`l-gan mag`zi bo`lib, ularda fosfatazalar va mukopolisaxaridlar borligi aniqlangan. Alfa-donachalardan tashqari granulomer-da o`ta yuqori zichlikka ega donachalar ham mavjuddir. Bu donachalar o`zida serotonin (5-gidroksitriptamin) saqlaydi. Yuqorida qayd etilgan donachalardan tashqari, qon plastinkalarining granulomer zonasida mitoxondriyalar, vezikulalar va mikronaychalar ham joylashadi. Ularning orasida to`da-to`da bo`lib yotgan glikogen zarrachalarini yoki «glikogen paketlarini» uchratish mumkin.