Osiyoning iqlimi va ichki suvlarstrrepla: Osiyo iqlimining hosil bo`lishi. Iqlim mintaqalari



Download 98 Kb.
bet1/8
Sana08.09.2021
Hajmi98 Kb.
#168721
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Osiyoning iqlimi va ichki suvlari 133



Osiyoning iqlimi va ichki suvlari

R e j a:

1. Osiyo iqlimining hosil bo`lishi.

2. Iqlim mintaqalari.

3. Ichki suvlari.

Quruqlik maydonining kengligi, togʻ toʻsiqlari va berk botikdarning koʻpligi, quyosh radiatsiya-si, atmosferadagi harakatlar ikdimning xilma-xil boʻlishiga imkon bergan. Osiyoda barcha iklim zonalari — tundra ikdimi zonasidan ekvatorial va janubiy tropik iklim zonalarigacha uchraydi. Osiyo koʻp qismining iklimi kontinental. Atlantika havosi Osiyoga yetganda kontinental havoga aylanadi. Tinch okeanning dengiz havosi Osiyoning sharqiy chekkasiga taʼsir etadi. Shimolidan Orolga Arktika havosi bemalol kirib keladi. Orol janubida tropik va ekvatorial havo massalari hukmron. Yozda suv yuzasiga nisbatan qurukdikning tezroq isishi va qishda kuchliroq sovishi atmosfera harakatlarida mavsumiy oʻzgarishlarga olib keladi. Qurukdikning qishda sovib keti-shi Shimoliy va Markaziy Osiyoda koʻp oylar davomida ayozli antitsiklon turishiga sabab boʻladi. Eng past temperatura Shimoliy yarim sharning sovuqlik qutbi joylashgan Shimoli-sharqdadir (Verxoyansk, Oymyakon), bu yerda ayrim hollarda sovuq —70° ga yetadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —50° dan ham past. Yezda Gʻarbiy, Oʻrta va Markaziy Osiyoda jazirama va quruq kon-tinental tropik havo tarkib topadi. Yezda butun Osiyo ustida, xususan, janubiy qismida bosim past boʻladi. Osiyo depressiyasi (past bosim) markazi Hindiston yarim orolning gʻarbiy qismidadir. Depressiyaning janubiy chetlari boʻylab, Osiyoga yozgi musson kirib kelib, Hindiston yarim orol, Himolay janubiy va Hindixitoy yarim orolda koʻplab yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi. Sharqiy Osiyo yozda Tinch okean qutb fron-ti taʼsirida turadi. Yozgi musson koʻplab yogin olib keladi. Kuzda sharqiy Osiyo qir-gʻoklari yaqinida qattiq dovul — tropik siklon (tayfun) turib, jala yogʻadi.

Osiyoning shimoliy yarim shardagi barcha geografik kengliklarda joylashganligi uning yer yuzasiga quyoshdan keladigan issiqlikning turli miqdorda tushishiga sabab bo`ladi. Chunonchi, quyosh radiatsiyasining umumiy miqdori ekvatorda yiliga xar bir sm2 maydonda 140--160 k kal ni tashkil etadi.

Osiyo ustidagi havo massalarining sirkulyatsiyasi yuqori hamda past bosim markazlarining mavsumiy joylashishiga bog`liqdir. Qish vaqtida materik ustidagi atmosfera bosimining eng muhim markazi Yer sharida qishki iqlimiy markazlarning eng qudratli markazi xisoblangan Osiyo antitsiklonidir. Bu antitsiklondan hamma tomonga sovuq va quruq kontinental mo`tadil havo tarqalib, bir necha tarmoq hosil qiladi. Osiyoning janubi-sharqida qishda sovuq quruqlik bilan iliq okean o`rtasida havo bosimining juda katta grdaiyenti vu-judga keladiki, u quruqlikdan dengizga esuvchi, kuchi va yunalishi barqaror bo`lgan havo oqimlarining, ya`ni qishki kontinental mussonning vujudga kelishiga sabab bo`ladi.

Tinch okeanining shimoliy qismi ustida qishda Aleut minimumi vujudga keladi. U asosan Kamchatkaning sharqiy sohili va Kuril orollariga ta`sir ko`rsatadi.

Subtropik mintaqadagi Tiber va Armaniston tog`liklariga dalandlik antitsiklonlari ta`sir ko`rsatadi va u yerda havo yil bo`yi kuchli darajada sovib turadi.

O`rta dengiz bo`ylarida, Arabistonning shimolida, Eron tog`ligining janubi va Panjobda ko`pincha bosim yuqori, lekin balandlik antitsiklonlaridagiga qaraganda pastroq bo`ladi. Mo`tadil va tropik havolar frontida siklonlar kuchayib, ular to Himolaygaa yetib borishi mumkin va yo`lda yog`inlarga sabab bo`ladi.

Janubiy Osiyo ustida passat sirkulyatsiyasi, ya`ni qishki musson shakllanadi.

Yozda atmosfera bosimi mintaqasi o`zgarishi bilan birga havo oqimlari ham o`zgaradi. Panjob, Eron tog`ligining janubiy yarmi, Rabiston yarim orolining janubiy va markaziy qismlari ustida past bosim vujudga kelib bu bosimni Old Osiyo depressiyasi deb ataladi. Bu bosim markazi tomonga Hind okeanidan nam havo esib Hind mussonini hosil qiladi.Hind okeani ustidagi janubiy tropik antitsikloni bu mussonni kuchayishiga sabab bo`ladi. Bu musson shamollari Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo ustida hukmronlik qiladi, G`arbiy Pokiston va Rajasxanda Arabiston va Erondan kontinental havoning depressiyaga tortilishidan qurg`oqchil iqlim shakllanadi. Markaziy Osiyo ustida past bosim vujudga keladi, lekin qator tog` tizmalari bu yerga Hind va Tinch okeanlaridan havo massalarini kirib kelishiga yo`l qo`ymaydi. Sharqiy Osiyoga Gavayi antitsiklonining g`arbiy chekkasidan dengiz tropik havosi kirib keladi.

Kichik Osiy va Levant (Suriya, Isroil, Livan) sohillari Azor maksimumi ta`sirida qoladi va iqlimning quruq va issiq bo`lishiga sabab bo`ladi.

Osiyo iqlimining qaror topishida, uning cho`llari iqlimining, xususan baland tog` tizmalari va berk tog`lar iqlimining, shakillanishida relyef juda katta rol o`ynaydi. Yuqorida qayd qilib o`tilganidek, Markaziy Osiyo iqlimining arid iqlim ekanligiga ko`p jihatdan uning okeanlardan uzoqligi va orografik jihatdan berk xavza ekanligi sabab bo`lgan.

Okean oqimlaridan materikning sharqiy qirg`oqlari bo`ylab oquvchi Kuro-Sivo iliq oqimi ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu oqim ta`sirida materikning sharqida iqlim mintaqalari bir oz shimolda joylashgan. Shimoliy Amerika qirg`oqlari yaqinidagi Golfstrim oqimi kabi Kuro-Sivo oqimi ham 35-36 shimoliy kenglikka yetgandan keyin shimoli-sharqka qarab buriladi. Shuningdek Osiyoning shimoli-sharqiy sohillariga Sovuq Kuril oqimi kata ta`sir ko`rsatadi. Bu oqim Kuril orollarining janubidan o`tgan Oya-sivo nomini oladi.

Qit`ada eng past harorat 600-700 sh.k.oralig`ida kuzatiladi. Verxoyansk va Oymyakonda -700S harorat kuzatilgan. Bu yerlarda yanvarning o`rtacha harorati -550 S. Biroq yuqori bosim mintaqasi Mongoliyaning shimoliy rayonlarida kuzatiladi va u Markaziy Osiyo yoki Sibir maksimumi deb ataladi.

Osiyo xududiga yuqorida qayd qilib o`tilgan iqlimiy omillar va meteorologik elementlarni xisobga olib, bu bepoyon kontinentda quyidagi iqlim tiplarini ajratib ko`rsatish mumkin.




Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish