Uzunligi, км
|
Xavzasi ming км.кv
|
Yanszi
Mekong
Hind
Braxmaputra
Gang
Frot
Xuanxe
Yenisey
Ob
Lena
Amur
Sirdaryo
|
5800
4500
3180
2900
2700
2700
4670
4092
3680
4400
2846
2206
|
1808
810
960
935
1125
673
531
2580
2975
2490
1855
219
|
Xozirgi ko`pgina daryolar juda kichrayib va sayozlashib qolgan relikt ko`llarga yetib borolmaydigan bo`lib qolgan. Taklamakon cho`lidagi Tarim, Afg`onistondagi Xilmand, O`rta Osiyoda tugaydigan Tajan, Murg`ob kabi katta daryolar qumlar orasida tugaydi va ba`zi bir yillardagina o`z suvlarini ko`llarga olib borib quyadi. Osiyoning tashqi oqim to`rtta okean va ularning dengizlari o`rtasida taksimlangan, shu bilan birga Xind okeani Tinch okean va Shimoliy Muz okeani xavzalarining maydoni bir-birlariga taxminan teng. Atlantika okeaniga unchalik katta bo`lmagan maydondagi daryolar quyiladi.
Atlantika okeani xavzasiga O`rta dengiz bilan Qora dengizga quyiladigan daryolar kiradi. Bu daryolar rejimi asosan O`rta dengiz bo`yi rejimi bo`lib, u ayniqsa bevosita O`rta dengizga quyiladigan daryolar uchun xosdir.
Xindiston va Birmaning kalta daryolari mavsumiy yomg`ir suvlaridan to`yinadi, lekin yog`in suvlaridan to`yinadi, lekin yog`in tushishi rejimiga qarab, ularning maksimal suv sarfi davri ba`zi rayonlarda yoz oylarida, boshqa rayonlarda esa kuz oylarida boshlanadi.
Gang daryosi Bosh Ximalay tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Gangning ko`pdan-ko`p irmoqlari unga ko`p suv keltirib quyadi. Gang daryosi tog`dan chiqqan joyda yozgi musson davrida hamda Ximalay tog`laridagi muz va qor eriydigan vaqtda keng toshadi. Bu daryo quyilish joyida Braxmaputra bilan birga keng delta hosil qiladi.
Rejimi xususiyatlariga qarab Sharqiy Osiyodagi daryolar ikki tipga: Amur va Xitoy tiplariga bo`linadi. Amur tipidagi daryolarga Rossiyaning Uzoq sharqining janubiy qismidagi hamma Shimoli-Sharqiy Xitoydagi yozgi oqimga ega bo`lgan, yomg`irdan va qisman qor suvidan to`yinadigan daryolar kiradi. Xitoy tipiga kiruvchi daryolar uchun ham yozgi oqim katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga Sharqiy Xitoyda va Yaponiyaning subtropik rayonlarida qish Amur xavzasidagiga qaraganda ancha Iliq keladi. Shu sababli daryolar muzlamaydi, lekin bug`lanish miqdori yozdagi kabi ko`p bo`ladi: bu xol qishda yog`inlarning kam tushishiga va u bilan bog`liq bo`lgan daryolarning sayozlanib qolishiga olib keladi.
Ili — Xitoy va Qozogʻistondagi daryo. Sharqiy Tyanshandan Tekes va Kunges daryolari nomi bilan boshlanib, Sinszyanda (Xitoy) birga qoʻshiladi va Balxash koʻliga quyiladi. Uzunligi (Tekes bilan birga) 1439 km, Kunges va Tekesning qoʻshilgan yeridan hisoblansa 1001 km. Havzasining mayd. 140 ming km². Oʻngdan yirik Qosh irmogʻi qoʻshilgandan keyin I. kengayadi va sersuvroq boʻlib oqadi. Quyilish joyida uzun va tor delta hosil qilgan. Qor va muzliklardan suv oladi. Dek. da muzlab, martda muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv capfi quyilish joyida 329 m³/sek. Qapchigʻay GES va suv ombori qurilgan. I. katta irrigatsiya ahamiyatiga ega. Asosiy irmoqlari: Qosh (Xitoyda), Xoʻrgoʻs (oʻngdan), Chilik, Charin, Talgʻar, Qaskelen, Kruti (chapdan). Gʻulja sh. dan Qozogʻistonning Baqanas pri-stanigacha kema qatnaydi. [1]
Yenisey — Osiyodagi daryo. BiyXem (Katta Ye.) va Ka-Xem (Kichik Ye.) daryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Yuqori oqimi (yoki Ulugʻ-Xem) Tuva soyligi boʻylab oqib, soʻng Gʻarbiy Sayan togʻ sistemasini kesib oʻtadi va Gʻarbiy Sibir chegarasi boʻylab oqadi, Kara dengizining Yenisey qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 3487 km (Ka-Xem daryosi boshidan 4092 km), havzasining mayd. 2580 ming km².
E., asosan, qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Toshqin davri daryoning yuqori qismida aprel oxirlaridan sent.gacha, quyi qismida esa may oʻrtalaridan avg .gacha davom etadi. Ye. RF ning eng sersuv daryosi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 19800 m³/sek. Quyi qismi okt. dan iyungacha, yuqori qismi noyabrdan maygacha muzlab yotadi. Ye.ning gidroenergiya zapasi katta. Daryoda Krasnoyarsk GES, Sayan-Shushensk GES qurilgan. Ye. ning transport ahamiyati katta. Sayanogorskdan muntazam kema qatnaydi; dengiz kemalari daryoning quyilish joyidan Igarka sh.gacha kirib boradi. Baliq ovlanadi (asosan quyi oqimida). Ye. boʻyida Minusinsk, Krasnoyarsk, Yeniseysk, Igarka, Dudinka va b. shaharlar joylashgan. Ye.ning irmoklari: Angara, Toshloq Tunguska.
Hind - (sanskritcha Sindxu, pushtu tilida Abba-Sin — daryolar otasi) — Xitoy, Hindiston va Pokistondagi daryo. Uz. 3180 km, havzasining maydoni 980 ming km2. Kaylas tizmasi (Tibet togʻligi)dan, 5300 m balandlikdan boshlanadi. Yuqori oqimida chuqur tektonik vodiyda qoyali daralar hosil qilib, oʻrta va quyi qismida Hindgang tekisligining gʻarbiy qismidagi keng vodiyda irmoqlarga boʻlinib oqadi va Arabiston dengiziga delta (maydoni 8 ming km²) hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: oʻngdan — Gilgit va Kobul, chapdan — Satlaj. H. togʻlarda erigan qor-muzlik suvlaridan, qolgan qismida musson yomgʻirlaridan toʻyinadi. Bahor va yozgi toʻlinsuv davrida suv sathi toglarda 10–15 m, tekisliklarda 5– 7 m gacha koʻtariladi. Suv toshqinlaridan himoya qilish maqsadida daryo oʻzani katta masofada marzalar bilan oʻralgan. Haydarobod shahri yaqinida suv sarfi 3850 mUsek., eng yuqorisi 30 ming m³/sek. dan ziyod. Quyi oqimida sugorishga koʻp suv sarflanishi va bugʻlanishi natijasida suvi kamayadi. Qurgʻoqchil yillar quyi oqimida Arabiston dengizigacha yetib bormay, baʼzan qurib qoladi. Daryo yiliga 450 mln. t oqiziq keltiradi. H. havzasida 11 mln. ga yer sugʻoriladi. Koʻplab toʻgʻon va boshqa irrigatsiya inshootlari qurilgan. Kobul daryosi quyilgan joydan boshlab vaqt-vaqti bilan kema qatnaydi. H. boʻyida Haydarobod, Sukkur shaharlari, deltasi yaqinida Karochi dengiz porti joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |