Gang, Ganga — Hindiston va Bangladeshdagi dare. Uz. 2700 km, havzasining maydoni 1120 ming km², Brahmaputra bilan birgalikda 2055 ming km². Himolay togʻlarida 4500 m dan ham balandroq joylardan, irmoqdari Bhagirathi va Alaknandaning qoʻshilishidan boshlanadi. Irmoqlar qoʻshilgach, G. Himolay togʻlarining chuqur daralaridan oqadi. Hind okeanining Bengaliya qoʻltigʻiga quyiladi. Quyilish yerida Brahmaputra bilan qoʻshilib, juda katta (100 ming km²) delta hosil qiladi. Eng yirik irmoqlari: oʻngdan — Jamna, Soʻn, Damodar, chapdan — Gomati, Ghaghra, Gandak, Bagmati, Ghugri, Mahananda. Yuqori qismi togʻlardan, quyi oqimi keng Hindgang tekisligidan oqib oʻtadi. Oʻzanining kengligi 400–600 m, quyi oqimida 2 km, koʻpdan-koʻp shoxobcha, kanal, qoldiq oʻzanlar bor, baʼzan botqoqliklar uchraydi. Toʻyinishi turlicha: baland togʻlardagi qor, Himolay togʻlaridagi muzlik va quyi qismi musson yogʻinidan suv oladi. May—sentabr oʻrtalarida toʻlib oqadi. Avg .—sentabr oylarida suv sathi 10–12 m ga, baʼzan 15 m gacha koʻtariladi. G.ning oʻrtacha suv sarfi 13 ming m³/sek., quyilish yerida 38 ming m³/sek. G. (Brahmaputra daryosi bilan birgalikda) sersuvligi jihatidan yer sharida Amazonka va Kongodan keyin 3-oʻrinda turadi. G. okeanga yiliga oʻrta hisobda 350 mln. t ga yaqin oqiziq keltiradi. Quyilish joyidan Hardvar shahrigacha (1450 km) kema qatnaydi. G.ning xoʻjalikdagi ahamiyati juda katta. G. va uning irmoqlarl boʻyida Ollohobod, Banoras (Varanasi), Patna, Agra, Dehli, Kalkutta kabi yirik shaharlar joylashadi. G.dan ayniqsa, oʻrta oqimida sugʻorishda foydalaniladi. G. hindularning muqaddas daryosi.
Osiyoning ko`llari, daryolar kabi, materik xududida juda notekis joylashgan, lekin katta ko`llarning ko`pi namgarchil o`lkalarda emas, balki qurg`oqchil yerlarda - Old Osiyo tog`liklarida hamda Markaziy Osiyoda to`plangan. Osiyoning bir qancha ko`llari tektonik cho`kmalarda joylashgan. Bunday ko`llar orasida O`rta dengiz yaqinidagi O`lik dengiz, Mongoliyaning shimolidagi Xubsugul, Nanshan tog`lik mamlakatidagi Kukunor, Xonsyu oralig`idagi Biva eng katta ko`llardir.
Tektonik ko`llar odatda chuqur (356 m) ko`l. Bu ko`l kotlovinasining tagi-kriptodepresiya 748 m chuqurlikda yotadi, suv satxi esa okean satxidan 392 m past turadi. Osiyoda katta muzlik ko`llari unchalik ko`p emas. Qadimiy muzlik ko`llari kotlovinalariningsh izlari Ximalay va Qoraqum tog`larida saqlanib qolgan. Bu ko`llarning suvlari mazkur tog` sistemalari tez ko`tarilib, daryoar tog`larni shiddat bilan o`yib tushish tufayli oqib ketganligi aniqlangan.
Osiyoda kichik ko`llar sersuv hamda keng toshadigan daryo vodiylarida ko`p.
Baykal (turkiycha Boykoʻl) - Sharqiy Sibirning janubidagi chuchuk suvli koʻl. 456 m balandlikda joylashgan, togʻlar bilan oʻralgan. Maydoni 31,5 ming km². Uz. 636 km, oʻrtacha eni 48 km. B. dunyodagi eng chuqur (1620 m gacha) koʻl. Tektonik jarayonlar natijasida vujudga kelgan. B.ga 336 daryo (shu jumladan Selenga, Barguzin, Yuqori Angara va boshqalar) quyiladi, Angara daryosi oqib chiqadi. Koʻlda 27 orol bor. Yanvarda muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. B.da qariyb 1800 tur flora va fauna uchraydi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi, yogʻoch tashiladi. B. sohilida Slyudyanka, Baykalsk shlari joylashgan. Listvyanka shaharchasida Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimining Limnologiya instituti bor. Selenga daryosining quyi oqimi Rashiduddin (1247 —1318) asarida Barkoʻjin yoki Barkoʻjin-toʻkum deyilgan
Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq jan.-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shim.-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan.Dengiz shim.-sharkdan jan.-gʻarbga choʻzilgan, uz. 428 km, eng keng joyi 235 km (45° shahrik.) boʻlgan. Havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini qisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shim. qirgʻoklarida eng katta qoʻltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, jan.-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiklari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, jan.vajan.-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻiston Ustyurta yonida chuq. 69 m gacha yetgan.
Orol dengizida suv sathining yil davomida oʻzgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Bahorgi yomgʻirdan ham dengiz sathi koʻtariladi. Suvi sathining yil davomida oʻzgarish amplitudasi urtacha 25 sm ga teng boʻlgan. Suvining shoʻrligi oʻrtacha 10— 11 %". Suvdagi tuzlarning koʻp qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga koʻra, suvi Kaspiy dengizi suviga oʻxshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. t ga yaqin deb baholangan
Do'stlaringiz bilan baham: |