O’tkir va surunkali bronxit o’tkir bronxit



Download 228,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana18.07.2022
Hajmi228,9 Kb.
#820552
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
01 - Maruza va amaliy mashgulot acc0cb4b950625043a7521a8b21dae55

 
Bronxiolit – 
bronx daraxtining terminal kismini yallig’lanishi (mayda 
bronxlar va bronxiolalar) ko’prok bolalarda o’tkir respirator kasalliklarda uchraydi 
va anik bilingan nafas yetishmovchiligi bilan kuzatiladi.
Bronxiolitni klinik mezonlari: bronxiolit rinointerstitsial infektsiya (90-95%) 
kamrok adenovirus infektsiyani ko’rinishi sifatida rivojlanadi. Bronxiolitni 
xarakterli belgisi ekspirator xansirash 1 minutda 80-90 tadan. Terida diffuz tsianoz. 
Auskultatsiyada o’pkada tarqokq mayda pufakchali xirillashlar. Perkutor tovush – 
kutichasimon. Nafas yetishmovchiligi belgilari anik bilingan bo’lib taxikardiya va 
yurak tovushlari bug’iklashuvi bilan kuzatiladi. Qonda – limfotsitoz, leykopeniya.
Rentgenda – o’pka rasmi «perebronxial qattiklashuv» tipida, o’pka tinikligi 
oshgan, atelektazlar.

DIAGNOZI. 
O’tkir bronxit tashxisi kasallikning o’tkir boshlanishi, yo’tal vaktida balg’am 
ko’chishi, zaxarlanish belgilari, auskultatsiya qilganda avvval quruq, keyin nam 
xirillashlar eshitilishiga asoslanadi. 
 
DIFFERENTSIAL TASHXIS.
O’tkir bronxitni o’chog’li zotiljamdan farklashda ko’krak qafasini 
rentgenologik yo’l bilan tekshirish muxim rol o’ynaydi. O’tkir o’chog’li zotiljamda 
esa, o’pkaning shamollagan kismida qorayish ko’rinadi.
 
DAVOLASH. 
O’tkir bronxitning yengil turi bilan oqrig’an bemorlar ko’pincha uyda 
davolanadilar. Bemorni sovuq qotishdan, qattiq isib ketishdan asrash kerak bo’ladi. 
SHamollashga karshi va og’rik koldiruvchi dorilar - analgin 0,5 dan 3 maxal, 
amidopirin 0,5 dan 3 maxal, vitaminlar, ko’prok S vitaminlar buyuriladi. Balg’am 
ko’chishini yengillashtirish uchun termopsis, altey damlamasi, mukaltin tabletkasi 
kuniga 3 marta, sodali ingalyatsiya buyuriladi. Nafas qisishini to’xtatish uchun 


teofedrin 0,025 dan kuniga 2 marta buyuriladi. Eufillin 0,15 dan 2 – 3 maxal, agar 
tabletkalar nafas qisishini to’xtatmasa, unda qisqa muddat 6 – 8 kunga 20 – 30 mg 
dan kortikosteroidlar buyuriladi. Chalg’ituvchi vositalardan ko’krak kafasiga 
banka, gorchichniklar qo’yish, oyokka issik vannalar tavsiya qilinadi. 
Kasallikning og’ir kechadigan turida bemorlar shifoxonaga yotkizilib, ularga 
antibiotik va sulfanilamidlar buyuriladi. O’tkir bronxit surunkali bronxitga 
o’tmasligi uchun kasallikni to’la davolash, fizioterapevtik davolash usullaridan 
foydalanish tavsiya qilinadi.

Download 228,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish