O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali


«O’zbek modeli» to’g’risilda material



Download 2,23 Mb.
bet102/105
Sana31.03.2022
Hajmi2,23 Mb.
#521803
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
2 5341807923053991311

«O’zbek modeli» to’g’risilda material
Mamlakatimizning 29 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li siyosiy barqarorlik sharoitida ro‘yobga chiqarilgan izchil yangilanishlar davri bo‘ldi. Islom Karimov e’tirof etganidek, bunday siyosiy barqarorlikni, eng avvalo, iqtisodiy mustaqillikka erishmay turib ta’minlash mumkin emasdi, iqtisodiy mustaqillik esa, o‘z navbatida, dunyoda “o‘zbek modeli” deb nom olgan ulkan islohotlar dasturiga asoslangandi. Farovonlik yo‘lining bu aniq-ravshan formulasi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti bizga qoldirgan boqiy meros sifatida aslo ahamiyatini yo‘qotmaydi. CHunki unda odamlarning har qanday inqirozga qaramasdan, o‘z Vatani bilan faxrlangani holda, munosib hayot kechirishga bo‘lgan qat’iy intilishlari mujassamdir. Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, ana shu tamoyillar O‘zbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori hisoblanadi.
O‘zbekistonning chorak asrlik mustaqil taraqqiyoti davomida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar barcha sohadagi muvaffaqiyatlarimizning tamal toshi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Albatta, bu yutuqlarga yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik, barqaror iqtisodiy o‘sish tufayli erishildi. Bugun biz farovon hayotimizga odatiy hol sifatida qaraymiz. Biroq ko‘pchilik, ayniqsa, katta avlod vakillari o‘tgan kunlarimizni yaxshi eslashadi, “Kim edigu kim bo‘ldik?” degan savolga xolis va asosli javob bera oladilar, ular hozirgi dorilamon kunlarga qanday sa’y-harakatlar evaziga etib kelganimizni teran anglaydilar.
O‘tgan davr haqida so‘z borganda, uni nafaqat “murakkab” tushunchasi bilan, balki “shiddatkor” iborasi bilan ham ifodalash lozim. CHunki ayni bir avlod ko‘z o‘ngida asrlarga tatigulik voqealar yuz berdi.
Bosib o‘tilgan yo‘l qanchalik mashaqqatli bo‘lganini, nechog‘li katta xavf-xatarlarga duch kelinganini takrorlab o‘tirishga hojat yo‘q. Bu qiyinchiliklarga nafaqat qarshi turish, balki o‘tish davrining barcha murakkabliklariga qaramasdan ularni engib o‘tish faqatgina Birinchi Prezidentimizning shijoati, oqilona qarorlari, xalqimiz matonati tufayli amalga oshdi. Binobarin, puxta va donishmandona tahlil bilan qabul qilingan qarorlar zamirida millionlab insonlarning taqdiri uchun ulkan mas’uliyat hissi barq urib turardi.
YOsh mustaqil davlatning oyoqqa turib olishi o‘zining samaradorligini amalda isbotlagan, xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan demokratik jamiyat qurishning mashhur “o‘zbek modeli” bilan bevosita bog‘liqdir. Uning Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta tamoyili mustaqil respublika qaysi yo‘nalishda o‘z taraqqiyoti sari borishi kerakligini belgilab berdi.
Aslini olganda, islohotlarning dastlabki bosqichida shakllangan “o‘zbek modeli” O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini qaror toptirish uchun uslubiy asos hamda jamiyat rivojiga mutlaqo yangicha nazarning aniq-ravshan ifodasi bo‘ldi.
Hayotiy chora-tadbirlar
Bugungi tinch va osoyishta, farovon hayotimiz bizni mustaqillik ostonasida ro‘y bergan voqea-hodisalar haqida xolis mushohada yuritishga undaydi. Yigirma yildan sal ko‘proq vaqt muqaddam hatto eng mashhur olim va tadqiqotchilar ham o‘tish davrining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlari bo‘yicha faqatgina yuzaki fikrlarni bildira olardi xolos. CHindan ham, o‘sha yillar kelgusida nima yuz berishi mumkinligi xususida hatto taxmin ham qilib bo‘lmas darajada murakkab edi.
Mavjud vaziyat tarixiy sharoit sabab tobora keskin tus olgandi. Negaki, respublikamiz va uning jafokash xalqini sobiq markazdagi partiya korchalonlari faqat qimmatbaho tola beruvchi paxta hosili zarur bo‘lib qolgandagina eslashlari oqibatida o‘zimizni boshi berk ko‘chaga kirib qolgandek his etardik. SHu bois vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini tezkorlik bilan topish talab etilardi. YUridik fanlar doktori, huquq nazariyasi bo‘yicha mutaxassis Leonid Levitinning tarix va siyosiy fanlar professori, O‘rta Osiyoning siyosiy muammolari bo‘yicha amerikalik ko‘zga ko‘ringan olimlardan biri Donald S. Karlayl bilan hamkorlikda yozgan “Islom Karimov — yangi O‘zbekiston Prezidenti” nomli kitobida qayd etilganidek, 90-yillar boshida sovet respublikalaridan hech biri O‘zbekistonchalik halokat yoqasida emasdi.

— Respublika xalqining taxminan uchdan ikki qismini tashkil etuvchi qishloq aholisi yillar davomida ekspluatatsiya qilingan. Odamlar paxta yakkahokimligi sharoitida o‘ta og‘ir va sermashaqqat mehnatga mahkum, yashash uchun zarur mablag‘ning etishmasligi va umuman, adolatsiz ijtimoiy tuzumdan aziyat chekishardi, — deb yozilgandi Avstriya poytaxtida nashr etilgan bu risolada.


Yigirmanchi asrning 90-yillari boshida yaqin xorij davlatlarining eng nufuzli gazetalarida mamlakatimiz haqida maqolalar “O‘zbekiston — qizib turgan samovar”, “O‘zbekiston — nonsizlar o‘lkasi”, “Quyosh botishi oldidan” kabi sarlavhalar ostida berilgan. Ko‘pgina kuzatuvchilar respublikani nafaqat dahshatli inqiroz kutayotganini, balki bu oqibatini tasavvur etish ham mushkul bo‘lgan muqarrar holat ekanini bashorat qilishardi.
O‘sha paytda ayrim shubhago‘ylar malayziyacha, amerikacha, Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlarining modellaridan nusxa ko‘chirish tarafdori edilar. Ular boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda tatbiq etilgan bo‘lsa-da, xalqimiz qadriyatlariga, dunyoqarashiga to‘g‘ri kelmasdi. Bir necha “tayyor” retseptlar ham bot-bot takrorlanardi. Deylik, “shok terapiyasi” ulardan biri edi. Ammo uning tamoyillari davlat iqtisodiyotini sog‘lomlashtirish va uni inqirozdan chiqarish bahonasida mehnatga layoqatli aholining 40 foizini ishsiz qoldirishi, hayot darajasini pasaytirishi, ijtimoiy tanglikni kuchaytirishi mumkin edi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bozor munosabatlariga bunday yondashish noto‘g‘ri, degan qat’iy fikrini ilgari surdi. Boisi, taklif qilinayotgan uslublar butun hayot tarzini, xalqning ruhiyatini butunlay o‘zgartirishni talab etardi. Zotan, bizning asosiy vazifamiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga hech qanday yo‘qotishlarsiz o‘tishdan iborat edi. SHu nuqtai nazardan, O‘zbekiston faqat o‘zigagina xos bo‘lgan yo‘lni tanladi. Bu yo‘l ilg‘or mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, iqtisodiy islohotlarning milliy modelini yaratishni ko‘zda tutardi. O‘sha davrda “o‘zbek modeli” samarali o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun kuchli turtki bo‘ldi hamda misli ko‘rilmagan chinakam najot va -yuksak ishonch baxsh etdi.
Kelajakni o‘z qo‘limiz bilan quramiz
“O‘zbek modeli”ga hamohang ravishda istiqbolli vazifalar belgilab olindi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz” asarida qayd etganidek, respublikada iqtisodiy islohotlar va yangilanishlar dasturini amalga oshirishning dastlabki kunlaridan boshlaboq, asosiy e’tibor iqtisodiyot tuzilmasini muayyan ravishda yaxshilash, uning bir tomonlama, xom ashyo bazasi sifatidagi yo‘nalishidan voz kechishga qaratildi va hozir ham shunday qilinmoqda.
Mustaqillikka erishgunga qadar O‘zbekiston totalitar, mustabid tuzumning paxta bazasi hisoblanar va ana shu xom ashyoni boshqa mintaqalarga ham etkazib berardi. Turmush darajasi esa nihoyatda past edi: 1990 yilda O‘zbekistonda umumiy daromadlari yashash minimumidan past bo‘lganlar aholining 70 foizini tashkil etardi, boshqa respublikalarda esa bu ko‘rsatkich 30 foizdan ko‘p emasdi. Mavjud korxonalar ichki bozor ehtiyojlari uchun emas, balki olib chiqib ketilishi uchun mahsulot ishlab chiqarardi. SHu bilan birgalikda, agar o‘sha payt xaritasiga nazar tashlansa, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 50 foizi faqat Toshkent shahri va Toshkent viloyatining, qolgan 50 foizi esa boshqa viloyatlarning hissasiga to‘g‘ri kelardi.
— Sobiq tuzum shu qadar mafkuralashgan ediki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati iqtisodiyot qonunlariga emas, dogmalarga bo‘ysunardi, — deydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi direktori o‘rinbosari Muhsinjon Xolmuhamedov. — O‘sha paytda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi, bor-yo‘g‘i, 14 foizga yaqin edi, xolos. Bir vaqtning o‘zida sobiq markaz juda katta miqdordagi moliyaviy mablag‘larni o‘z g‘oyalarini Afrika yoki Amerika qit’alaridagi mamlakatlarga singdirish uchun yo‘naltirardi. YAngi maktablar qurishga esa mablag‘ topilmasdi. XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida ana shunday sharoitlarda yashagan odamlar ishlab chiqarishda, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda yuzaga kelgan turg‘unlikni ko‘rib, kelajakka bo‘lgan ishonchni yo‘qotgan edilar.
Boshqacha aytganda, mafkuraviy dogmalardan xoli shunday yangicha tafakkurni shakllantirish zarurati paydo bo‘ldi, toki u butun jahon tamadduni va har bir alohida mamlakatning sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tishi uchun turli yo‘llar mavjudligini ko‘rsatib bersin. O‘zbekistonda uzoq vaqt davomida yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun tamomila yangi yondashuv ishlab chiqildi. U iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning har bir bosqichida maqsad va ustuvor vazifalarni aniqlashtirish, ularni bajarish uchun zarur bo‘lgan mexanizmlarni yaratish, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlashni o‘z ichiga oldi. Muhimi, bu ishlar ko‘zbo‘yamachilik, o‘z-o‘zini aldash va yutuqlardan esankirashlarsiz, vazminlik bilan olib borildi, aynan shuning uchun ham samarali bo‘ldi.

YUqorida nomi keltirilgan L. Levitinning yozishicha, O‘zbekiston qulay geografik joylashuvga ega bo‘lib, mintaqaning transport, energetika va suv tizimlari markazida joylashgan. U aholi soni jihatidan ham, ilmiy-texnik salohiyati, noyob tabiiy-iqlim sharoitlari, qadimiy dehqonchilik madaniyati va mineral-xom ashyo zaxiralari bilan ham o‘z qo‘shnilari orasida ustun turadi. Bu esa o‘zini o‘zi oziq-ovqat bilan ta’minlashga, qishloq xo‘jaligi ekinlarining qimmatli texnik turlarini etishtirish va eksport qilishga imkon yaratadi. Mamlakatda ekologik jihatdan xavfsiz va jahon bozorida raqobatdosh meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun barcha shart-sharoit mavjud.


Mutaxassislar fikricha, bozor iqtisodiyotini totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik asosida shakllantirib bo‘lmaydi. Bu ikki tizim umumiy jihatlarga ega emas, shuning uchun ham mustaqillikka erishgan paytda mavjud xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish emas, balki butunlay yangisini yaratish zarur bo‘ldi. “O‘zbek modeli” asosida bir holatdan boshqa holatga o‘tildi.
Yangi sharoitga o‘tish xalqning qo‘llab-quvvatlashi tufayli kelgusi taraqqiyot va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga mustahkam poydevor yaratdi. Bu monolitning hayotiyligi keyin ham bir necha bor sinovdan o‘tdi. Masalan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida respublikamiz o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar dasturi asosida inqirozni salbiy oqibatlarsiz engib o‘tdi.
Mulkdorlar mamlakati
Aniq iqtisodiy hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, bozor iqtisodiyotiga uning barcha qoidasi va talablarini joriy etgan holda o‘tish oson kechmaydi. Lekin mustaqillik ilgari mavjud bo‘lmagan astoydil mehnat qilish va buning uchun moddiy rag‘bat olish imkoniyatini taqdim etdi.
Bozor munosabatlari sharoitida xalqimiz o‘zining tadbirkorlik qobiliyatlarini ishga solgan holda, qo‘shimcha daromad manbaini topdi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, shuningdek, odamlar ongu tafakkurini o‘zgartirish uchun zamin yaratdi. Aholi orasida tashabbuskorlik, o‘z kuchiga ishonish hissi shakllandi. Negaki, bozor munosabatlari odamlarni yangiliklarga befarq qaramaslikka, fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini dadil joriy etishga, kasbiy mahoratni munosib baholashga, qisqasi, iqtisodiyot ustidan markazlashgan boshqaruv sharoitida erishish mumkin bo‘lmagan yutuqlarni qo‘lga kiritishga chorlaydi. Bozor iqtisodiyotida madaniy an’analar takomiliga etkaziladi, ayniqsa, u yoki bu sohada afzallikka ega bo‘lgan an’analar rivojlantiriladi. Bozor munosabatlari, bir tomondan, ishlab chiqarish quvvatlarining salohiyatidan samarali foydalanishni, ikkinchi tomondan esa, boqimandalikdan qutulib, tashabbuskorlik va omilkorlikni rivojlantirish, mulkka egalik hissini qayta tiklash va nihoyat, ishlab chiqaruvchining buyruqbozligidan voz kechib, uning iste’molchi manfaatlariga xizmat qilishini ta’minlaydi.
O‘z navbatida, mazkur jarayonning pirovard xulosasi Islom Karimovning “O‘zbekiston mulkdorlar mamlakatiga aylanishi kerak!” degan so‘zlarida yaqqol ifoda etildi. Respublikaning yangi taraqqiyot yo‘liga va tanlab olgan modeliga sodiqligi haqidagi fikrlar nafaqat mamlakatimiz, balki global miqyosda yangray boshladi. Birinchi Prezidentimiz Evropa davlatlaridan biriga safari chog‘ida mamlakatimizda kichik va o‘rta mulkdorlar sinfi paydo bo‘lgan taqdirdagina jamiyatimiz taraqqiyot va demokratiya sari dadil odim tashlay olishini ishonch bilan ta’kidlagandilar.
SHunda mulkka munosabatni tubdan yangilash maqsadida o‘zgarishlar qadamma-qadam amalga oshirila boshlandi. Uning mohiyati mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish g‘oyasiga asoslanardi. Bu esa iqtisodiyotni bosqichma-bosqich yangilashda poydevor bo‘ldi va uning samaradorligi jahon hamjamiyati tomonidan alohida e’tirof etildi.
Ishbilarmon doiralar hamda tahlilchilar fikricha, oqilona va uzoqni ko‘zlagan siyosat bugungi kunda Prezident SHavkat Mirziyoev tomonidan izchil davom ettirilmoqda, amalga oshirilayotgan islohotlar esa nafaqat samarali, balki O‘zbekiston singari bozor iqtisodiyotini rivojlantirish sari yuz tutgan boshqa davlatlarga amaliy o‘rnak bo‘la oladi.
Aytish kerakki, mustaqillik tufayli xususiy sektor beqiyos imkoniyatlarni qo‘lga kiritdi. 50 ga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjatlar qayta ko‘rib chiqildi va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida to‘ldirildi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, agar bundan o‘n yil avval o‘z ishini yo‘lga qo‘yish uchun tadbirkorga 276 kun kerak bo‘lgan bo‘lsa, ayni paytda bu jarayon O‘zbekistonda bir haftadan kam muddatni talab etadi va yuqori daromadli mamlakatlar ko‘rsatkichiga mos keladi. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan bunday ishlar xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning reytingida aks etmoqda. Misol uchun, qisqa davr ichida mamlakatimiz deyarli 70 band bo‘yicha ko‘rsatkichlarni yaxshilagan.
Izchil amalga oshirilayotgan siyosat tufayli bugun O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad MDH mamlakatlaridagi ko‘rsatkichlardan yuqori. YAngi mingyillikka o‘tish bo‘sag‘asida kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda, Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida keltirilganidek, 56,9 foizga etgan. Agrar sohadagi tub burilishlar natijasida qishloq mehnatkashlarining qarashlari ham o‘zgardi. Har bir fermer va dehqon o‘zini erning haqiqiy egasidek his eta boshladi. Aynan egasidek, xo‘jayinidek emas — buning katta farqi bor. O‘zini va oilasini boqayotgan erning holatiga, uni qayta ishlashga mas’uliyat bilan yondashadigan, hosildorlikni oshirish va mahsulotni saqlash uchun jon kuydiradigan, boshqacha aytganda, natijadorlikka va o‘z qobiliyatini to‘la namoyon etishga intiladigan bo‘ldi.
Ayni paytda O‘zbekistonda ish bilan band aholining to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i xususiy sektorda mehnat qiladi. Ularga xom ashyoni zamonaviy texnologiyalar asosida chuqur qayta ishlash hajmini ko‘paytirish, tayyor mahsulotni eksport qilishni oshirish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish vazifalari ham yuklatilgan. Bundan chorak asr muqaddam umuman mavjud bo‘lmagan mulkdorlar va tadbirkorlar bugun iqtisodiyotning etakchi kuchiga aylandi. Aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari yaratish masalalarida ular asosiy rol o‘ynamoqda.
Samaradorligi tan olingan, chuqur o‘ylangan chora-tadbirlar, O‘zbekistonni ishbilarmonlik muhitini isloh etish bo‘yicha jahondagi kuchli o‘ntalikka kiritgan Jahon banki e’tirof etganidek, izchil davom ettirilmoqda. Prezident SHavkat Mirziyoevning 2016 yil 5 oktyabrdagi xususiy sektor rivojida yangi sifat bosqichini boshlab bergan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ishbilarmonlar doirasida katta qiziqish uyg‘otdi. Davlatning qo‘llab-quvvatlashidan ilhomlangan tadbirkorlar safi o‘tgan yil davomida yana 32 mingta ko‘paydi.
— O‘zbekiston rahbariyati balandparvoz siyosiy bayonotlar bermaydi, siyosiy oldi-qochdi bilan shug‘ullanmaydi, — deb qayd etgan edi “Mir govorit” gazetasining bosh muharriri Viktor Matyashov (Rossiya). — U iqtisodiyotni yo‘lga qo‘yish, -davlat qurilishi borasida aniq ishlarni amalga oshiradi.

Dunyo nigohidagi ko‘rsatkichlar


Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardan boshlaboq O‘zbekistonning har bir sa’y-harakati uzoq va yaqin qo‘shnilar tomonidan sinchiklab kuzatildi. Qulay geografik sharoitlar, tabiiy boyliklar va kadrlar salohiyatiga ega yosh davlat bilan aloqalarni o‘rnatishga bo‘lgan ishtiyoq yildan-yilga kuchayib borardi. Ammo ular har safar hamkorlikni taklif etish oldidan barqarorlikka ishonch hosil qilish uchun mamlakatimizdagi vaziyatni chuqur o‘rgandi. CHunki investorga uning qo‘yilmalari foyda keltirishi juda muhim: biznes, bu — biznes.
SHunday ekan, statistik hisobotlar, prognoz parametrlari, OAVdagi materiallar va boshqa manbalar juda puxta, ta’bir joiz bo‘lsa, lupa orqali tahlil etilardi. Diqqat bilan tanishgandan so‘ng esa hamkorlar to‘plangan dalillarni qoniqish bilan qayd etardi: O‘zbekiston sobiq sovet respublikalari orasida 1997 yildayoq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1990 yildagiga nisbatan 12,7 foiz oshira olgan yagona mamlakat edi. Boshqa ko‘pgina mustaqil davlatlar bir necha yil o‘tgandan keyin ham bu ko‘rsatkichni, hatto 1990 yoki 1991 yil darajasiga yaqinlashtira olmagan edilar.
Bunday natijalarga iqtisodiy islohotlarni asosiy maqsad qilib qo‘ymagan holda erishildi. Bu islohotlar dastlabki davrda, avvalo, odamlarga, ularning eng zarur kundalik ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirildi. Keyinchalik esa ularning o‘z qobiliyatlarini namoyon etishi uchun sharoit yaratishga qaratildi. Buni teran anglagan dono xalqimiz mustaqil davlatning har bir qadamini mamnuniyat bilan qarshi oldi.
O‘sha yillarda ommaviy axborot vositalaridagi tendensiyani ko‘pchilik yaxshi eslaydi. Televidenie va gazetalar MDH mamlakatlarida ish haqi o‘z vaqtida berilmayotgani haqidagi xabarlar bilan to‘lib-toshgan edi. 1998 yildan keyin “relslar jangi” tushunchasi qo‘llanila boshlandi: ya’ni o‘shanda ko‘mir qazib chiqaruvchi mintaqalarda etti oylab maoshini ololmasdan sillasi qurigan konchilar asosiy transport magistrallarini to‘sib qo‘yishardi. Pensionerlarning ahvoli ham havas qilarli emasdi. Xorijlik sotsiolog Leonid Gordon ta’biri bilan aytganda, ular uyda o‘z muammolari bilan yolg‘iz qolishdan ko‘ra, namoyishga chiqishni afzal ko‘rishardi. Ayni paytda bu davlatlarda aholining besh foizga yaqini shu qadar boyib ketgan ediki, ularning daromadi qashshoq qatlam vakillarinikidan 25 — 40 baravar ortiq edi.
“O‘zbek modeli” asosida past va o‘rta daromadli aholi qatlamlarining turmush darajasini ko‘tarish bo‘yicha puxta o‘ylangan siyosatni amalga oshirish asnosida jamiyatda keskin tabaqalanishga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rildi. YUrtimizda 10 foiz ta’minlangan va 10 foiz etarlicha ta’minlanmagan aholi daromadlari o‘rtasidagi tafovut, ya’ni “detsil koeffitsienti” deb ataluvchi ko‘rsatkich 2015 yilda 7,7 foizni tashkil etdi. Xalqaro e’tirof etilgan Jini indeksi, ya’ni aholining tabaqalanishi ko‘rsatkichi 0,280 ni tashkil etdi va bu ko‘pgina rivojlangan hamda rivojlanayotgan davlatlarnikidan ancha past edi.

SHu ma’noda, quyidagi raqamlar e’tiborni tortadi: 2016 yilda aholining real daromadlari 11 foiz o‘sdi, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 15 foiz, pensiya va ijtimoiy nafaqalar — 12,1 foiz oshirildi. Bu raqamlar jahonda davom etayotgan moliyaviy inqiroz sababli qator davlatlarda ijtimoiy to‘lovlar qisqarib borayotgan bir sharoitda bizning davlatimiz o‘z fuqarolariga qanchalik g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotganidan dalolat beradi.


Barqarorlik, yuqorida sanab o‘tilgan omillar, shuningdek, tobora takomillashayotgan transport sohasi, jozibador investitsiya muhiti, xalqaro reytinglardagi yuqori o‘rinlar — bularning hammasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘lgan yangidan-yangi investorlarni jalb etmoqda. Iqtisodiyotimizga, asosan, sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash loyihalarini amalga oshirish uchun kiritilayotgan sarmoyalar faqat 2016 yilda deyarli 10 foiz ortdi va 16,6 milliard dollarni tashkil etdi. Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashayotgan O‘zbekiston hududida bugun besh mingdan ziyod chet el kapitali ishtirokida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida tuzilgan korxonalar faoliyat yuritmoqda. “O‘zbek modeli” asosida amalga oshirilgan islohotlar ekspertlar tomonidan hamisha yuqori baholanib kelinmoqda. Xususan, Jahon iqtisodiy forumi O‘zbekistonni eng tez rivojlanayotgan beshta davlat qatoriga kiritdi.
Evropa Parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigulening fikricha, O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini bundan 25 yil avval qanday holatda boshlaganini hisobga olsak, mamlakat mustaqillik yillarida aqlbovar qilmas yutuqlarga erishgan.
— Bugun O‘zbekiston barcha sohada ildam rivojlanishni namoyish etmoqda. U o‘z fuqarolarining xavfsizligini ta’minlashga, ularning moddiy farovonligini va ijtimoiy himoyasini yaxshilashga, turli xizmatlardan foydalanishlari uchun imkon yaratishga alohida e’tibor qaratadigan davlatga aylandi, — deydi parlament a’zosi.
Keng ko‘lamli islohotlar natijasida O‘zbekiston iqtisodiyoti bir necha barobar o‘sdi, aholi nufusi bir yarim marta ko‘paygan bo‘lsa-da, jon boshiga daromad ko‘rsatkichlari sezilarli darajada ortdi. SHaharu qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgardi, zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma vujudga keldi. Bularning barchasi taraqqiyotning “o‘zbek modeli” hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilayotganining, mamlakat hamda uning har bir fuqarosi farovonligi yo‘lida -davom ettirilayotgan islohotlar siyosatining amaliy ifodasidir.
Tamoyil rus tilidan olingan bo‘lib, prinsip– biron-bir ta’limot, dunyoqarashning asosiy, birlamchi qoidasi, boshqaruvchi g‘oya, faoliyatining asosiy yo‘nalishi. SHuningdek, insonning borliqqa munosabatini, uning xatti-harakati va faoliyati me’yorlarini belgilovchi ichki omil ham tamoyil hisoblanadi.
Mustaqillikni dastlabki yillarida prezident Islom Karimov rahbardigida islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Bunda taraqqiy etgan mamlakatlarning bozor munosabatlarga o‘tish tajribasi, mamlakatimiz boshdan kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlari, xalqimizning turmush va tafakkur tarzi asos qilib olidi. SHu tariqa jamiyatni isloh etishning chuqur ilmiy asoslangan quyidagi besh tamoyili vujudga keldi.
Birinchi tamoyil iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi. Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkura bo‘ysundirilishi mumkin emas. Ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlardan holi bo‘lish lozim.
Iqtisodning siyosatdan ustunligi va mafkuradan xoliligi. O‘zbek modelining tamoyili sifatida nafaqat mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning mazmun – mohiyatini aks etiradi, balki yurtimiz iqtisodiy hayotininng yangiliklarga, ilg‘or tajribalar va oqilona tashkil qilishning omilidir. U ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni tan olishga, mulkchilik shakllariga, taqsimotga nisbatan subektiv munosabatdan qutilishga ma’naviy shart-sharoit yaratadi. Islom Karimov ta’kidlagani kabi: “Mafkuraviy aqidalarni bartaraf etish xo‘jalik yuritishning turli ijtimoiy fikrning, bozor munosabatlariga mos bo‘lgan psixologiyaning va shunga xos iqtisodiy tafakkurning idrok etilishicha ko‘maklashadi”.
Mazkur tamoyil iqtisodiy rivojlanishda ma’naviyatning ahamiyati nechog‘lik muhim ekanini, uning nozik qirralarini ochib beradi.
Ikkinchi tamoyil. Davlat –bosh islohotchi. U islohotlarning ustivor yo‘nalishlarini belgilab berishi, yangilanish va o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirish lozim. Mustabit tuzum asoratlaridan xolos bo‘lish jarayonida o‘zini-o‘zi tartibga soladigan etuk rivojlangan iqtisodiy mexanizm birdaniga vujudga kelib qolmaydi. SHu boisdan ma’muriy buyruqbozlikka, markazlashgan iqtisodiyotga asoslangan tuzumi qoldiqlarini bosqichma-bosqich bartaraf etish, bu yo‘ldagi turli ziddiyat va qarshiliklarni engib o‘tish yangi munosabatlarni qaror toptirish uchun o‘tish davri kerak. Ziddiyatlarga boy bo‘lgan o‘tish davri sharoitida iqtisodiyotni, isloxotlarni o‘z holiga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi.
Islom Karimov, o‘zbek modelinnig mazkur tamoyilini ilmiy asoslar ekan, quyidagilarni ta’kidlaydi: “O‘tish davrida davlat xalq xo‘jaligining, ayniqsa uning asosini, tizimini narx-navolarni tartibga solib turishi, shuningdek, bevosita yordam berishda imtiyozla yaratishi, bevosita yordam ko‘rsatishi yo‘li bilan ana shu tarmoqlarga madad berishi lozim”. Bu so‘zlar davlatning bosh islohotchisi sifatidagi vazifasi nimadan iborat ekanini asoslab beradi va ayni paytda turli ijtimoiy guruhlarning, nodavlat va jamoatchilik tashabbuslari va faoliyatlari cheklanmasligini, aksincha, davlat ularga yordam berishini bildiradi.
Uchinchi tamoyil. Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi, Demokratik yo‘l bilan qabul qilingan konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma xurmat qilishi va ularga og‘ishma rioya etish lozim.
Birinchidan, mazkur tamoyil turli mulk shakllarining teng huquqiy asosda rivojlanishini ta’minlaydi. Mulkchilik shakllari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlar, raqobat qat’iy huquqiy me’yorlar yordamida tartibga solinadi.
Iqtisodiyotning boshqarishda o‘zboshimchalik va sub’ektivizmga, turli iqtisodiy zo‘ravonliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun zurur huquqiy shart-sharoit vujudga keladi. Ikkinchidan, demokratiya rivojlanadi, aholining siyosiy madaniyati va faolligi oshadi. Fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligi rivoji uchun huquqiy kafolat paydo bo‘ladi. Inson huquqlari ta’minlanadi. Noqonuniy imtiyozlarga chek qo‘yiladi. Uchinchidan, alohida shaxsning, barcha ijtimoiy guruh va qatlamlarning manfaatlari, ijodiy salohiyati samaraliroq ro‘yobga chiqadi. Jamoat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyati yil sayin ortib boradi, fuqarolik amiyati shakllanadi.
Demak, qonunning ustuvorligi tamoyili keng ma’noda, O‘zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotga, jamiyat yangilanishiga inson shaxsining yuksalishiga xizmat qiladi.
O‘zbek modelinnig mazkur tamoyili o‘zidan avvalgi tamooyil bilan chambarchas bog‘liq. Zero, davlat bosh islohotchi sifatida ijtimoiy barqarorlik, qonuniylik va huquq-targ‘ibotning asosiy kafili bo‘ladi.
Ushbu tamoyil jamiyat hayotida birdaniga to‘qiq qaror topib qolmaydi. U nisbatan uzoq muddat talab qiladigan, bosqichma bosqich va doimiy rivojlanib boradigan jarayon. Uning to‘liq qaror topishi uchun o‘zaro mushtarak bo‘lgan quyidagi uch omil muhim ahamiyat kasb etadi;
- jamiyatning, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab oladigan puxta va zaruratga qarab o‘zgaruvchi qonunlar majmuasining vujudga kelishuvi va doimiy takomillashib borishi;
- jamiyat a’zolarining huquqiy savodxonligi darajasi va qonunga itoatgo‘yligining yuksak bo‘lishi;
- mavjud qonunlarni hayotga tadbiq etishning zarur iqtisodiy shart-sharoiti, siyosiy-ma’muriy va ijtimoiy mexanizmini yaratish.
To‘rtinchi tamoyil. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda, aholini, ayniqsa kam ta’minlangan oilalarni, bolalar va keksalarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rinishi lozim.
Kuchli ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismlari va yo‘nalishlari ko‘p. Ular ijtimoiy ta’minot, yangi ish o‘rinlari yaratish, sog‘liqni saqlash, xalq – ta’limi, madaniyat, sport va jismoniy tarbiya sohalari faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash va islox qilishdan tortib jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni ta’minlashgacha bo‘lgan masalalarni qamrab oladi.
Kuchli ijtimoiy - siyosat olib borish va aholining turli qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish o‘zbek modelinnig insonparvarlik mohiyatini belgilab beruvchi tamoyillardan biridir.
Beshinchi tamoyil. Bozor iqtisodiyotiga ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, tadrijiy asosda puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich o‘tish. Bu ish islohotlarning huquqiy asoslari va kafodatdarini vujudga keltirish, aholini ijtimoiy himoyalash va uning yangicha iqtisodiy tafakkurini shakllantirish bilan birga olib boriligi lozim. “Faqat farmonlar, farmoyishlar chiqarish bilan bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Uzoq tarixiy taraqqiyotning natijasi bo‘lib, tegishli infrostrukturani va huquqiy asosni yaratishgina emas, shu bilan birga, qadriyatlar tizimida chuqur o‘zgarishlari, xo‘jalik faoliyati va amaliy munosabatlarni asoslashni ham ko‘zda tutadi”[2]O‘zbekistonda aynan shunday yo‘l tutildi. Bunday siyosat yuritish nafaqat mablag‘lardan samarali foydalanish imkonini bermoqda, shuningdek, odamlarning safarbarligini oshirmoqda, ijtimoiy larzalarning oldini olmoqda, mulkchilik ishlarini bosqichma-bosqich rivojlantirmoqda. Ushbu tamoyillar O‘zbekistoning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining asosini, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi.
Milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillari o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Jamyatdagi ijtioiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, amalga oshirilayotgan faoliyat, islohot va o‘zgarishlarning samarsi ushbu tamoyillarningodamlar hayotiga qay tarzda ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liq. Ular milliy istiqlol g‘oyasining jamiyat hayotining turli sohalarida qay tariqa namoyon bo‘lishini, bu sohadagi amalga oshirilayotgan silohotlarinng g‘oyaviy jihatlarini belgilaydi. Bu tamoyillarning xatti-harakati, mehnati, yashash tarzini tashkil etishda ma’naviy mezon sifatid katta ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, milliy istiqlol g‘oyasining amal qilish tamoyillari ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarining asosiy yo‘nalishlarini ham belgilab beradi. Bu boradagi amaliy faoliyat ana shu tamoyillarga tayangan holda olib borilganida kutilgan natijalarga erishish mumkin. Ushb natijalalr o‘z navbatida hayotda umuinsoniy va milliy qadriyatlarg sodiqlik, inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi, qonunning ustuvorligi, demokratiya va kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish tamoyillarining namoyon bo‘lish darajasini ham ko‘rsatadi.
Milliy istiqlol g‘oyasining taomyillari bir-biri bilan uzviy aloqadordir. Ular o‘z navbatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi talablariga to‘la-to‘kis mos keladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida jamiyat hayotining, xususan mafkuraviy jarayonlarning ham huquqiy me’yorlari aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 12-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy istitutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivolanadi. Hech qaysi mafkra davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”[3]deyilgan.
Milliy istiqlol g‘oyasi insonparvarlik tamoyiliga amal qililshna taqozo etadi. Mamlakatimizda insonparvarlik va demoratik jamiyat barpo etilmoqda. Biz xalqimizning muqaddas qadriyatlari hamda ulkan tarixiy merosiga tayanib, shuningdek, umume’tirof tilgan demokratik tamoyil va me’yorlarga rioya qilgan holda, insonparvar jamiyat barpo etmoqdamiz. Bugungi kelib mustabid tuzum asoratlaridan, uning g‘ayriinosniy g‘oyalaridan, shuningdek, yakka mafkurachalik amalidan xalos bo‘ldik. Xozirgi murakab rivojlanish bosqichida O‘zbekistonning demokratik istiqbolini jamiyatda insoning tub manfaatlariga mos istiqbolini jamiyatda insoning tub manfaatlariga oms ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish orqaligina ta’minlag mumkin. Bunda milliy g‘oyainng insonparvarlik va demokratik tamoyillari inson va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi kuch hisoblanadi.
Millat tafakkuri, ruhiyati va fikrlash tarzi qarashlarxilma-xilligini aslo inkor etmaydi. Xalqimizning “Kenggashli to‘y tarqamas” degan maqoli ham fikrimizni tasdiqlaydi. Umumbashariy demokratik tamoyillarning hayotimizdan mustahkam o‘rin olishi ma’naviy kuch-qudratimiz timsoli bo‘lgan milliy g‘oyada aks etgan insonparvar tuzum, barqaror taraqqiyot, xafsizlik, milliy davlatchilikning ma’naviy tayanchlari nechog‘lik mustahkam bo‘lishiga bog‘liq.
Xullas, milliy istiqlol g‘oyasi mamlaktimizda barpo etilayotgan jamiyat va taraqqiyotning o‘zbek modeli bilan uzviy bog‘liqdir.
Mustaqillikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan, erkie va farovon hayot barpo etish jarayonida bu g‘oya xalqimizni pirovard maqsadlar yo‘lida uyushtiruvchi omil, ijtimoiy faoliyatning ma’naviy mezoni sifatida o‘z ahamiyatini saqlab kelaveradi.
Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” – xalqimiz farovonligining muhim omili
Xalqimiz istiqlolning yigirma ikki yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan shu kunlarda mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga yana bir bor nazar tashlaymiz. Bugungi yorug‘ kunlarga, yutuq va marralarga qanday omillar evaziga erishganimizni ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazamiz.
Mamlakatimiz uchun hal qiluvchi bir paytda eng to‘g‘ri yo‘l sifatida tanlangan, bugungi kunda o‘zining yuksak samaralarini berayotgan O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘li – “o‘zbek modeli” ana shunday eng muhim omillardandir.
Qaltis vaziyat
Yurtimizda 80-yillar oxirida vujudga kelgan vaziyatni chuqur o‘rgangan olimlar, ekspert va tahlilchilar aynan ana shu iborani qo‘llaydilar. Darhaqiqat, o‘sha suronli yillarda O‘zbekistondagi ahvol juda qaltis edi.
O‘sha paytda respublikamiz barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sobiq ittifoq respublikalari ichida oxirgi o‘rinlarda turar edi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish ittifoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha kam edi.
Qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligi oqibatida oziq-ovqat masalasida o‘zgalarga qaram edik. Kundalik ehtiyoj uchun zarur iste’mol mollarining uchdan ikki qismi, hatto oddiy tuz va gugurt ham chetdan olib kelinardi.
Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganining ertasi kuniyoq hukumat majlisida respublikada vujudga kelgan o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ob’ektiv baho berdi va uning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, shunday yakuniy xulosa chiqardi: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”.
Bu da’vat yurtimizda siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka erishish yo‘lida keng qamrovli ishlar, milliy davlatchilik tarixida yangi davrning boshlanishi bo‘lganini keyingi jarayonlar yaqqol ko‘rsatdi.

O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li


Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan paytda ayrim xalqaro moliyaviy tashkilotlar rivojlangan davlatlarda qo‘llanilgan bozor mexanizmlarini tatbiq etishni maslahat berdi. Biz ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxa ko‘chirmadik. Dunyoda tan olingan modellarning eng yaxshi jihatlarini o‘rganib, o‘zimizga mos va o‘zimizga xos taraqqiyot yo‘lini tanladik. Bu yo‘l davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, xalqimizning davlatchilik tarixi, milliy-diniy qadriyatlari hamda jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqildi.
Mashhur besh tamoyilga – iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, davlat – bosh islohotchi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishga asoslangan ana shu model bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy ishlarimizning mustahkam poydevori, taraqqiyotimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi.
Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, bu strategiya bozor iqtisodiyoti nazariyalarini yanada boyitdi, o‘tish davrini boshidan kechirayotgan davlatlar uchun yana bir namunaga aylandi.
Bu modelning barcha sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishiga sabab bo‘lgan omillari ko‘p. Ularning eng asosiysi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda turli xil sakrashlarsiz, ya’ni inqilobiy yo‘ldan emas, balki tadrijiy rivojlanish yo‘lidan borish tamoyilidir.
Islohotlarni amalga oshirishda davlat bosh mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi ana shunday tadrijiylikning muhim jihatidir. Xalqaro tashkilotlar ham bugun o‘tish davri iqtisodiyotida, chuqur islohotlarni amalga oshirishda davlatning roli haqiqatan ham katta ekani, buni O‘zbekiston tajribasi amalda isbotlaganini keng tan oldi. Hozirgi vaqtgacha davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida hatto rivojlangan mamlakatlarda ham iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli oshayotgani O‘zbekistonning bu boradagi yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanini ko‘rsatdi.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida mamlakatimizda dunyo davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqilib, izchil amalga oshirildi. Agar ko‘pchilik xorijiy davlatlarda qabul qilingan inqirozga qarshi dasturlar ko‘rilgan talofatlarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lsa, O‘zbekistonning dasturi yaqinlashib kelayotgan xatarning oldini olish hamda iqtisodiyotni yanada mustahkamlash, uning raqobatdoshligini oshirishga yo‘naltirilgani bilan ajralib turadi.
Ana shunday uzoqni ko‘zlab ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli inqiroz avjiga chiqqan eng og‘ir yillarda ham mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik saqlab qolindi, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlandi. O‘zbekiston iqtisodiyoti dunyodagi eng kam talofat ko‘rgan mamlakatlardan biri bo‘ldi.
Toshkent shahrida ushbu dasturni va uning samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan jahon miqyosida ko‘zga ko‘ringan yirik iqtisodchi olimlar, ekspert va tahlilchilar O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini to‘la qo‘llab-quvvatlab, bu tajribani boshqa davlatlar amaliyotida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2010 yilda e’lon qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi “o‘zbek modeli”ni nazariy va amaliy jihatdan yanada boyitdi. Ushbu konsepsiya mamlakatimizni modernizatsiya qilish va demokratik yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan.



Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish