O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali



Download 2,23 Mb.
bet103/105
Sana31.03.2022
Hajmi2,23 Mb.
#521803
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
2 5341807923053991311

Yuksak samaralar
Istiqlol xalqimizga yangi taraqqiyot ufqlarini ochib berdi. Tarixan qisqa, mazmunan boy mustaqillik yillarida Vatanimiz istiqboli yo‘lida asrlarga tatigulik o‘zgarishlar amalga oshirildi.
“Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang” tamoyili asosida olib borilgan islohotlar tufayli turli yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymasdan, barcha soha mutanosib holda isloh etildi va rivojlantirildi, yangi jamiyatning mustahkam asoslari yaratildi.
Sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida faqat O‘zbekistonimizda 1996 yildan boshlab izchil iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Agar 1996-2003 yillarda o‘rtacha o‘sish sur’ati 4,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004 yildan bu jarayon yangi bosqichga ko‘tarildi – 7,5-9 foiz o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda.
Dunyoning aksariyat davlatlarida iqtisodiy o‘sish tushib ketgan, haligacha retsessiya holati kuzatilayotgan, rivojlangan mamlakatlarda davlat qarzi va byudjet taqchilligi oshib, ishsizlik darajasi o‘sib borayotgan inqiroz davrida – 2008-2012 yillarda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati yiliga o‘rtacha 8,4 foizni tashkil qildi. YAlpi ichki mahsulot hajmi 2012 yilda 1990 yilga nisbatan 4,1 barobar oshdi, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,8 barobar ko‘paydi. O‘zbekiston barqaror yuqori o‘sish sur’atlari davom etayotgan etakchi o‘n davlat qatoridan joy oldi.
Bunday yuksak natijalarga erishishda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotning real sektorini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy tabiiy-iqtisodiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish hisobidan iqtisodiyotda, avvalambor, ichki talabga hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgartirishlar muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘z navbatida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasidagi keng ko‘lamli tajriba ham o‘zining yuksak samaralarini berdi.
Milliy iqtisodiyotimiz nafaqat hajm jihatidan, balki sifat jihatdan ham tubdan o‘zgardi. YAlpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining ulushi izchil oshib bormoqda. Agar 1990 yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida ushbu sohalarning ulushi tegishlicha 17,6 va 33,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda ularning salmog‘i 24 va 52 foizga etdi.
Istiqlol yillarida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida barqaror o‘sish kuzatildi va 2012 yilda 1990 yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 2,1 barobar oshdi. SHunga qaramasdan, uning YAIMdagi ulushi ushbu yillarda 33,4 foizdan 17,5 foizgacha tushdi.
Prezidentimiz Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridan oziq-ovqat muammosini o‘z imkoniyatlarimiz hisobidan hal qilish, ayniqsa, g‘alla mustaqilligini ta’minlashni qat’iy vazifa qilib qo‘ydi. Ekin maydonlari tarkibi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ichki talab va shart-sharoitdan kelib chiqqan holda, qayta ko‘rib chiqildi. Paxta yakkahokimligiga barham berildi. Natijada, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi, don mustaqilligi ta’minlandi. O‘tgan yillarda g‘alla etishtirish hajmi 7 barobar, hosildorlik esa 3 barobardan ko‘proq oshdi.
Rivojlangan davlatlar tajribasini hamda xalqimizning ishbilarmonlik, hunarmandlik fazilatlarini hisobga olgan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunga kelib iqtisodiyotda nodavlat sektorning ulushi 83 foizdan oshdi. YAlpi ichki mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning salmog‘i esa 54 foizdan ko‘paydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining salkam 98 foizi fermer va xususiy tadbirkorlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Eng muhimi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik odamlarga o‘z bilim va malakasidan, tadbirkorlik qobiliyatidan kelib chiqqan holda erkin mehnat qilish, uning mahsulidan o‘zi va jamiyat a’zolarini bahramand etish, mulkka egalik qilish, barqaror daromad manbalari yaratishning eng muhim omiliga aylandi. Hozir aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan tushayotgan daromadlarning ulushi 50 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda.
Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, qayta ishlangan hamda qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlarni ko‘paytirish barcha tarmoq va sanoat korxonalarining tashqi bozordagi pozitsiyasini mustahkamlash imkonini bermoqda.
Istiqlol yillarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Asakadagi engil va Samarqanddagi yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan korxonalar, yuzlab zamonaviy engil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishga tushirildi. Natijada, mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3,4 barobar oshdi. Hozir O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining salkam 40 foizi eksport qilinmoqda.
Umuman, istiqlol yillarida yurtimizda eksport hajmi 32,2 barobar oshdi. Agar islohotlarning dastlabki yillarida eksportning 60 foizini paxta tolasi tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda uning tarkibida tolaning ulushi 9 foizdan ham kamaydi. Ilgari eksport tarkibida xomashyo bo‘lmagan mahsulotlar hajmi 30 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda uning ulushi 70 foizdan oshib ketdi.
Istiqlolning dastlabki yillarida chetdan sotib olingan mahsulotlar tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 73 foiz edi. Endilikda uning hissasi 10 foizga ham etmaydi. Aksincha, yildan-ilga eksportda oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi ortib bormoqda. Bunda qishloq xo‘jaligida tub islohotlar amalga oshirilgani, dehqon erning haqiqiy egasiga, fermerlar jamiyatimizning hal qiluvchi kuchiga aylangani, mehnat munosabatlari butunlay o‘zgargani asos bo‘lmoqda.



Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish