O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali



Download 2,23 Mb.
bet98/105
Sana31.03.2022
Hajmi2,23 Mb.
#521803
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   105
Bog'liq
2 5341807923053991311

Qo’shilmaslik harakati – ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan xalqaro tashkilot. O’zbekiston bu tashkilotga 1992 yil 1-sentyabrda a’zo bo’lib kirgan.
GUUAM – mintaqaviy tuzilma. Unga 1996 yilda Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlat rahbarlari tomonidan asos solingan.1999 yil aprel oyida O’zbekiston ham bu tashkilotga qo’shilgan. Tashkilotning asosiy maqsadi 1993 yilda Bryusselda asos solingan Osiyo – Kavkaz – Yevropa transport yo’lagini barpo etishni ko’zda tutuvchi TRASEKA dasturini amalga oshirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdir.


MAVZULAR BO‘YICHA TAQDIMOTLAR, MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR
























MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR


Mavzu: ”O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv kursining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodik tamoyillari
.Kirish. "O‘zbekistonning eng yangi tarixi"kursini o`qitishnig dolzarbligi. O‘zbekiston tarixi, shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixi jahon tarixining ajralmas bir qismi bo‘lib, u bizning zamonamizdagi global jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Eng yangi tarixni o‘rganishning muhimligi va dolzarbligi shundaki, u mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma'naviy jihatdan barqaror rivojlanishiga ta'sir qiluvchi voqea-xodisalarni tushunishga hamda teran idrok etishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, u bizga tarixiy taraqqiyot tendensiyalarini oldindan ko‘ra bilish va bashorat etish imkoniyatini
beradi.
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish jarayoni sobiq sovet hududidagi boshqa mamlakatlar singari murakkab siyosiy o‘zgarishlar sharoitida yuz berdi. Davlat mustaqilligining e'lon qilinishi mamlakatning barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tizimini tubdan o‘zgartirishga yo‘l ochdi.
Demokratik prinsiplarga ko‘ra milliy davlatchilik va siyosiy tizimning asoslari shakllantirildi, ularda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari funksiyalari va vakolatlari taqsimlandi. Respublikaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini erkinlashtirish bosqichma-bosqich, keskin inqilobiy larzalarsiz amalga oshirildi. Tashqi siyosatning milliy strategiyasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimiga munosib ravishda kira oldi.
O‘zbekiston tanlagan mustaqil taraqqiyot yo‘li xalqimizning milliy xususiyatlari, urf-odatlari va madaniyatini har tomonlama hisobga olgan holda, to‘plangan xalqaro tajribadan ijodiy foydalanishga asoslangandir.
Zamonaviy tarixni o‘ta dolzarbligini hisobga olgan holda, O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2012 yil yanvar' oyida "Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning zamonaviy tarixi bo‘yicha jamoat kengashini tashkil etish to‘g‘risida" qaror qabul qildi. Kengashga tarixiylik va ob'ektivlik, dogmatizmning oldini olish, o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va bugungi kunini baholashga har tomonlama yondoshish asosida O‘zbekistonning zamonaviy tarixini tizimli o‘rganish vazifalari yuklatildi. Bunda zamonaviy tarixni ilmiy tadqiq qilishda xalqaro tajribani hisobga olish, yangi avlod o‘quv va ilmiy adabiyotlarini tayyorlash, O‘zbekistonning zamonaviy tarixi global va mintaqaviy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq ekanligi nazarda tutildi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi - bu tarix fanining nisbatan yangi yo‘nalishi bo‘lib, u 2020 yilda mustaqil ilmiy fan sifatida o‘ziga xos metodologiyasi, tadqiqot yo‘nalishlari va o‘quv-uslubiy ishlanmalari bilan ajralib chiqdi. Shu munosabat bilan, zamonaviy tarix mamlakatimizning mustaqillik arafasidagi va mustaqillik taraqqiyot davri tarixini, uning o‘ziga xos tendensiyalari, tarixiy shart-sharoitlari va rivojlanish jarayonlarini ilmiy asoslangan holda yoritishni taqozo etmoqda.
Binobarin, tarixshunoslar va, shuningdek, O‘zbekiston ijtimoiy-gumanitar fanlarining boshqa vakillari oldida jahon amaliyotini bu boradagi tarixiy tajribasini hisobga olgan holda, mazkur ta'limni yangi nazariy va metodologik darajaga ko‘tarish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish vazifasi turibdi.
"Eng yangi tarix" tushunchasining ta'rifi, mazmun -mohiyati
O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotni isloh qilish bilan bir vaqtda, milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlash jarayonlari boshlandi. Tarixiy xotira - milliy o‘ziga xoslikni tarixan idrok etishda asos bo‘lib xizmat qildi. Ma'lumki, tarixiy xotira xazinasi millat taraqqiyotiga yordam beradigan milliy ongning samarali kuchi sifatida ona tiliga, turmush tarziga, urf-odatlari va madaniyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Bu shunchaki ma'naviy
merosni saqlab qolish uchun tarixiy qadriyatlarni jalb qilish emas, balki ma'naviy tiklanish yo‘lini boshlash uchun xalq o‘zining ko‘p asrlik tarixiga, ming yillik madaniy tajribasiga, buyuk ajdodlari merosiga murojaat qilishi va O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qanday ma'naviy-axloqiy boyliklar bilan kirishi kerakligini anglatadi. Bularning barchasi I.Karimov tomonidan tarixiy xotiraga berilgan mazkur ta'rifda o‘z ifodasini topgan: “Tarixiy xotira – bu umr mazmunini, avlodlar o‘rtasidagi vorislik tuyg‘usini, ularning bir-biriga daxldor ekanligini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket bog‘lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun to‘g‘ri yo‘l tanlash, ota-bobolarimizning ro‘hi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an'analarimizni toptashga yo‘l qo‘ymaslik, ularni ko‘z qorachig‘idek asrash demakdir”.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2011 yilda nashr etilgan "O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" deb nomlangan asari O‘zbekiston tarixidagi eng yangi davrni chuqur o‘rganishga kuchli turtki bo‘ldi. Unda respublika rahbari
sifatida Islom Abdug‘anievich Karimovning mustaqillik masalasidagi qat'iy pozisiyasi aniq tarixiy hujjatlar asosida ko‘rsatib berilgan.U davlat yetakchisi sifatida eng mashaqqatli davrda o‘z faoliyatini boshladi. Hali Sovet Ittifoqi o‘z kuchini saqlab, repressiv siyosatini davom ettirar, ammo, shunga qaramay, chuqur tanazzul yoqasiga kelib qolgan, kishilar orasida kelajakka ishonchsizlik va vahima kayfiyati hukmron edi. Bunday murakkab sharoitda odamlarni kutilmagan zarbalardan himoya qilish, tushkun ruhiy vaziyatdan olib chiqish, ularda ertangi kunga bo‘lgan ishonch hissini qaror toptirish g‘oyat muhim edi.
Sirasini aytganda, ushbu kitob - eski tizimni buzish paytida, erkin va mustaqil hayot yo‘lida paydo bo‘lgan savollarga javoblarni o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan ham u juda ko‘p faktik va tahliliy materiallarni o‘z ichiga olgan ensiklopedik asardir. Kitobga kiritilgan har bir tarixiy hujjatda o‘sha tashvishli zamonning ritmi seziladi, muallifning o‘sha tarixiy voqealarga dahldorligi va bevosita ishtirokchisi sifatidagi munosabati aks ettiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu kitob yaqin o‘tmish tarixining haqiqiy tasvirini to‘la aks ettirigani bilan ham qadrlidir. Ko‘plab milliy tarixiy maktablarda mamlakatning zamonaviy tarixining boshlanishi uning xorijiy hukmronlikdan ozod bo‘lganligi va mustaqil milliy davlat tashkil topishi bilan belgilanadi. Zamonaviy tarixni davrlashtirishga boshqa
yondashuvlar tarafdorlari "hozirgi zamon" atamasida hozirgi zamon bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan davrni nazarda tutadilar. Ular XX asr tarixi yoki hozirgi tarix haqida gapirishni afzal ko‘radilar.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixshunosligi muhim o‘zgarishlarga
uchradi. Sovet partiyasi mafkurasining rad qilinishi munosabati bilan u yangi bosqichga o‘tdi, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari oldiga yangi nazariy va uslubiy darajani egallash, yangi ilmiy yo‘nalishlarni ishlab chiqishni boshlash vazifasi qo‘yildi. Ko‘pgina mutaxassislarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning zamonaviy tarixi
1989 yildan boshlanadi. Mazkur sana bilan bog‘liq voqealar - sovet totalitar tuzumining so‘nggi o‘n yilligidan boshlab chuqur inqiroz pallasiga kirganligi, xususan, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlariga e'tiborsizlik bilan xarakterlanadi. O‘zbekiston tarixidagi ushbu murakkab davrda siyosiy sahnada yangi shakllangan lider - Islom Abdug‘anievich Karimov paydo bo‘ldi. Uning oqilona siyosati tufayli respublikaning manfaatlari himoya qilindi, mamlakatni
siyosiy va iqtisodiy inqirozdan, ichki va tashqi mojarolardan qutqarish mumkin bo‘ldi. I.A.Karimov davlat rahbari sifatida faoliyat boshlagan kundan boshlab, milliy mustaqillik g‘oyasini ilgari surdi va nihoyat,1991 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilindi.
Suveren davlat sifatida O‘zbekistonning eng yangi tarixi butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining yangi bosqichiga to‘g‘ri keladi va shuning uchun ham u zamonamizning global voqealari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan eng yangi tarixning ajralmas qismiga aylandi.
Tarixdan ma'lumki, ko‘plab xalqlarning mustaqillikka erishishi, ularning
nafaqat yangi shakllangan davlatlari tarkibini, balki xalqaro maqomini ham o‘zgartirgan va bu "yaqin tarix" tushunchasini belgilashda muhim omillardan biri bo‘lgan. Bu o‘rinda yangi va zamonaviy zamon o‘rtasidagi tarixiy davrni bir voqea
sodir bo‘lgan sana bilan emas (juda katta miqyosda bo‘lsa ham), balki jamiyatning turli sohalaridagi sifat o‘zgarishini ko‘rsatadigan hodisa va jarayonlarning umumiy miqyosi doirasida aniqlash kerak. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, O‘zbekistonni mustaqil rivojlanishining
mohiyati, mazmuni va ahamiyatini baholab, mamlakat yaqin tarixini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin.
Birinchi bosqich: 1989 yildan 1991 yilgacha. Bu bosqich - yangi rahbarning siyosat maydonida paydo bo‘lishi, milliy istiqlol g‘oyasining pishib yetilishi, SSSRning parchalanib ketishi negizida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq sa'y-harakatlar bilan tavsiflanadi.
Ikkinchi bosqich: 1991 - 2000 yillar. Bu - ustuvor islohotlar va o‘zgarishlardan milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish hamda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri. Tarixan qisqa vaqt ichida "taraqqiyotning o‘zbek modeli" ni tanlab olish natijasida milliy davlat shakllanishi uchun ishonchli qonunchilik va huquqiy asos yaratildi. Davlat boshqaruvining yangi tuzilmalari yuzaga keldi, jamoat va fuqarolik institutlarining asoslari barpo etila boshlandi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich: 2001-2010 yillar. Bu bosqichda - mamlakatni faol
demokratik yangilash va modernizasiya qilish boshlandi. Bu davrning asosiy vazifasi kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish edi. Shu negizda siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish va liberallashtirish, davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiladigan, fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy faolligini oshiradigan, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan mustaqil sud tizimini mustahkamlash jarayonlari davom etdi.
To‘rtinchi bosqich: 2010-2016. Bu bosqichda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizasiya qilish jarayoni davom etmoqda. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta'minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlarning huquqiy asoslarini yaratish bilan tavsiflanadi.
O‘zbekistonning zamonaviy tarixining beshinchi bosqichi 2017 yildan
boshlandi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu tarixiy hujjat mustaqillikni qo‘lga kiritilganidan boshlab, mamlakatni demokratik yangilash va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni rivojlantirishni aks ettiradi, unda davlat va jamiyat rivojlanishining yangi bosqichida modernizasiyani yanada davom ettirishning
strategik dasturi belgilab berilgan. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta'minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va
iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlar uchun huquqiy asoslarni yaratishni davom ettirish bilan tavsiflanadi.
Ta'kidlash joizki, zamonaviy davrga oid har xil qarashlarni hisobga olgan holda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish bilan bog‘lik mazkur bosqichlarni, avvalo, tarixchi foydalanishi kerak bo‘lgan vosita sifatida ko‘rib tushunish kerak va bu boshqa mutaxassislarning fikrlari bilan mos kelmasligi ham mumkin.
Zamonaviy tarixni o‘rganishning dolzarbligi uning zamonaviy hayotga ta'sir ko‘rsatadigan voqealarni tushunishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bu voqealarning tarixiy ahamiyati va mohiyati nimada.? Ayrim siyosatchilarning roli qanday, bu voqealarning rivojlanishi qanday ssenariylarga ega va ular zamonaviy jarayonlar bilan qanday bog‘liq? Bu yaqin tarix javob berishi kerak bo‘lgan savollar.
Javoblar esa, mutaxassislarning voqea-hodisalarni qay darajada rivojlanish va kelajak bilan bog‘liq tendensiyalarni qay tarzda idrok etish qobiliyati bilan bog‘liq.
Davlatimiz rahbari bugungi tinch va osoyishta hayotni saqlashga, mustaqillikni mustahkamlashga bir necha bor da'vat qilar ekan, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan istiqlolga erishish tarixini chuqur o‘rganish muhimligini, qanday qiyin yo‘ldan o‘tganimizni va yana nima qilishimiz kerakligini alohida ta'kidlaydi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi hali institutsional xususiyatga ega emas, ya'ni, mustaqil metodikaga, ilmiy ishlarga va o‘quv-uslubiy ta'minotga ega emas. So‘nggi yillarda mamlakatimiz tarixidagi voqealar ko‘lami va ularning dinamikasi uni fan va ta'lim oldida tizimli ravishda tushunish masalasini ko‘taradi. Bundan tashqari, "yangi avlodning o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlari va nashrlarini tayyorlash, O‘zbekistonning eng yangi tarixini global va mintaqaviy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda, shuningdek, mintaqada shakllangan sivilizasiya, xalqlar va davlatlarning tarixiy va madaniy merosini mushtarak tarzda o‘rganishni taqozo etadi. Yoshlar mustaqil ravishda ma'lumot qidirishlari, turli manbalarni tanqidiy qabul qilishlari va tahlil qilishlari, o‘zlarining fuqarolik pozisiyalarini dalillar bilan taqdim etishlari kerak.
Yosh avlodga e'tibor quyidagilarga bog‘liq. Globallashuv sharoitida
O‘zbekiston yoshlari turli mafkuraviy oqimlarning ta'siri zonasida qolmoqdalar, ularning ba'zilari hatto mustaqil O‘zbekistonni va uning hukumati yuritayotgan siyosatni ataylab obro‘sizlantirishga qaratilgan aksil tashviqotlar iskanjasiga tushib qolmoqdalarki, endilikda ilmiy va akademik fan sifatida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bilan bog‘liq axborot xavfsizligi tizimini ta'minlash zarur.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi - bu nafaqat akademik bilim va o‘qitish, balki tarixiy xotirani shakllantirish, vatanparvarlik va faol fuqarolik pozisiyasini qaror toptirish yo‘lidir. O‘zbekistonning zamonaviy tarixini bilish - yoshlarga XX asr oxiri – XXIasr boshlarida milliy tarix voqealarini mustaqil tarzda baholashga, jahon tarixi kontekstidagi va davlatimiz taraqqiyotidagi eng muhim tendensiyalarni ko‘rish, O‘zbekistonning zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni haqida tasavvurni shakllantirish, mamlakatning yangi strategik yo‘nalishini, uning ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini tushunishiga xizmat qiladi..
“Yaqin tarix” tushunchasi an'anaviylikdan farqli o‘laroq, tarixning "eng yangi" falsafasi mavzusiga aylanadi. U insoniyat va jamiyat taraqqiyotining muammolarini yangi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga asoslangan.
U o‘zgaruvchan dunyo hodisalarini tadqiqot ob'ekti sifatida qarab, voqea-hodisalarni tarixshunoslikning bir bo‘lagi sifatida o‘rganadi.
Muayyan vaziyatlarni tekshirish usuli - tarixiy yondashuvga asoslanadi. Faktor tahlili - ma'lum mezonlarga ko‘ra, turli omillarni guruhlashdan foydalanish, o‘rganilayotgan ob'ektning tuzilishini bilish, sifat va miqdoriy tavsiflarni taqsimlash bo‘yicha; sosiologik tadqiqotlar va og‘zaki tarix usullari - rasmiy manbalar bilan bir qatorda, ushbu voqealar ishtirokchilarining xotiralaridan foydalanishga, mavzuni
kengroq va chuqurroq ko‘rib chiqishga, turli darajadagi jarayonlarning o‘zaro munosabati va o‘zaro ta'sirini tahlil qilishga imkon beradi. Ko‘p bosqichli tahlildan foydalanish - qaror qabul qilishning asosiy prinsipi va mexanizmlarini aniqlashga yordam beradi.
Yaqin tarixni har tomonlama o‘rganish muhim nazariy va amaliy vazifadir. Zamonaviy davr tarixini o‘rganishda fanlararo yondashuvlarni ishlab chiqish tavsiya etiladi. Zamonaviy jarayonlar ham milliy, mintaqaviy va global jihatlarni o‘rganishga asoslangan holda muntazam ravishda tahlil qilinishi kerak.
Sovet Ittifoqi mafkurasining rad etilishi munosabati bilan O‘zbekiston
zamonaviy tarix fanida quyidagilar muammoli masalalarga aylandi:
• Ijtimoiy va siyosiy hayotda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati.
• Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish yo‘llari.
• Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmuni.
* Xalqaro munosabatlar tizimida O‘zbekistonning o‘rni.
• Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat.
• Mintaqaviy va milliy xavfsizlik.
• Millatlararo, dinlararo munosabatlar va h.k.
Zamonaviy tarix masalalari bo‘yicha tematik tadqiqotlar sohasi hali ham yetarlicha aniqlanmagan, fanlararo tadqiqotlar hozircha mavjud emas. Shuning uchun ham zamonaviy tarixni o‘rganishga butun tarix faniga xos bo‘lgan yangi yo‘nalishlarni kiritish, zamonaviy tarixni jiddiy metodologik asos bilan ta'minlash muhimdir.
"O‘zbekistonning eng yangi tarixi" kursining predmeti, maqsadi, vazifalari va nazariy-uslubiy asoslari O‘zbekistonning eng yangi tarixi hozirgi bosqichda milliy ongni shakllantirishning ob'ektiv ahamiyati tufayli tobora ko‘proq e'tiborni jalb qilayotgan nisbatan yosh o‘quv kursi hisoblanadi. O‘zbekistonning zamonaviy tarixini o‘qitishning asosiy yo‘nalishi demokratik fuqarolik ta'limi tizimini mustahkamlash bo‘lib, natijada demokratik fuqarolik madaniyati vujudga keladi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘qitish jarayonida yoshlarda ularning mafkuraviy qarashlarini, ongli fuqarolik hulq-atvorlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Zamonaviy dunyoning ma'naviy me'yorlari va umuminsoniy qadriyatlariga rioya qilish - erkin, adolatli, demokratik jamiyat fuqarosi bo‘lish, muloqot, tahliliy fikrlash, boshqalarga nisbatan bag‘rikenglik, o‘z-o‘zini anglash, mustaqil bo‘lishga erishish, tashabbuskorlik va uni qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirish orqali amalga oshirilishi o‘rganilishi kerak.
Ma'lumki, tarix insoniyat jamiyatini rivojlantirish fani sifatida turli xil
jamoalarni tashkil etuvchi, ma'lum munosabatlarda bo‘lgan shaxslar va guruhlarning xatti-harakatlarining umumiyligini o‘rganadi. Shuning uchun tarixning predmeti - bu shaxslarning xatti-harakatlari va jamiyatdagi munosabatlarning umumiyligidir.
Tarixni bilish jarayoni uch tarkibiy qismdan iborat: tarixiy bilish ob'ekti, tadqiqot mavzusi va bilish usuli.
Tarixshunoslik ko‘plab avlodlarning tajribalarini umumlashtirib, yangi tarixiy dalillar bilan boyitib, rivojlanishning bir necha bosqichlarini bosib o‘tdi. Bu faktlarni to‘plash, tizimlashtirish, baholashga asoslangan. Tarixiy bilish sohalari orasida fuqarolik tarixi, siyosiy tarix, davlat va huquq tarixi, davlat boshqaruvi tarixi, iqtisodiyot tarixi, harbiy tarix, din tarixi, ijtimoiy tarix, madaniyat tarixi, musiqa, til, adabiyot va boshqalar ajralib turadi.
Boshqa har qanday fan singari, yaqin tarix ham ma'lum tarixiy voqealarni tushuntirish va o‘rganishga yordam beradigan boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, psixoanaliz usullaridan foydalanib, tarixchilar tarixiy shaxslarning xatti-harakatlarini sharhlashga muvaffaq bo‘lishdi. Geografiya va tarix o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tufayli tadqiqotlarning kartografik usuli paydo bo‘ldi. Tilshunoslikka oid yondoshuvlar sintezi asosida esa, uzoq va yaqin tarix haqida ko‘p narsalarni o‘rganish mumkin bo‘ldi.Tarix va falsafa, sosiologiya, matematika va boshqalar
o‘rtasidagi aloqalar ham juda yaqin. Boshqa fanlar bilan bunday aloqalar tarixiy izlanishlarni osonlashtiradi, o‘rganilayotgan ob'ekt to‘g‘risida kengroq ma'lumot olishga imkon beradi.
Yordamchi maxsus tarixiy fanlar ham mavjud. Yordamchi tarix fanlariga an'anaviy ravishda paleografiya, diplomatiya, genealogiya, geraldiya, sfragistika, epigrafiya, tarixiy metrologiya, numizmatika, xronologiya, tarixiy geografiya va boshqalar kiradi. Ular tarixshunoslikning ma'lum turlari, shakllari bilan shug‘ullanadigan maxsus, nisbatan mustaqil sohalardir. Qo‘shimcha tarixiy fanlar nisbatan torroq masalalarni batafsil o‘rganib chiqish orqali tarixiy jarayonni chuqurroq tushunishga hissa qo‘shadi. Yordamchi tarix fanlariga tarixiy manbalarni o‘rganuvchi manbashunoslik, tarixshunoslik, tarixiy geografiya, tarixiy geneologiya va boshqalar kiradi.
Tarix psixologiya, falsafa, sosiologiya, siyosatshunoslik, yuridik fanlar,
adabiyot va boshqalar kabi boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish bilan birga, ulardan farqli ravishda tarix butun jamiyatning rivojlanish jarayonini o‘rganadi, ijtimoiy hayotning barcha hodisalarini, barcha jihatlarini o‘zaro bog‘liqlikda tahlil
qiladi. Ijtimoiy, iqtisodiy va texnik fanlarning har biri esa insoniyat jamiyatining Tarix, shuningdek, bir necha, jumladan ijtimoiy ahamiyatga molik kognitiv, intellektual va mafkuraviy funksiyalarga ham egadir. Kognitiv funksiya - bu mamlakatning tarixiy yo‘lini o‘rganish va ob'ektiv ravishda tarixchilik nuqtai nazaridan davlat tarixini tashkil etuvchi barcha hodisalar va jarayonlarni aks ettirishni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi funksiya, deyarli siyosiy. Uning mohiyati shundan iboratki, tarix fan sifatida tarixiy faktlarni nazariy tushinish asosida jamiyat taraqqiyotining naqshlarini ochib beradigan, ilmiy asoslangan siyosiy yo‘nalishni rivojlantirishga, xato va bir tomonlama qarorlardan qochishga yordam beradi. O‘tmish, hozirgi va kelajakning birligi odamlarning o‘z tarixiga bo‘lgan qiziqishining ildizidir. Kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotida qaerga va qay tarzda borish kerakligini aniqlash uchun u qaerdan kelib chiqqanligi, qaysi millat va davlatga mansubligini hamda qanday
tarixiy yo‘lni bosib o‘tganligini bilishi kerak. Uchinchi funksiya mafkuraviylik. Tarix o‘tmishdagi ko‘zga ko‘ringan voqealar, jamiyat rivoji uchun javobgar bo‘lgan mafkuralar haqidagi aniq hujjatli suratlarni o‘rganadi. Binobarin, dunyo, jamiyat, uning rivojlanish qonuniyatlari
haqidagi nuqtai nazar ilmiy bo‘lishi mumkin qachonki, albatta, agar u ob'ektiv voqelikka, tarixiy dalillarga asoslangan bo‘lsa. Boshqacha qilib aytganda, tarix haqiqatni emas, balki zamon va makonda haqiqatan ham sodir bo‘lgan voqea-hodislarni asoslash uchun ana shular negizida dalil qidiradi. Uning faktik tarmog‘i jamiyat ilm-faniga asoslanadi. Natijada ob'ektiv voqelikning to‘la tasavvur etish va ilmiy bilimlarning to‘liqligini ta'minlash mumkin bo‘ladi.
Tarix juda katta tarbiyaviy ta'sirga ega. O‘z xalqining tarixi va dunyo tarixini bilish kishida vatanparvarlik va internasionalizm kabi fuqarolik fazilatlarni shakllantiradi, shaxsning jamiyat rivojidagi rolini ko‘rsatadi, jamiyat oldidagi mas'uliyati va fuqaroning huquq va burchlari kabi toifalarni o‘rganishga imkon beradi, jamiyat va odamlarning yomonliklarini, ularning inson taqdiriga ta'sirini o‘ylashga, jamiyatni rivojlanishda ko‘rishga, ijtimoiy hayot hodisalarini ularning o‘tmishiga nisbatan baholashga va keyingi voqealar yo‘nalishi bilan o‘zaro
bog‘lashga o‘rgatadi. Tarixiy bilish uchun ma'lum usullardan foydalaniladi. Tadqiqot usuli sifatida bilish bizga bilim qanday amalga oshirilishini, qanday ilmiy prinsiplarga asoslanganligini aniqlashga imkon beradi. Tarixiy bilishning eng keng tarqalgan usullari ikki ming yil oldin paydo bo‘lgan tarixiy jarayonga nisbatan ikki yondoshishdir, ya'ni, tarixni idealistik va materialistik tushunish. Tarixni bilish
uchun tahlil qilish, sintez qilish, tavsif zarur. Zamonaviy tarix fanida ijtimoiy taraqqiyotni ob'ektiv qonunlar bilan belgilanadigan tabiiy-tarixiy jarayon sifatida ko‘rib chiqadigan dialektik-materialistik usul qabul qilingan, ammo ommaning, siyosiy partiyalarning, rahbarlarning xatti-harakatlari shaklidagi subektiv omillar ta'siri ham bor.
Maxsus tarixiy tadqiqot usullari sifatida quyidagilarni ta'kidlaymiz:
• xronologik, tarixiy materiallarni vaqt tartibida taqdim etish zarurligini
ta'minlaydigan;
• sinxron, bu dunyoda yoki jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealarni bir vaqtning
o‘zida o‘rganishni o‘z ichiga oladi;
• Dichronny davriylashtirish usuli;
• tarixiy modellashtirish usuli;
• statistik usul.
Ushbu usullardan kompleks foydalanish bilan mamlakatning tarixiy o‘tmishi va bugungi kunini o‘rganishda ilmiylik va ishonchlilik kuzatilishi mumkin. Tarixiy bilimlarning ob'ektivligi ilmiy tamoyillar bilan ta'minlanadi. Tarixiy bilish prinsipi hodisalarni tahlil qilishda kuzatilishi kerak bo‘lgan asosiy qoidadir.
Asosiy ilmiy prinsiplar - tarixiylik, ob'ektivlik, muqobillik, ijtimoiy yondoshish va shu kabilardir.
Tarixiylik prinsipi har qanday tarixiy faktni, har qanday hodisani tarixiy vaziyatni umumiy rivojlanish qonuniyatlari bilan hisobga olgan holda o‘rganish zarurligini anglatadi. Tarixiylik prinsipi jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari, tarixiy shaxslarning xatti-harakatlari va harakatlarining sabablarini tushuntirishga imkon beradi.
Ob'ektivlik prinsipi faktlar va hodisalarga ularning xilma-xilligi, qarama-qarshiliklari va ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olgan holda ishonishni nazarda tutadi. Tarixiy hodisa va dalillarni o‘rganishning ob'ektivligi uchun shuni esda tutish kerakki, faktlar to‘planib, sinchkovlik bilan tahlil qilinishi zarur, shu bilan birga, tarixiy adabiyotni o‘rganishda sub'ektiv yondoshuvlar mavjudligini ham nazardan qochirmaslik lozim.
Muqobillik prinsipi ob'ektiv voqelik va imkoniyatlarni tahlil qilish asosida ma'lum bir voqea, hodisalar, jarayonlarning ehtimollik darajasini aniqlashga yordam beradi. Ushbu pozisiya tarixiy alternativalarni hisobga olgan holda, turli mamlakatlarning tarixiy yo‘lini baholash, foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash va kelajak uchun saboq olish imkonini beradi.

Ijtimoiy yondoshish prinsipi tarixchini bir jamiyatda faoliyat yuritayotgan turli xil ijtimoiy guruhlar va ularning rahbarlarining manfaatlarini hisobga olgan holda, jarayonlar va hodisalarni birgalikda ijtimoiy va mehnat faoliyati jarayonida moddiy va ma'naviy manfaatlarning taqsimlanishini hisobga olishga majbur qiladi. Tarixchi voqea va tarixiy rivojlanish bosqichlarini xolisona baholab borishga chaqiriladi, chunki tarixiy manbalardan topilgan yangi fakt va hodisalar doimiy ravishda to‘planib boraveradi. Tarixiy manbalar tarixiy jarayonni bevosita aks ettiradigan va insoniyat jamiyatining o‘tmishini o‘rganishga imkon beradigan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi.


XX asrda hodisalarining foto-kinematografik va fonda yozib olishning keng tarqalgan yangi usullari yuzaga keldi. Bunday manbalarning miqdori va sifati tezda o‘sib bormoqda. Fotosurat va kino hujjatlari yozma manbalarga qaraganda voqealarning ishonchli aks ettiradi va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish tarixiy manbalarni ommaga taqdim etadi, deb ishoniladi.
Zamonaviy tarix ijtimoiy fan sifatida zamonaviy liberal san'at ta'limining tarkibiy qismiga aylandi va uning barcha o‘quvchilariga tahlil metodologiyasida zaruriy tayyorgarlikni beradi, ijtimoiy hodisalarni, dunyoqarash mezonlarini, ta'limiy bilimlarni ma'naviy amaliyot bilan bog‘lash qobiliyatini rivojlantiradi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi jamiyatimiz ma'naviy rivojlanishi va ma'rifati muammolarini ob'ektiv yoritishga yordam beradi. Eng yangi tarixni o‘rganishning amaliy ahamiyati shundaki, u nafaqat ma'naviy yuksaltirib, boyitibgina qolmay, balki mintaqa tarixi haqidagi tushunchani kengaytirishga yordam beradi. Tarixiy merosini asrab-avaylash esa, nafaqat ta'lim tizimi va ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining, balki mamlakatning har bir fuqarosining eng muhim bo‘lgan vazifasidir.

Millatning ma'naviy tiklanishining muhim sharti - bu Markaziy Osiyo mintaqasida yashovchi barcha xalqlarning boy tarixiy merosining, shu jumladan, Sharq Uyg‘onish davrida yashagan buyuk ma'rifatparvarlar tomonidan yaratilgan asarlarni chuqur o‘rganishga bog‘liq. Buning muhim tomoni shundaki, ularda insonparvarlik, bag‘rikenglik va tenglikka asoslangan oqilona jamiyat haqidagi g‘oyalar ifoda etilgan.


"O‘zbekistonning eng yangi tarixi" fanining maqsadi - respublika iqtisodiyotini isloh qilish, iqtisodiy, siyosiy va sud tizimini liberallashtirish, suverenitet, demokratiya, "o‘zbek modeli" kabi tushunchalarning mohiyati va mazmunini ochib berishdan, shuningdek, xalqaro munosabatlar, dunyoning zamonaviy manzarasi, globallashuv jarayonlari, ma'naviy qadriyatlarning tiklanishi, milliy mustaqillik g‘oyasi va mafkurasi, fuqarolik jamiyati va boshqalarni o‘rganishdan iboratdir.


"O‘zbekistonning eng yangi tarixi" kursini o‘rganishda biz tarixiy bilimlar, falsafa, sosilogiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, xalqaro munosabatlar va hokazolarning metodologik asoslariga tayanishni taklif qilamiz, bu esa, jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarining xilma-xilligi va naqshlarini ochib berishga imkon beradi.


Mustaqil rivojlanishning o‘tgan yillari davomida respublikaning ko‘p millatli aholisining mentalitetini hisobga olgan holda qurilgan va bundan keyin ham demokratik tamoyillar va qadriyatlar asosida quriladigan ijtimoiy hayotning shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq katta nazariy va amaliy tajriba to‘plandi.
"O‘zbekistonning eng yangi tarixi" kursi zamonaviy gumanitar ta'limning ajralmas qismi bo‘lib, barcha talabalarga hozirgi bosqichda jamiyatimizning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy hayotini tahlil qilish metodologiyasi bo‘yicha zaruriy tayyorgarlikni beradi, ijtimoiy hodisalarni baholash mezonlarini ishlab chiqadi, tarixiy aloqalarni o‘rganadi."O‘zbekistonning eng yangi tarixi” kursini o‘rganish barchaga zamonamizning dolzarb masalalarini, shu jumladan, huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyati asoslarining yaratish jarayonlarini chuqur o‘rganish imkoniyatini beradi.
"O‘zbekistonning eng yangi tarixi" kursini o‘rganishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u kishilarda nafaqat mas'uliyat, vatanparvarlik, bag‘rikenglik hissini uyg‘otadi, balki mintaqa tarixi haqidagi tasavvurlarni kengaytirishga yordam beradi, davlat mustaqilligi siyosatining aniq masalalarini ishlab chiqishda, mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashda faol ishtirok etadi.
"O‘zbekistonning eng yangi tarixi" kursining asosiy vazifalari yangi dunyoqarash asoslarini, mafkuraviy immunitetni, yoshlar o‘rtasida mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalar ongiga asosiy madaniy tushunchalar va tamoyillarni kiritish, "ma'naviy bo‘shliq" ning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir. Bu, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda insoniyatning ilg‘or g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan ijodiy dunyoqarashni shakllantirishda juda
muhim omil hisoblanadi.

Hozirgi davrda jahon sivilizasiyasiga bebaho hissa qo‘shgan xalqimizning tarixiy o‘tmishini tiklash va saqlash eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy tarixni o‘rganish - keng dunyoqarashga, chuqur ijtimoiy va gumanitar bilimga, zamonaviy fikrlashga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning bevosita tarkibiy qismidir.


Hech shubha yo‘qki, zamonaviy tarix ijtimoiy va gumanitar fanlarni birlashtiruvchi omil, milliy istiqlol g‘oyasining tarannum etuvchi, yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash va barkamol rivojlangan shaxsni shakllantiruvchi vosita sifatida o‘z o‘rniga bundan buyon ham ega bo‘lib boraveradi.





Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish