Otmning nomi va joylashgan manzili


Mavzu 19: Qo’l to’pi. O’yin texnikasi va taktikasini o’rganish. O’quv o’yini



Download 4,53 Mb.
bet48/90
Sana13.02.2023
Hajmi4,53 Mb.
#910786
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90
Mavzu 19: Qo’l to’pi. O’yin texnikasi va taktikasini o’rganish. O’quv o’yini.
O’yinda muvaffaqiyatga erishish asosan to’g’ri harakat qilishga bog’liq. Buning uchun o’yinni boshqarishda xilma-xil taktik vositalardan foydalanmoq kyerak.
Taktika dyeganda, o’yinchilarning raqib ustidan g’alaba qozonishga qaratilgan shaxsiy yoki jamoa harakatlari tashkil qilinishini, ya’ni jamoa o’yinchilarining muayyan ryejaga binoan aynan shu, aniq raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishga imkon byeradigan birgalikdagi harakatlarni tushunish kyerak.
Taktikadagi asosiy vazifa hujum va himoya xarakatlarining maqsadga erishtira oladigan eng qulay vosita, usul va shakllarni byelgilashdan iboratdir.
Qanday taktikani tanlash har bir alohida holda jamoa oldida turgan vazifalarga, kuchlar nisbati va o’yinchilarning o’zaro kurashuvchi guruhlariga, maydonning ahvoliga, iqlim sharoiti va hokazolarga bog’liq.
Qo’l to’pi o’yinida ko’p martalab hujumdan himoyaga va himoyadan hujumga o’tishdan iborat bo’lgani uchun ham, tabiyki, har qaysi jamoaning hujum va himoya harakatlari uyushgan bo’lishi kyerak.
Taktika uchrashuv vaqtida butun o’yin faoliyatining asosiy mazmuni hisoblanadi. Aniq raqibga qarshi to’g’ri tanlangan kurash taktikasi muvaffaqiyat qozonishga yordam byeradi, noto’g’ri tanlangan yoki uchrashuv mobaynida asqotmagan taktika esa odatda mag’lubiyatga olib kyeladi.
Qo’l to’pi o’yinida taktika bilan tyexnika bir-biriga chambarchas bog’lanib kyetgan bo’ladi. To’pni kimga va qanday uzatishni, raqibni dog’da qoldirish usuli to’p bilan ximoyani yorib o’tishni ishlatish kyerakli yoki to’pni shyerigiga uzatish ma’qulmi, darvozaga qaysi paytda to’p otishni hal qilayotgan o’yinchi taktik tafakkuridan foydalaniladi, qilmoqchi bo’lgan harakatini amalga oshirilayotganda esa u tyexnik mahoratini namoyish qiladi. Dyemak, tyexnika o’yinchining taktik ryejalarini amalga oshirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Tyexnik tayyorgarlik a’lo darajada bo’lsagina xilma-xil taktik harakatlarni bajarish mumkin.
Kuchi tyeng jamoalar uchrashuvidagi g’alabaga ko’pincha mag’lub bo’lganlarda iroda kamlik qilgani yoki jismoniy va tyexnik tayyorgarlik bo’sh bo’lgani sabab qilib ko’rsatiladi. Lyekin qo’l to’pi o’yinidagi g’alaba ko’pincha taktik ryejalar kurashi bilan byelgilanadi. Taktika ikki jamoaning jismoniy, tyexnik va irodaviy tayyorgarlikdagi darajalari tyeng bo’lganda, ulardan birini g’alaba qilishini ta’minlab byeradigan muhim omildir. Oldindan mukammal o’zlashtirib ishlatilgan taktika muvaffaqiyat kyeltira oladi. Ba’zi jamoalar har qanday raqibga qarshi o’ynaganda ham bir xil taktika ishlatavyeradilar. Taktik jihatdan bunday qashshoqlik, bir xillik mahoratning o’sa borishiga to’sqinlik qiladi. Har bir jamoa, ayniqsa, yuqori malakali jamoa xilma-xil taktik ryejada o’ynay bilishi kyerak, aks holda u, ayrim yutuqlari bo’lishiga qaramay, musobaqalarda katta g’alabaga erisha olmaydi.
O’quv-mashg’ulot jarayonida taktik tayyorgarlikka jiddiy e’tibor byeriladi. Har bir o’yinchi, va, umuman jamoa harakatlarning xilma xil variantlarini mukammal egallagan bo’lishi lozim.
Hujum va himoyada qo’llaniladigan taktik harakatlar qarama-qarshi vazifalarni yechish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun taktika ikki katta turkumga-hujum taktikasi va himoya taktikasiga ajratiladi.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish