Uchinchi bosqich snaryadga tyezlanish byerish uchun sa’y harakatlarni yo’naltirish zaruriyati bilan tasniflanadi.
Gandbolda zarba byerish haqida to’xtalganda, to’pga tyezlik byerishning uchta bosqichiga, zarba byerishning uchta fazasi muvofiq kyeladi. Zarbalarni fazalar bo’yicha ajratishda ko’pchilik mualliflarning fikrlari, garchi ular bu fazalarni har xil mamlakatlarda bir-biriga mos kyeladi (A.A. Danilov, 1974; T.P. Ivanova, S.I. Doroxov, 1985; V.P. Ivahyenko, 1982; V.Ya. Ignatova, 1983; I.V.Pyetrachyeva, 1986). Bu zarbaning tuzilishi masalalari yuzasidan ko’pchilik mualliflarning tadqiqotlarini umumlashtirgan holda jadval tuzdik (1-jadval).
Gandbolchining zarba byerishida harakat sonini to’pga o’tkazish myexanizmlari sof holda har doim ham uchramaydi. Ular o’yin faoliyatining o’zgaruvchan ishtirokchilariga bog’liq holda o’zgarishi mumkin. Bundan tashqari, gandbolda zarba byerishni tuzishning o’ziga xos myexanizmlari mavjud:
zarba byerishda harakat sonini to’pga o’tkazish myexanizmi;
o’yinchining zarba byerish paytida tayanch bilan o’zaro ta’siri myexanizmi;
kinyematik zanjir xalqalarining qatьiy ravishda to’liq bajarilishini tartibga solish myexanizmi;
zarba byerishda harakatlarni tuzishdagi stryech-ryeflyeks myexanizmi; zarba byerishda barmoqlarning to’p bilan o’zaro ta’siri myexanizmi.
Zarba byerish tyexnikasini nazorat qilish muammosi tadqiqotchilar tomonidan uzoq vaqtdan byeri o’rganib kyelinadi.
1949 yildayoq, B.I. Ivaxshi shuni ta’kidlab o’tganki, gandbolda to’p bilan zarba byerish samaradorligi uning aniqligi, kuchi (to’pning uchib chiqish tyezligi) va zarba byerish vaqti bilan baholanadi. G.P. Ivanova, S.I. Doroxov ushbu fikrga qo’shilgan holda shuni qo’shimcha qiladilarki, kuch va aniqlik qiymatlari maksimal namoyon qilinishgacha yaqinlashishi, bajarish vaqti esa minimumgacha bo’lishi lozim.
Zarba byerishda ushbu shartlarni bir vaqtning o’zida uyg’unlashtirish favqulodda (ekstryemal) holatlarda mumkin emas. Chunki zarbani kam vaqt bajara turib, uning kuchini bir xil darajada ushlab bo’lmaydi.
O’yinchi zarba kuchini oshirayotib, uni bajarish vaq-tidan ortiq qoladi, zarbani tyezroq amalga oshirayotib esa to’pning uchib chiqish tyezligida yutkazadi. Gandbolchi mu-ayyan o’yin vaqtida zarbani bajarish sharoitlaridan kyelib chiqqan holda hamma zarba byerish tyexnikasi paramyetrlari uyg’unligining ma’lum bir variantini tanlaydi.
Yuqorida aytib o’tilganidyek, biomyexanikada gand-boldagi zarba byerish siljituvchi harakatlar toifasiga kiradi. Siljituvchi harakatlardagi harakat kuchi, odatda, bir zumlik kinyematik zanjirning yakuniy bo’g’ini kabi namoyon bo’ladi (V.M. Zatsiorskiy,1979). Agar harakatga faqat zarba byerayotgan qo’l mushaklarigina emas, balki oyoqlar, tana mushaklari ham jalb etilsa, ushbu holda kinyematik zanjirning yakuniy bo’g’ini maksimal kuchni namoyon qilishi mumkin. Harakat «Qamchi» myexanizmi bo’yicha yoki tyezlikni bo’g’indan-bo’g’inga kyetma-kyet uzatish orqali quriladi (D.D. Donskoy, V.N. Tutyevich, 1969).
Gandbolda zarbaga tyezlik byerishning qatьiy kyetma-kyetligi mavjud: boldir, son, tana, yelka, bilak, to’p tutgan qo’l panjasi (N.A. Yankyelich, 1987). Quyidagi hollarda uloqtiruvchi kinyematik zanjirning yakuniy bo’g’ini tyezligi eng yuqori bo’ladi:
agar, har bir bo’g’inlar massasiga eng kattasidan boshlab navbatma-navbat tyezlik byerishga amal qilinsa;
agar, oldingi massaning tyezligi maksimum darajaga yetgan paytda, kyeyingi massaga tyezlik byerish boshlansa;
agar, kyeyingi bo’g’im mushaklarining kuchi oldingi mushaklar kuchi nolga tyeng bo’lgan paytda ishga tushsa, bunday hollarda
Shunday qilib, zarba byerishda to’p tyezligi gavdaning alohida bo’g’inlari: oyoqlar, tana va qo’llar tyezligining yig’indisi natijasi hisoblanadi. Har bir kyeyingi bo’g’in, oldingisi maksimal tyezlikka erishganda, o’z harakatni boshlaydi. Sportchilar malakasi oshib borgan sari gavdadagi alohida bo’g’inlarning (tos-son bo’g’inidan boshlab to’p uloqtiruvchi qo’l o’rta barmog’ining distal bo’g’inigacha) maksimal tyezligi qiymatlari ortadi. Oqilona zarba byerish tyexnikasining byelgisi nafaqat bo’g’inlarni maksimal tyezlikkacha tyezlashtirish, balki ularni kyetma-kyet to’xtatish hisoblanadi.
Biron-bir bo’g’inning vaqtliroq yoki kyechroq maksimal tyezlik olishi natijani pasaytiradi. Turli xil malakadagi sportchilar maksimal tyezliklar hamda to’pning uchib chiqishiga qadar ularga erishish vaqtining qiymatlari bo’yicha ajralib turadilar (2-jadval).
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |