Taxlillar:
qonda o’zgarish yuk. Yiringli
bronxitda leykotsitoz, SOE ortishi
mumkin, astma sindromida - eozinofiliya.
R – da o’pka rasmi kuchaygan. Emfizema rivojlanganda – o’pka tinikligi
oshadi.
Bronxoskopiya – kataral endobronxit
deformatsiyasida gemorral, yiringli
o’zgarishlar kuzatiladi.
TASHXIS
: farklash kerak
Surunkali zotiljam
o’pka sili
o’pka raki
DAVOLASH. KOMPLEKS DAVO.
Kasallik qo’zg’algan paytda etiotrop va patogenetik davo qo’llaniladi.
Bemorni kasalxonaga yotkizish kerak. Yengilrok kechadigan surunkali bronxitni
kunduzgi statsionarda davolasa bo’ladi.
Davolash jarayonida ko’pincha antibiotiklarni o’zgartirib
turishga tugri
keladi – mikrob florasi antibiotikka o’rganib koladi. Agar flora ta’sirchanligini
aniklash imkoni bo’lmasa, davolanishni penitsillin katoridagi antibiotiklardan
boshlash kerak. Penitsillin katoridagi antibiotiklarni ko’tara olmagan takdirda
tsefalosporin guruxidagi antibiotiklar beriladi. Bularning nafi bo’lmasa,
rezerv
guruxi antibiotiklari beriladi. Sulfanilamidlar tayinlanadi. Davolash kursiga 28 –
30 g.
Bronx yo’llarining yaxshirok ochilishi uchun balg’am kuchiruvchi
moddalar, mukolitik dori – darmonlar, davolovchi
bronxoskopiyadan keng
foydalaniladi.
Bronxospazm
bo’lib turgan xollarda eufillin, efedrin, atropin,
simpatomimetik preparatlar, aerozol ko’rinishidagi preparatlar buyuriladi.
Kasalning
axvoli yaxshilanmasa, oz mikdorda kortikosteroidlar ko’llaniladi.
Prednizolon dozasini xafta sari kamaytirib boriladi.
O’pka gipertenziyasini kamaytirish uchun kislorod ingalyatsiyasi,
ganglioblokatorlar
buyuriladi.
O’ng korincha yetishmovchiligida yurak
glikozidlari, siydik xaydovchi vositalar ko’llanildi. Yo’talga qarshi – kodein,
dionin kullash mumkin.
Organizmni karshiligini
oshirish uchun vitaminlar, aloe ekstrakti va
boshkalar qo’llaniladi. Kislorod terapiyasi va shifobaxsh fizkultura, birinchi galda
nafas gimnastikasi foydalidir. Fizioterapevtik davo keng qo’llaniladi. Remissiya
davrida davolanish
uchun Krimning Janubiy soxili, O’rta Osiyo kurortlariga va
tog’ – iqlim kurortlariga yuborilganda yaxshi natijalar olingan. Surunkali bronxit
profilaktikasi bronx – o’pka tizimining o’tkir kasalliklari,
grippning oldini olish,
xavoning ifloslanishiga, chang va zararli gazlarga qarshi qurash tadbirlarini amalga
oshirish, ichkilikbozlikka, chekishga qarshi qurash,
burun xalkumni sanatsiya
qilishni o’z ichiga oladi. Profilaktika maksadida aerozol va elektro – aerozol
terapiya xam o’tkaziladi. Xar kuni fizkultura bilan shug’ullanish, velosepedda
yurish, bog’larda yumush kilish, piyoda yurish, xovuzlarda cho’milish organizmni
chiniqtirish kerak.