O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“MOLIYA VA BUXGALTERIYA HISOBI” kafedrasi «Biznesda buxgalteriya hisobi» fanidan taqdimot materiallari
Ma’ruzachi: K. Maxkamboyev
- Mavzu: Biznes sub’ekti, uning manfaatdor tomonlari va tashqi muhit
REJA: Biznes (inglizchada lug‘aviy “ish”, “mashg‘ulot”, “korxona” ma’nolarini anglatadi)-foyda olish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro’yxatidan o‘tib, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ish bajarish kabi qonuniy faoliyat bilan shug‘ullanishdir. Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar biznesmen (tadbirkor) hisoblanadi. - Biznes (inglizchada lug‘aviy “ish”, “mashg‘ulot”, “korxona” ma’nolarini anglatadi)-foyda olish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro’yxatidan o‘tib, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ish bajarish kabi qonuniy faoliyat bilan shug‘ullanishdir. Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar biznesmen (tadbirkor) hisoblanadi.
Tadbirkorning biznes qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadi foyda olish bo‘lib hisoblanadi. Tadbirkorning foyda olishga qaratilgan harakati jamiyat a’zolari bo‘lgan davlat, aholi va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari manfaatlarini qondirishga yo‘naltiriladi. Natijada jamiyat va tadbirkor manfaatlarida uyg‘unlik paydo bo‘ladi. Ushbu manfaatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va uni tartibga solish oqilona siyosatni shakllantirish davlatning muhim vazifalaridan hisoblanadi. - Tadbirkorning biznes qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadi foyda olish bo‘lib hisoblanadi. Tadbirkorning foyda olishga qaratilgan harakati jamiyat a’zolari bo‘lgan davlat, aholi va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari manfaatlarini qondirishga yo‘naltiriladi. Natijada jamiyat va tadbirkor manfaatlarida uyg‘unlik paydo bo‘ladi. Ushbu manfaatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va uni tartibga solish oqilona siyosatni shakllantirish davlatning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
soliq to‘lovchi sifatida davlat soliq xizmati, statistika organlarida hisobda turish;
standartlashtirish talab etiladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sertifikatlar olish
hisob raqamlarga ega bo‘lish
sanitariya-epediomologik talablarni bajarish
litsenziyalanadigan, ruxsat talab etiladigan faoliyat turlari uchun litsenziya va ruxsat olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat bilan shug‘ullanish uchun davlat ro’yxatidan o‘tish
TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANISHGA QO’YILADIGAN TALABLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |