O‘rxun-Enasoy obidalari. “To‘nyuquq” bitiktoshi
@uzbek_tilim
Obidalar tarixi Mazkur obidalarning topilishi O‘rxun hamda Enasoy daryolarining havzalari bilan bog‘liq. Garchi bunday qadimiy obidalar keyinchalik Sibir va Mo‘g‘ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Kavkaz, Volgabo‘yi, hatto Sharqiy Yevropadan ham topilgan bo‘lsa-da, tarixda bu nom muqim o‘rnashib qoldi.
@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
Bu obidalar dastlab qanday shaklda bo‘lgan?
O‘rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab,
O‘rxun, Selenga va To‘li daryolari atrofidan Shimoliy Mo‘g‘ulistondan toshga bitilgan obidalar shaklida topildi.
@uzbek_tilim
O‘rxun-Enasoy obidalari «toshbitiklari» deb ham yuritiladi. Buning sababi ko‘pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o‘yib yozilganidir.
Eng yirik bitiktoshlar
«Kul Tegin»
«To‘nyuquq»
@uzbek_tilim
Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan va saqlanayotgan joylar - O‘rxun va Enasoy daryolari atroflari
- Turfon (Sharqiy Turkiston)
- Mo‘g‘uliston
- Germaniya (Berlin, Marburg, Mayns)
- Rossiya (Sankt-Peterburg, Qizil, Minusinsk)
- Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran Suchjoy, Pekin)
- Buyuk Britaniya (London)
- Fransiya (Parij),
- Shvetsiya (Stokgolm)
- O‘zbekiston
- Qozog‘iston
- Qirg‘iziston
@uzbek_tilim
170 sm
160 sm
«To‘nyuquq» bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan.
@uzbek_tilim
“To‘nyuquq” bitiktoshini kim topgan? Bu yodgorlikni Yelizaveta Klemens 1897-yili Shimoliy Mo‘g‘ulistonda turmush o‘rtog‘i Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan.
@uzbek_tilim
“To‘nyuquq” bitiktoshi qayerdan topilgan? Bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida bo‘lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi.
@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
To‘nyuquq
To‘nyuquq – shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonining maslahatchisi va sarkardasi bo‘lgan.
Asar kimning tilidan hikoya qilinadi? Bitiktoshdagi voqealar To‘nyuquq tilidan hikoya qilinadi: «Men – Dono To‘nyuquqman. O‘zim Tabg‘ach davlatida voyaga yetdim. Turk xalqi Tabg‘ach davlatiga bo‘ysunar edi...»
@uzbek_tilim
To‘nyuquq haqida To‘nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o‘z vatani, xoqoni, qo‘shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o‘zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan.
@uzbek_tilim
“To‘nyuquq” asari haqida «To‘nyuquq» bitiktoshi kompozitsion jihatdan yetuk asar. Unda o‘ziga xos boshlanma, voqealar rivoji, xotima mavjud. Shu kompozitsiyaning o‘zida ham katta badiiylik bor. Bu maqsad to‘laligicha amalga oshgan.
@uzbek_tilim
Foydalanilgan adabiyot:
@uzbek_tilim
Adabiyot [Matn] 10-sinf: darslik-majmua: /Boqijon To‘xliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. – Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017.
Do'stlaringiz bilan baham: |