O’simliklar fiziologiyasi


Hujayra ichki harakatlari. Yuqoriga o‘sish



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/59
Sana24.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#507820
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
6-mavzu. O’simliklar o’sish va rivojlanishi

Hujayra ichki harakatlari. Yuqoriga o‘sish. 
O‘simlik hujayrasining sitoplazmasi doimiy 
harakatda bo‘ladi. Hujayra ichki va tashqi ta’sirlarga o‘z sitoplazmasining harakatlanishi yordamida javob 
beradi. Sitoplazmaning bir necha xil harakatlanishlari farqlanadi. Masalan, tebranuvchan (spirogiradagi 
kabi hujayra komponentlarining tartiblashmagan harakatlari), aylanma harakat (tradeskansiya va boshqa 
o‘simliklar hujayralaridagi kabi vakuolani kesib o‘tuvchi protoplazmaning ipsimon-naysimon hosilalari 
tufayli), rotatsion harakatlar (xara o‘simligiga uxshash suv o‘tlarining bo‘g‘im oraliqlari hujayralari katta 
vakuolasi tufayli), fontansimon harakatlar (ildiz tukchalaridagi kabi yuqoriga o‘suvchi hujayralarda), 
xuddi zamburug‘lar giflarining uning o‘sish tomoniga harakatlanishi yani quyilish tipida bo‘lishi 
mumkin. 
O‘simliklarning sitoplazmasida muskullar tarkibida uchramaydigan aktin va miozin mavjud. 
Sitoplazmaning harakatlanishiga mikrofilamentlarning xossalari sabab bo‘ladi. Har bir 50-100 dona 
mikrofilamentlar birikib, diametri 5-6 nm bo‘lgan va tarkibida F-aktin tutgan fibrilalarni hosil qiladi. Faol 
filamentlar, ATFaza faolligiga ega miozinning endoplazma bilan kompleksi ishtirokida faoliyat 
ko‘rsatadi. 
Hozirgi vaqtda sitoplazmani harakatlantiruvchi kuch sifatida aktin mikrofilamentlarining 
ektoplazma mikronaychalari bilan o‘zaro ektop- va endoplazmalar orasidagi bog‘lar tufayli bo‘ladi deb 
qaraladi. 
Sitoplazmaning harakatlanishi ATF energiyasining sarflanishi va Ca2+ ionlarining 0,1 mkmolG‘l 
miqdordan kam konsentratsiyalari ishtirokida boradi. Agar Ca2+ ionlarining miqdori 1 mkmolG‘l 
darajadan ortiq bo‘lsa, unda xuddi natella hujayrasidagi kabi, sitoplazmaning harakatlanishini to‘xtatadi. 
Bundan kelib chiqadiki, sitoplazmadagi qisqaruvchi oqsillarning faoliyati Ca2+ ionlari konsentratsiyasga 
va binobarin sitoplazmadagi harakatlanish jarayonlari ham bog‘liqdir. Sitoplazmadagi kalsiy miqdorini 
oshishi uning gel (yarim suyuq) holatdan jelatina (yarim quyuq) holatiga o‘tishiga olib keladi va 
harakatlanish sekinlashishi hamda to‘xtashi mumkin. Jelatinlanish, aktin monomerlarining polimerlanishi 
va mikrofilamentlar turlarining uchlamchi tuzilishga o‘tishi natijasida sodir bo‘ladi. Sitoplazmadan 
ortiqcha Sa2+ ionlarini chiqarish Sa-ATFazalarning funksional faolligi yoki plazmolemmadagi, ehtimol 
endoplazmatik to‘r va tonoplastda ham ro‘y beruvchi N+G‘Sa2+ almashinuvga bog‘liqdir. 
Mitoxondriyalar ham ortiqcha kalsiy ionlarini yutishi mumkin. 
O‘simlik hujayralaridagi Sa2+ ionlarining deposi bo‘lib uning devorlaridagi poligalakturon 
kislotalari (pektinlar) xizmat qiladi. 
Sitoplazmaning harakatlanishi tezligi har xil hujayralar uchun turlichadir. Masalan, changchi 
naychalari va ildiz tukchalari sitoplazmasida 2-5 mkm/s bo‘lsa, natella bo‘g‘im oraliqlari hujayralari 
sitoplazmasida 50 mkm/s va miksomitsitlar plazmodiylarida 1350 mkm/G/s atrofida. Bu yerda miozin 
molekulasining boshchasi aktin filamentlari bilan tizaro ta’sirda bo‘ladi, dum tomoni bilan esa 
xloroplastlarning yuza qismi bilan ta’sirda bo‘ladi. 
Organoidlarning harakatlanishi. Sitoplazma kabi undagi organoidlar ham doimo harakatlanishda 
bo‘ladi. Masalan, eng katta organoid bo‘lgan ’ xloroplastlar faqatgina tsitoplazma oqimi bilan birgalikda 
harakatlanib qolmasdan balkim uning o‘zi ham muxtor ravishda harakatlanish xususiyatiga ega. Bu holni 
natella hujayralari sitoplazmasi misolida sinab ko‘rish mumkin. Sitoplazma tomchisida ektoplazmaning 
yo‘qligi sababli harakatlanish yo‘q, ammo xloroplastlar bir soniyada bir marotaba aylanib turishadi. 
Xloroplastlar sitoplazmatik mikrofilamentlar tutami bilan miozin orqali bog‘langan. Uning 
molekulasining boshchasi aktin filamentlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Xloroplastlarning ATF 
molekulasi hisobiga aylanishi aktin va miozinning uzaro ta’siri yani miozin molekulasi burilish 
burchagining aktinga nisbatan o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish