5 - MA‘RUZA
MAVZU:
OVQAT HAZM QILISH ORGANLARINING YOSH
XUSUSIYATLARI, MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI,
OVQATLANISH GIGIYENASI
R e j a :
1. Ovqat hazm qilish tizimining umumiy tuzilishi.
2. Ovqat hazm qilish tizimining ish xususiyatlari.
3. Organizmda modda almashinuvi.
4. Ovqatlanish gigiyenasi.
Tayanch tushunchalar:
Sut tishlar, oshqozon, jigar, surilish, moddalar almashinuvi, oqsil, yog’lar, uglevodlar,
vitamin.
Odam hayot faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o’sib, rivojlanishi uchun tashqi muxitdan
ovqat moddalarigi qabul qiladi. Ovqat xazm qilish kanalida mexanik maydalanadi, ximik
parchalanadi, so’riladi.
Odamning xazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo’lib, devori uch qavatdan: ichki shilliq,
o’rta-muskul, tashqi-seroz qavatlaridan tuzilgan. Ovqat xazm qilish kanaliga: og’iz bushligi va
undagi organlar xalqum, qizil o’ngach, oshqozon, ingichka va yug’on ichaklar, yirik bezlardan-
jigar, me‘da osti bezi kiradi. Ovqatning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar,
mineral tuzlar va suv bo’ladi.
Og’iz bushlig’i og’iz daxlizi va haqiqiy og’iz bushlig’idan tashkil topgan bo’lib, bu yerda
ovqat tishlar yordamida mexanik maydalanadi, sulak bezlaridan ishlab chiqarilgan sulak
yordamida qisman ximik parchalanadi, ovqat luqmasi so’lak bilan aralashadi. Og’iz bo’shligi
shillik parda bilan qoplangan bo’lib, mexanik, ximik, temperatura ta‘siriga chidamlilik
xususitgiga ega. Tishlar yuqorisi va pastki jag’ suyaklariga maxkamlangan bo’lib, h ar bir
tishning koronkasi, buyni va ildizi ajratiladi. Tish asosan demtin xujayralaridan tuzilgan bo’lib,
ustidan qattiq emal bilan qoplangan bo’ladi. Katta odamlarda tishlar 32 ta bo’lib, 16 tadan
joylashgan, yarmisida 2 ta kurak, 1 qoziq 2 kichik va 3 katta oziq tishlari bor. Uchinchi kapa
oziq tishlari aql tishlari deb yuritiladi. So’lak bezlariga til osti, jak osti, quloq osti bezlari kiradi.
So’lak bezlaridan so’lak tinimsiz ishlab chiqariladi. So’lak shartsiz, shartli reflekslar asosida
ajraladi.
Yutish. Yutish murakkab fiziologik protsess bo’lib, nerv markazi uzunchoq miyada
joylashgan. Yutish nafas olish bilan bog’liq. Ovqat luqmasi chaynalib, so’lak bilan
aralashgandan so’ng, silliqlanib til yordamida yutkumga utkaziladi. Yutish vaqtida markazga
intiluvchi til tomoq nerv impulslar nafas olish markaziga borib, nafas olishni tormozlaydi so’ng
yutqum muskullariga impulslar kelib, ovqat luqmasi yutiladi. Ovqat yutilgandan so’ng qizil
ungach orkali oshqozonga o’tadi. Ona qornida bolaning 5 oyligidan boshlab sut tishlarining
xujayralari vujudga kela boshlaydi. Bolaning 6-8 oyligidan boshlab, sut tishlari chiqa boshlaydi.
Avval 6 oylikdan kesuvchi so’ng sut tishlari, kichik oziq tishlar chiqadi. Sut tishlari 20 ta
bo’ladi: 2ta kesuvchi, 1ta qoziq 2 ta kichik oziq tishlari. Sut tishlari (5-7 yoshdan boshlab doimiy
tishlar bilan urin almashinadi. Bolaning 7 yoshpda birnnchi katta oziq tishi, 8 yoshida 1nchi
kesuvchi tishi, 9 yoshida 2nchi kesuvchi, 10 yoshda 1nchi kichik oziq tishi, 13—16 yoshida katta
oziq tishi, 11-15 yoshida 2nchi oziq tishlar; 18-30 yoshida 3 nchi oziq tishlar chiqadi.
Bolalarning sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinish davrida tishlarni parvarish qilishni
o’rgatish lozim. Uxlashdan avval tishlarni chutka va poroshok bilan tozalash, ovqatlangandan
so’ng og’izni iliq sovuq suv bilan chayqash zarur. Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni
iste‘mol qilishi, tishi bilan qattiq narsalarni maydalashi mumkin emas. Bolalarda ovqat
chaynashni davomliligi avval uzoqroq bo’lsa, sung kamaya boradi, Bolalarning 11-12 yoshida
ovqat moddalariga bir sutkada 200sm. ovqatdan tashqari vaqtida 400-600 sm3 ajraladi. Bu so’lak
tarkibida pgialin fermentining kontsentratsiyasi yuqori bo’ladi, 2
yoshdan 15 yoshgacha so’lakning tarkibidagi oqsil miqdori ortib boradi.
Ovqatning oshqozonda xazm bulishi. Oshqozon ovqat xazm qilish kanalining kengaygan
qismi h isoblanib, katta odamlarda noksimon shaklida bo’ladi. Oshqozonning kirish va chiqish
qismlari, tubi, katta, kichik aylanalari ajratiladi. Oshqozonning kirish va chiqish qismlari
muskullardan tuzilgan bo’lib, sfinter deb yuritiladi. Oshqozon h am boshqa xazm kanallari
singari shilliq, muskul, seroz qavatlaridan tuzilgan bo’ladi. Oshqozon shilliq kavatining ostida 14
mln. oshqozon bezlari joylashgan bo’ladi. Oshqozon muskullari qisqargan vaqtda ovqat
aralashadi. Oshqozonning h ajmi katta odamlarda o’rta h isobda 2,5-3 dm3 yetadi. Ularda bir
sutkada 1,5-2 dm3 oshqozon shirasi ishlab chiqariladi. Oshqozon shirasining 99% suv, 0,3-0,4%
organik modda va tuzlardan iborat.
Oshqozon shirasi kislotik xususiyatga ega bo’lib, tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota
saqlanadi. рН-2,5 teng. Oshqs zon bezlarida shillik modda h am ishlab chiqariladi. Bu modda
shilliq qavatni turli ximik, mexanik ta‘sirlardan saqlaydi. Turli ovqat moddalariga turli miqdorda
oshqozon shirasi ajraladi. Oshqozon shirasining ajralishi nerv-nerv-gumoral yo’lda ajraladi. Nerv
yo’lida shira ajralishi shartli va shartsiz reflekslar asosida bo’ladi (Ovqat kurmaganda h idiga h
am oshqozon shirasining ajralishi) Oshqozon shirasining nerv-gumoral yo’lda ajralishida ovqat
tarkibidagi moddalar qonga surilgandan so’ng qon orqali oshqozon bezlariga kelib ularni
faoliyatini kuchaytiradi. Ovqatlangandan so’ng oshqozon tulqinsimon qisqarib ovqat oshqozon
shirasi bilan aralashadi. Katta odamlarda aralash ovqat oshqozonda 3-4 soatdan sung 12
barmoqli ichakka utadi. Sut va sutli ovqatlar oshqozondan o’n ikki barmoqli ichakka tez utadi.
Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozon ning xajmi h am uzgarib boradi. Yangi
tug’ilganlarda - 30-45sm3 bo’lsa, 10-12 yoshda 1500sm3 bo’ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan
oshqozon ning shakli h am o’zgarib boradi. 2 yoshgacha oshqozon nok shaklida bo’lsa, 7 yoshda
retorta kolba shaklida bo’ladi. Bolalarda oshqozonning shilliq qavati nozik bo’lib, juda ko’p qon
tomirlari bilan ta‘minlangan bo’ladi. Oshqozon bezlari mayda, yo’llari torroq bo’ladi.
Usmirlarda oshqozon mexanik ta‘sirlanganda ajralgan shiraning miqdori katta odamnikidan 2
marta kam bo’ladi. 5-6 yoshda bolalar oshqozon shirasida xlorid kislota mikdorining kam
bo’lishi bakteriyalarni zararsizlantirish xususiyatini kamaytiradi. Bolalar oshqozon shirasining
tarkibida: pepsin, ximozin, lipaza, amilaza va boshqa fermentlar bo’ladi. Lekin bu
fermentlarining kuchi h am Bolalarda (ko’krak yoshidagi) oshqozonning kirish qismidagi kardiy
sfinktiri mustaxkam berkilmaydi. 10—12 yoshda oshqozon xarakati kuchayadi. Oshqozon
massasi h am yosh bilan o’zgarib boradi. M-n: Chaqaloqlarda - 6,5 g, 14-20 yoshda 127 g, 20
yoshdan so’ng 155. g. Oshqozon massasi yosh bilan barobar 24 marta, gavda esa 20 marta
kattalashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |