O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali


Demokratik institutlarning shakllari



Download 2,23 Mb.
bet100/105
Sana31.03.2022
Hajmi2,23 Mb.
#521803
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
2 5341807923053991311

Demokratik institutlarning shakllari
Har bir mamlakat demokratik institutlarni, xususan parlamentarizm va ko’ppartiyaviylikni shakllantirishda o’z yo’liga ega. O’zbekiston ham bundan mustasno emas. O’zbekiston tanlab olgan yo’lning o’ziga xosligi sobiq sovet totalitar, yakkapartiyaviylik tizimining uzoq vaqt hukmronlik qilganligi bilan izohlanadi. Mustaqillikning ilk yillaridayoq yakkapartiyaviy diktatga barham berildi va ko’ppartiyaviy siyosiy tizimni shakllantirish maqsad qilib olindi. Yakka partiya hukmronligi bartaraf etilgandan so’ng jamiyatimizda siyosiy plyuralizmning vujudga kelishi, siyosiy partiyalarning shakllanishi bilan bog’liq jarayonlar shiddat bilan boshlanib ketdi. Biroq bu yo’l birdaniga yoki dabdurustdan, biror-bir xorijiy mamlakat andozasini qabul qilish evaziga emas, balki asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab olindi.
1992 yil 8 dekabrda Respublika Konstitusiyasi qabul qilingandan so’ng, siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun muhim huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Qisqa fursat ichida mamlakatimizda huquqiy asosda, parlamentda faoliyat ko’rsatuvchi partiyalarning shakllanish jarayoni sodir bo’ldi.
Mustaqillik yillarida respublikada siyosiy institutlarning mafkuralarning, fikrlarning xilma-xilligiga asoslangan va fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda keng ishtirok etishini ta’minlaydigan yangi demokratik siyosiy tizimning negizlari vujudga keldi. Demokratik jamiyatning muhim omillaridan biri bo’lgan ko’ppartiyaviylik tufayli mustaqillik yillarida O’zbekistonda siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari vujudga kelib, ular ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning obyektiv jarayoniga aylandilar.
Respublikamizda ko’ppartiyaviylikning shakllanish jarayonini har biri muayyan voqyea bilan ajralib turadigan quyidagi beshta bosqichga bo’lish mumkin:
1) 1991-1994 yy.: yakka partiyaviylikning tugatilishi va ko’ppartiyaviylikning shakllanishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarining yaratilishi;
2) 1995-1999 yy.: ko’ppartiyaviylikning qonunchilik asoslari yaratilishi va yangi partiyalarning tashkil topishi. “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi (26.11.1996 y.), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi (14.04.1999 y.) O’zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi;
3) 2000-2004 yy.: siyosiy tajriba to’plash va moliyaviy mustaqillikni ta’minlash, doimiy elektoratni belgilab olish. “Qonun loyihalarining umumxalq muxokamasi to’g’risida”gi (14.12.2000y.), “O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida”gi (30.08.2001 y.), “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy tamoyillari to’g’risida”gi (04.04.2002), yangi tahrirdagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi (29.08.2003 y.) O’zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi,
4) 2005-2006 yy.: siyosiy partiyalar parlament nazoratining kuchayishi, konstruktiv muxolifatning shakllanishi;
5) 2007 yilda to hozirgi kunga qadar: siyosiy partiyalar faoliyati “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitusiyaviy qonuni asosida (11.04.2007 y.) yanada jadallashuvi, siyosiy partiyalarning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo’lib o’tgan saylovlardagi ishtiroki, partiyalararo raqobatning kuchayishi.
Siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etib, tegishli organlarga o’z vakillarini o’tkazish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatida ishtirok etadi. Shu bilan birga siyosiy partiyalar zamonaviy jamiyat tizimining muhim qismi bo’lib, ular davlatning siyosiy yo’nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Huquqiy-demokratik davlat qurish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ko’ppartiyaviylikning rivojlanishiga, mustaqil, faol aholining keng qatlami tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlarining shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga katta ahamiyat berildi.
Alohida ta’kidlash kerakki, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi Konstitusiyaviy Qonunning qabul qilinishi mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlab, siyosiy partiyalar demokratik tamoyillar asosida faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar yaratdi. Darhaqiqat, 2-moddasida siyosiy partiyalar fraksiyasi siyosiy partiyadan ko’rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan deputatlar birlashmasi ekanligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko’pchilik o’rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko’pchilikni tashkil etishi, o’z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O’zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko’pchilikni tashkil etishi mumkinligi kabi qoidalar o’z aksini topdi.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirishga doir islohotlar natijasida ularning jamiyatdagi o’rni ancha yuksalib bormoqda. Siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlash maqsadida ularning qonunchilik asoslari yanada rivojlantirildi. Ikki palatali parlamentni shakllantirish islohotlarini amalga oshirish bilan bog’liq holda siyosiy partiyalar Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy vakillik organlari deputatlari nomzodlarini tanlash va ko’rsatish, saylov kampaniyalarini o’tkazishda asosiy siyosiy institut funksiyasini bajarishga o’tdilar.
Har qanday davlatda vakillik demokratiyasi shakllanishini siyosiy partiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlar jarayonida siyosiy partiyalarning rolini oshirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Ular faoliyatining qonuniy asoslari mustahkamlanib, vakolatlari kengaytirilmoqda. Natijada siyosiy partiyalarning islohotlar ijtimoiy samarasini yanada oshirishda mas’uliyati kuchayib, hozirda xorijiy mamlakatlar olimlari, xalqaro ekspertlar O’zbekistonda parlament faoliyatini takomillashtirish o’ziga xos yangi bosqichga ko’tarilganini e’tirof etmoqda.
2002 yil 4 apreldagi “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy tamoyillari to’g’risida”gi Konstitusiyaviy qonun asosida professional tarzda faoliyat yurituvchi Qonunchilik palatasi va hududlar manfaatlarini ifodalovchi Senatdan tarkib topgan ikki palatali parlament tashkil etildi. Shu orqali demokratik islohotlarni izchillik bilan amalga oshirishda sifatli qonunlar qabul qilish imkoniyati kengaydi, qonun ijodkorligi va ularning ijrosini nazorat qilish bo’yicha barqaror mexanizm shakllandi.
Parlament hokimiyatining amaliy rolini kuchaytirishda ko’ppartiyaviylik tizimining rivojlanishiga, siyosiy partiyalar faolligining keskin oshishiga, ular o’rtasida raqobat asosidagi kurash kuchayishiga sharoit yaratib berish muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda qonunlarimizda mamlakatimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanishi belgilab qo’yilgan, siyosiy partiyalarning keng ko’lamda ijtimoiy-siyosiy faoliyat yuritishi kafolatlangan. Eng muhimi, hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro mutanosiblik hamda manfaatlar muvozanatini ta’minlashda siyosiy partiyalar ishtirokining qonuniy asoslari mustahkamlandi.
Yurtimizda siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati bosqichma-bosqich kuchaytirilib, uning huquqiy asoslari mustahkamlanib borildi. 2004 yildan amal qila boshlagan “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi Qonun bu borada nihoyatda muhim qadamlardan biri bo’ldi. 2007 yilda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi Konstitusiyaviy qonun esa siyosiy partiyalar faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi Qonun partiyalararo, xususan, fraksiyalararo raqobatning huquqiy mexanizmlarini yanada rivojlantirdi. Unga ko’ra, qonun loyihalarini Qonunchilik palatasida ko’rib chiqishning barcha bosqichlarida siyosiy partiyalar fraksiyalari ishtirokining prosessual mexanizmi mustahkamlandi. Endilikda qonun loyihasi bo’yicha mas’ul qo’mita fraksiyalarning qonun loyihasiga doir fikrlari va takliflarisiz qonun loyihasi yuzasidan o’z xulosasini chiqarish huquqiga ega emas. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining qonun loyihasiga doir fikrlari va takliflari inobatga olinadi, shuningdek, Qonunchilik palatasi majlislarida loyihalarni ko’rib chiqish jarayonida ma’ruzachi barcha o’qishlarda fraksiyalarning fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazadi. Mazkur me’yorlarning belgilanishi qonun ijodkorligi jarayonida fraksiyalar o’rtasida raqobat muhitining amalda kuchayishiga xizmat qiladi.
Partiyalar o’rtasidagi saylovoldi kurashi parlamentning kundalik faoliyatida ham davom etishi, g’oya va dasturlar bellashuvining doimiy tus olishi partiyalar o’z oldiga qo’ygan maqsad-muddaolariga erishishini taminlashga xizmat qiladi. Shuning bilan birga siyosiy partiyalar mamlakatda amalga oshirilayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar jarayonining talablari bilan uzviy bog’liq bo’lgan, uzoq istiqbolga mo’ljallangan o’z dasturiga ega bo’lishi, ayni paytda, uni zamon bilan hamnafas takomillashtirib borishi talab etiladi.
Shuningdek, dasturiy maqsad va vazifalari doirasida qonunlar ijrosi samaradorligini kuzatish, o’z elektorati muammolarini, huquqiy tartibga solinishi lozim bo’lgan ijtimoiy munosabatlarning doirasini o’rganib borish asosida siyosiy partiyaning tizimlashgan g’oyalar bazasini to’ldirib borishi hayotiy ahamiyatga egadir. Bunda, albatta, elektorat bilan ish olib borishning zamonaviy usullari, umume’tirof etilgan siyosiy texnologiyalardan keng foydalanish, partiyalararo bahs-munozaralarni ommaviy axborot vositalari orqali ham faol olib borish muhim o’rin tutadi.



Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish