Osiyoning iqlimi va ichki suvlarstrrepla: Osiyo iqlimining hosil bo`lishi. Iqlim mintaqalari


Yanszi, Chanszyan, Yanszitszyan, Koʻk daryo



Download 98 Kb.
bet6/8
Sana08.09.2021
Hajmi98 Kb.
#168721
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Osiyoning iqlimi va ichki suvlari 133

Yanszi, Chanszyan, Yanszitszyan, Koʻk daryo — Yevrosiyo materigidagi eng uzun va sersuv daryo, Xitoyda. Uz. 5800 km, havzasining mayd. 1808,5 ming km². Tibet togʻligidan, 5300 m balandlikdagi muzliklardan boshlanadi va delta hosil qilib (mayd. 80 ming km²) Sharqiy Xitoy dengiziga quyiladi. SinaTibet togʻlarida chuqur daralardan sharshara va ostonalar hosil qilib oqadi. Bu qismida oqim tezligi katta. Daryo oʻrta oqimida Sichuan soyligi va burmali tizmalarni kesib oʻtgan. Kengligi 300–600 m, daralardan oʻtgan joyida 120–200 m, chuq. 80–110 m. Quyi qismida Szyanxan tekisligi va Buyuk Xitoy tekisligining jan. qismidan oqadi. Bu qismida daryo bir necha tarmoklarga boʻlinib, kengligi 2 km gacha yetadi. Oʻzani qingʻirqiyshiq, orol va sayoz joylari koʻp. Asosiy irmoqlari: Yalunszyan, Mintszyan, Szyalinszyan, Xanshuy. Daryo vodiysida koʻl koʻp. Duntinxu va Poyanxu koʻllari daryo suvi oqimini tartibga solib turadi. Oʻrtacha suv sarfi 34 ming m³/sek., rejimi mussonli, yoz oylarida tekislik qismida suv sathi 10 m gacha qoʻtariladi. Daryo quyilishidan 700 km masofagacha dengiz suvi koʻtarilishi seziladi. Ya. har yili uning suviga sargʻish rang beruvchi 280—300 mln. t loyqa oqizib keltiradi (yevropaliklar bergan "Koʻk daryo" nomi haqiqatga yaqin emas). Daryodan sholipoyalarni sugʻorishda keng foydalaniladi. Suv taqsimlovchi inshootlar va suv omborlari qurilgan. Ya. — Xitoyning eng muhim suv yoʻli. SinaTibet togʻlari etagidan 2850 km masofada kema qatnaydi. Uxan shahrigacha dengiz kemalari kira oladi. Daryo havzasidagi suv yoʻllarining umumiy uz. 17 ming km. Ya. boʻyida Chunsin, Uxan, Nankin, deltasida Shanxay shahrilari joylashgan.


Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish