Yuridik shaxslar tijorat va tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlarga bo‘linadi. Foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadida tashkil etilgan tashkilot tijoratchi, foyda olishni maqsad qilib olmagan tashkilot esa tijoratchi bo‘lmagan tashkilot hisoblanadi. Tijoratchi tashkiloti hisoblangan yuridik shaxslar biznes sub’ektlari hisoblanadi.

Yuridik shaxs sifatida biznes faoliyatini yurituvchi sub’ektlar sheriklari ularning muassislari hisoblanadi. Yuridik shaxslar mulkdor, ular vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida tashkil etiladi. Mulkdorlar, xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi sub’ektlari yoxud ular vakil qilgan shaxslar yuridik shaxslarning muassislari hisoblanadi.
Biznes sheriklar huquq va majburiyatlari, ustav kapiladidagi ulushlari yuridik shaxsni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis hujjatlar hamda ustavida belgilab qo‘yiladi.
Shuningdek yuridik shaxs ustavida:
uning to‘liq (agar bo‘lsa qisqartirilgan) firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
faoliyatining sohasi (asosiy yo‘nalishlari) va maqsadi;
ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
yuridik shaxsni boshqaruv organlari, ularni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari;
foydani taqsimlash va zararlarni qoplash tartiblari o‘z aksini topadi.
Yuridik shaxsning ta’sischisi boshqa yuridik shaxs yoki davlat bo‘lishi ham mumkin. Bunday hollarda biznes sherik davlat yoki yuridik shaxsni ta’sis etgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Biznesga ta’sir etuvchi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va texnologik omillar
Biznes faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar juda ko‘p bo‘lib, ularni mazmuni bo‘yicha iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va texnologik kabi omillarga bo‘lish mumkin. Biznesmen yoki boshqaruvchi uchun har bir omilni chuqur o‘rganish zarur bo‘ladi. Chunki boshqaruv biznes uchun eng qulay variantni tanlashni talab etadi.